Qarz

Qarz

Xikoyaning boshida bir inson haqida sizlarga so`zlab berishni joiz deb bildim. Men shaxsan bir insonni bilaman. Oilasi ham o`ziga yarasha katta deb aytishimiz mumkin. Oila boshlig`i mehnat qiladi va shu xalol mehnati evaziga oilasini tebratadi.  Oladigan maoshi ham unchalik katta emas. Oyiligi esa Toshkentdek azim shaharda yashash uchun va oilani boqib, bundan tashqari turli soliqlar to`lash uchun albata kamlik qiladi. Lekin shunga qaramay hech qachon hayotidan nolimaydi. Eng muhimi birovdan qarz olmaydi. Kunlarning birida men shaxsan u kishidan suradim. Agar mablag`ingiz etarli bo`lmasa biroz pul qarzga berishim mumkin deb. Shunda ushbu do`stim hechqisi yo`q, kelasi safar maosh olgunimga qadar bir amallab yashaymiz, qarzni olgani bilan qaytarib berishim kerak. Men shu payt mayli qaytarishingiz shart emas deb aytdim. Birodarimiz esa qattiylik bilan, yO`Q men birovning xisobiga yashashga o`rganib qolishdan qo`rqaman deb javob qaytardi.

Darhaqiqat qarz olgan kishi qarz beruvchiga qulddek bo`lib qoladi. Bu esa insonni bir-biriga bo`lgan oqibatini sustlashtiradi. Iloji boricha birovdan qarz ko`tarmagan ma`qul. Qarz olgandan keyin esa qaytarib berish haqida o`ylash lozim. Birovdan olish oson, lekin qaytarish biroz qiyinroq bo`ladi. Pul insonlarni bir-biriga tez yaqinlashtirgani kabi tez uzoqlashtirishi ham hech gap emas.Ba`zi paytlarda ayrim insonlarni ko`ramiz. Qarz olayotgan paytda, qarz beruvchiga yalinadi, yolvoradi. Qarz olgandan keyin esa umuman boshqa insonga aylanadi qo`yadi. Agar qarzning muxlati tugagan paytda unga shu haqida eslatsangiz, yana boshqacha muomilaning guvohi bo`lishingiz mumkin. Xatto umuman aloqasi yo`q kishilarni ham shu ishga aralashtirishga harakat qiladi.  

Aziz do`stim, bu xikoya orqali aytmoqchimanki, iloji bo`lsa qarz olmaslikka harakat qiling. Agar qarz olgan bo`lsangiz o`z vaqtida qaytarishga harakat qiling. Agar buning ham iloji bo`lmasa oldindan uzr so`rab yana biroz muxlat berishni so`ragan ma`qul bo`ladi. Hech qachon qarzingiz bo`la turib qarz beruvchiga do`q qilmang. Shunday payt qarz so`rab kelgandagi ahvolingizni bir eslang. Iloji boricha yaxshi munosabatni saqlab qolishga harakat qiling.

Siz ham qarz olib turasizmi?

Kommentlar: 17 komment. 17 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. men qarz olishni yomon kuraman, va xaraqat qilaman olmaslikka. lekin kachonki mendan qars surasalar, iloji boricha men berishga tayorman.

  2. нодир

    узи карз бу яхшими, ёки ёмонми?

  3. qaniydi qarz olmasdan yashasa, lekin ming afsus deyarli 70% odam qarz olib yashaydi, yoki qachondir qarz olgan. lekin kimga qarz berishni ili kimdan qarz olishni bilish kerak

  4. Qarzdan Hudoning o’zi asrasin.

  5. tinchkina qarzsiz yurish kerak, yaxshiroq uxlisan smile

  6. butun xayot mobaynida kimgadir qarz bulamiz,yoki bizga qarzdor bulishadi. xayot shunaka.

  7. Номаълум

    Qarzni faqatgina to’lay olishga ishonsangizgina olish mumkin. Agar “eshagim loydan o’tguncha” bo’ladigan bo’lsa olmagan yahshi.

  8. нодир

    qarz berish bu yaxshi. lekin nima deb uylisiz, shu qarzni keyin surab olish,bu normalniymi?

  9. Номаълум

    Nodirga: Shahsan meni ilgari katta qarzim bo’lgan edi. Lekin menga qarz bergan odam to’lay olmsligimni bilib kechirib yubordi. Uning bu qilmishi menga ko’p narsani o’rgatti. Mendan qarz olgan odamga qarzini eslatmayman va to’lolmasa kechirib yuboraman. Bu dunyoda bizga hech narsa yo’q. Hech narsasiz kelganmiz, hech narsasiz qaytamiz.

  10. qarz berish yaxshi lekin qo’ling bilan berib oyog’ing bilan olasan shunisi yomonde

  11. samandar

    yana shunday buladiki, yakin do’sting sengdam katta summani surasa, sen albatta berasan, lekin keyin kaytarib berganida bulib bulib beradi. bu yomon jonga teyadi/

  12. Туппа тугри Самандар! Бу холат жуда ёмон, сураб келишади, майли берасан, берганидан кейин шундай муносабат килишади, бермасанг хафа булишади

  13. shoxrux

    Manga pul kere 1 milion zaril bovoti iloji bormi

  14. Ozi bu qarz berw bor narsami ili yomi kim bn gaplawiladi

  15. Eng yaxshisi omaganam bermaganam ma’qul yaqinda bitasi notanish odam inson qiyofasida kelib qarz olib qaytarib bermadi Xudodan qo‘rqin xar gap etib ko‘rdim foydasi bo‘lmadi afsus.

  16. Qarz bearish ham but yaxshi savob chunki u majbur bolgandan soraydi muhtojga yordam ham savob wish sanaladi l

  17. Jasmina opalaring

    Guli qarz bersa savob qòladi lkn uni qaytarib bermasa gunoh bòladi smile u bizadan qarzga deb olgan ku mani ham 1ta òrtoģm qarzga dep sòragani uchun oyimni tuģulgan kuniga yiģyotgan pulimni bergan edm hali qaytargani yo oyimni tuģulgan kuni 1 hafta oldn otib ketdi hech narsa beromadm oyimga boredom

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social