Qishda shamollab qolmaslik uchun britaniyaliklar qat’iy amal qiladigan 4 odat

Qishda shamollab qolmaslik uchun britaniyaliklar qat’iy amal qiladigan 4 odat

Britaniyaliklar sovuqda qanday kiyinishlarini ko‘rganmisiz? Boshqalar hayotdan zavqlanayotgan, sayr qilgan, qor odam yasayotgan, konki va chang‘i uchayotgan paytda shamollab, yotoqda yotmaslik uchun Buyuk Britaniya aholisidan o‘rganishimiz kerak bo‘lgan ba’zi amaliy maslahatlarni taklif qilamiz.

Sovqotib qolmang

Oddiy gapdek tuyulsa ham, lekin bu juda muhim. Qishda kasal bo‘lmaslikning eng yaxshi yo‘li — issiq yurishdir.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, sovuq havo respiratorli infeksiyalar, yurak xurujlari va insult xavfini oshiradi. Keksa odamlarda artrit kuchayishi, shuningdek, jismoniy harakat kamayishi tufayli yoqimsiz holatlar yuzaga kelishi mumkin.

Bundan tashqari, “mavsumiy depressiya” tushunchasi bilan tanish bo‘lgan har bir kishi uzoq muddatli sovuq havo psixologik salomatlikka salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini biladi.

Mutaxassislar qish oylarida uydagi haroratni kamida 18 daraja issiqlikda saqlashni maslahat beradi. Shuningdek, ko‘chaga chiqishdan oldin to‘g‘ri kiyinish kerak: bitta qalin kiyim o‘rniga unchalik qalin bo‘lmagan bir nechta kiyim kiygan ma’qul. Gap shundaki, kiyim qatlamlari orasida issiq havo saqlanib qoladi, bu esa sovuqda o‘zingizni qulayroq his qilishingizga va sovqotmaslikka imkon beradi.

Choy iching

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, har kuni kamida bir marta issiq ovqat yeyish va iliq ichimlik ichish kerak.

“Issiq ovqat va ichimliklar bu mavsum uchun juda kerakli narsa, — deydi salomatlik bo‘yicha mutaxassis Jasmin Hemsli. — Ovqatlanish masalasiga mavsumiylik nuqtayi nazaridan yondashish mantiqan to‘g‘ri. Yarim muzlatilgan ovqatlar, sovuq ichimliklardan voz kechish va kun davomida iliq suyuqlik ichish orqali ovqat hazm qilish tizimiga yordam berish lozim”.

Oziq-ovqat ratsionini kengaytiring, kuniga meva va sabzavot iste’mol qilishni odat qiling. Yotishdan oldin issiq ichimlik iching (masalan, uyquni buzmaydigan kofeinsiz choy).

Yetarlicha uxlang

Darhaqiqat, uyqu yetishmasligi yilning istalgan vaqtida immunitet tizimini zaiflashtirib, sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ammo qishda buning ta’siri ancha kuchliroq bo‘ladi. Ob-havoning o‘zgarishi uyqu sifatiga ta’sir qilishi ayni haqiqat.

Ammo uxlay olmasangiz-chi? Internetdan foydalanmang va yotishdan bir soat oldin serial ko‘rishni ham yakunlang. Buning o‘rniga yaxshi kitob yoki dush qabul qilishdan bahra oling.

Kechqurun iste’mol qiladigan shakar miqdorini ham cheklash kerak. Axir, bu mahsulot kilogramm ortishiga yordam berishdan tashqari, uyqu sifatiga ham salbiy ta’sir qiladi. Agar qondagi qand miqdori kechga yaqin ko‘tarilsa, uyqu buzilishiga olib kelishi mumkin.

Olomondan qoching (lekin o‘zingizni izolyatsiya qilmang)

“Ijtimoiy masofani saqlash juda muhim”, — deydi professor Jon Oksford. Agar yoningizdagi odam aksirsa yoki yo‘talsa, kamida bir metr masofa saqlash kerak. Agar o‘zingiz yo‘talayotgan bo‘lsangiz, har qanday holatda ham og‘zingizni kaftingiz bilan yopmang (bakteriyalar qo‘llar orqali tarqaladi). Chap qo‘lning tirsagiga yoki orqasiga yo‘talgan ma’qul.

Agar bir uyda yashayotgan do‘stingiz, turmush o‘rtog‘ingiz yoki qarindoshingiz kasal bo‘lsa, televizor pulti, eshik tutqichlari kabi joylarni muntazam ravishda dezinfeksiya qilishni unutmang.

Kommentlar: 11 komment. 11 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Aziza

    Yaxwi maslahatla, rahmat smile

  2. Тимур

    Соглигингизга хар доим ахамият беринг

  3. Otabek

    Rahmat fazo

  4. Gulnoza

    Kasal ko’p hozir, ehtiyot bo’ling

  5. Dildora

    good raxmat

  6. Botir

    Hozir kasal juda ko’p, maska kiyila

  7. Rasul

    good

  8. Adiba

    Raxmat

  9. Nazima

    yes

  10. Kumush

    Raxmat

  11. Mansur

    good good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social