Qiziqarli hikoya: Bolta – ayollar uchun eng muhim narsa

Qiziqarli hikoya: Bolta – ayollar uchun eng muhim narsa

Bir ayol hikoya qiladi: Bilasizmi, ayollar uchun eng muhim xarid , bu boltadir. Kiyim, tufli yoki sumkacha emas. Aniq aytyapman, bolta! Bir kuni men aktsiya bo`yicha supermarketdan bolta sotib oldim. Yaxshigina, olov rangli  va uzun ruchkasi bilan. Menga uni sotuvchi qiz taklif qildi. “Yaxshi bolta! Sotib oling, kerak bo`ladi” – dedi sotuvchi. Men uni sotib oldim va afsuslanmadim.

Men boltani do`kon aravachasining ustiga qo`ydimda, mashinam tarafga qarab yo`l oldim. Qarasam, mashinalar turadigan joyda bir erkak o`z mashinasini mening mashinam yoniga juda yaqin qo`ygan ekan. Bu esa, menga eshik ochishga qiyinchilik tug`diradi va mashinaning boshqa tarafida to`siq bor edi, bu taraflama eshik ochish umuman noqulay. O`sha erkak o`z sumkalarini mashinaga joylashtirayotgan edi va men uning yoniga bordim. Aravachada bolta yotibdi. Men mashinam yoniga borib, mashinamga va unga qaradim. Erkak kishi menga va aravachadagi boltaga qaradi va yuzida tabassum bilan gap boshladi: “Keling sizga sumkalarni joylashga yordam beraman, chunki mashinamni noqulay qo`ydim..”. Men esa raxmat aytib, yaxshi insonlar borligidan hursand bo`ldim.

Shunday so`ng, men boltani mashinaning old o`rindig`iga qo`ydim va uyga qarab yo`l oldim. Juma kuni edi, yo`lda mashinalar juda ko`p, hamma shoshilyapti. Birdaniga bittasi oldimdan o`tib, qattiq tormoz berib to`xtadi. Men ham qattiq tormozni bosdim, sal qoldi urib yuborishimga, santimetr qolgan edi. U kishi mashinadan chiqa solib, baqira ketdi: “Sen qanday haydayapsan? Qaerdan haydovchilik guvoxnomasini sotib olgansan?” Men esa chiqib u bilan gaplashmoqchi bo`ldim. Tez to`xtaganimdan boltam mashinaning poliga tushib ketdi  va menga halaqit qildi. Men uni olib mashinadan chiqdim.” Chiqdim va qo`limda bolta. O`sha kishi qo`limdagi boltani ko`rib, darrov muloyim bo`ldi. Kayfiyati ko`tarildi va tabassum bilan gapira boshladi: “Uzr, bu mening aybim. Shoshilgan edim. Juma kuni. Charchoq bilinyapti. Kechirasiz!” Tezgina mashinasiga o`tirdida, keyin ketdi.

Men mashinaga o`tirib, yo`limda davom etdim. Uyga kelganimda, men mashina qo`yadigan joyim band ekan. “Bu kimdir kelgandur-da, chunki qo`shnilarim bu joy menga tegishli ekanligini bilishadi” – deb hayol qildim. Mashinani chetroqga qo`yib, sumkalarni uyga olib kirdim. Lekin, boltani mashinadan olishni unutgan ekanman va boltani olishga uydan yana chiqdim. Boltani mashinadan oldim, keyin qarasam, joyimni egallagan mashina egasi ko`chaga chiqib qoldi. Meni va qo`limdagi boltani ko`rib, darrov gapira boshladi:  Uzr, menimcha, joyingizni egallab oldim, men hozir ketyapman, mashinangizgi joyiga qo`ysangiz bo`ladi. Kuningiz yaxshi o`tsin” – deb jo`nab ketdi.

Shunday qilib, boltani olib uyga kirib ketdim.

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Tilla

    Xop mayli yolda yordam beribti uydachi zabzini yoki piyozni bolta bn archilamidiyu axir

  2. joxa

    smile uyda piyoz va sabzi uchun pichoq boru )))

  3. 123

    Gap yo lekin

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social