Qo`lda yozilgan yozmalar seni aqlliroq qiladi

Qo`lda yozilgan yozmalar seni aqlliroq qiladi

Sen odatda qo`lda yozasanmi yoki oddiygina smartfondan foydalanasanmi? Albatta, smartfonda yozish juda qulaydir. Smartfon yoki noutbukda yozish juda tez va aniq amalga oshadi. Bundan tashqari, elektron yozilgan narsalarni qog`ozga chiqarish va boshqalarga jo`natish ham juda oson. Ammo ruhshunoslar qo`lda yozishga qaytishimiz kerakligini ta`kidlamoqdalar. Chunki aynan ushbu uslub bizni aqlliroq va tezroq o`rganishga yordam berar ekan.

Biz noutbuk va smartfonlarda tez yozishimiz mumkin. Lekin qo`lda sekin yozamiz. Qizig`i, aynan shuning uchun o`qish vaqtida konspekt va yozuvlarni qo`lda yozish samara berar ekan.

Ruhshunoslar, Prinston universitetidan Pem A. Myuller va Kaliforniya Universitetidan Deniel M. Oppenxaymer  qiziq tadqiqotni o`tkazishdi. Natija shuni ko`rsatdiki, lektsiya vaqtlarida konspektlarni noutbukda olib borish eng yomon usul ekan.

Tadqiqot shuni ko`rsatdiki, noutbukda konspekt olib borish noqulay, chunki tez-tez o`yinlarga, internet yoki boshqa programmalarga chalg`ish mumkin ekan. Qo`lda yozishning ustunligi boshqa narsada: qo`lda yozganda, yangi ma`lumotlarni olish tezligi pasayadi. Qachonki konspekt qilish sekinlashsa, ko`proq narsalarni eslab qolish mumkin.

Ammo qo`lda yozganda, sen o`qituvchi yoki biror inson aytgan barcha narsani yozib olishga ulgurmaysan. Buning o`rniga eng muhim ma`lumotlarni yozishga harakat qilinadi. Qo`lda yozilgan konspektlar miyani faol ishlashini talab qiladi, demak yozilgan hamma narsa eslab qolinadi. Ko`proq tushunishga harakat qilinsa, shuncha ko`p miyaga signal keladi: “Bu muxim! Aynan shu ma`lumot kerak!”

Bugungi kunda qo`lda yozishning ustunligi kamroq uchratamiz va ular yo`qolib ketmoqda deyim ham mumkin. Ruhshunoslarning aytishicha: biz ko`lda yozganimizda miyaning qabul qilish qismlarini ishga tushuramiz. Hatto bolalar o`z fikrlarini qog`ozga tushirsalar yanada ijodkor bo`lishar ekan.

Olimlar oldin ushbu jarayon haqida bilishmagan. Hozirda ular qo`ldagi yozish miyani ishga tushurib va o`rganish jarayoni osonlashtirishiga ishonishadi.

Sen qaysi usulni qo`llaysan?

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Omad

    Biz kompyuterga juda o’rganib ketibmiz. Kecha kuni bir joyda qo’lda yozilgan ariza yozishim kerak bo’lib qoldi. Qog’ozga zo’rg’a yozdim. Hatolar uyoqda tursin, barmoqlarim yozishni istamadi. Bu ketishda qo’lda yozishni unutib yuboramiz. Menimcha kelajakda qo’lda yozishga o’rin bo’lmay qoladi. Chunki bu ketishda hammayoqni kompyuter egallaydi. Maktablarda, ishxonalarda, va barcha yozish kerak bo’lgan joyalarda kompyuterlar odam qo’lidagi qalam o’rnini bosishi aniq. Rivojlangan mamlakatlarda bu narsa sekin sekin amalga oshvayotgan bo’lsa hech gap emas. Bizga ham bu narsa yetib keladi degan fikrdaman.

  2. Omad

    Bundan qochib qutulib bo’lmaydi. Bu odam evolyutsiyasining bir qismi holos.

  3. fazo.tv Admin

    Salom, Omad. Ajoyib izohingiz uchun rahmat. Xa to’g’ri, biz texnologiyaga o’rganib ketdik. Lekin shaxsan men, qo’lda yozishni va bloknotda reja tuzishni afzal ko’raman. Chunki bu narsa keng va erkin fikrlashga yordam beradi.

  4. BEXZOD

    Assalomalekum arizani qo’lda yozish majburimi va bu haqida qonun xujatlarida ko’rsatilganmi JAVOB UCHUN OLDINDAN RAXMAT

  5. Fazo.tv

    Salom BEXZOD! Qayerga arizani yozganingizga qarab. Ba’zi joylarda qo’l bilan yozish kerak

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social