Quyoshda kuyib qoldingizmi? Unda nima qilish kerak?

Quyoshda kuyib qoldingizmi? Unda nima qilish kerak?

Ultrafiolet nurlanishdan qanday terni himoya qilish va kuyib qolganingizda nima qilish kerak?

Oftobda kuyib qolish – ultrafiolet nurlanish ta’siridagi terining xavfli jarohatdir. Ter qizaradi, nozik bo’ladi va qichima bo’ladi. Bir necha kun o’tib qizarishi o’tib ketadi – ter tashlanishi boshlanadi.

Oftobdagi kuyib qolishni qanday davolash kerak?

  • Ter qizarishni his qilsangiz qisqa vaqt ichida darhol quyoshdan salqin joyga yashirining.
  • Imkon qadar ko’proq suv iching, bu narsa suyuqlik yo’qotilishini bartaraf etadi va terda tezkor shifo yordami sifatida qo’llaniladi.
  • 20 daqiqa davomida sovuq suv ostida terini sovuting. Suvli yumshoq matoni kuyish joyiga qo’llang.
  • Og’riqni yengish uchun parasetamol yoki ibuprofen ichish mumkin.
  • Asosida “pantenol” bo’lgan maxsus vositalar bilan kuyishni davolang. Ayniqsa kuyishni davolaydigan sprey bilan foydalanish qulaydir.
  • Kuyigan joyni qattiq yoki boshqa xalq vositalari bilan davolashga shoshilmang. Shu orqali allergiya va bakteriyalar kirib qolishi mumkin.
  • Quyoshdan yashiring va teri tiklangancha tabiiy matolardan bo’sh kiyim kiying.

Qachon shifokorga borish kerak?

Quyoshda kuyib qolish – e’tiborga savozor bo’lmagan mayda-chuda emas. JSST ma’lumotlariga ko’ra, ultrafiolet nuri to’g’ridan to’g’ri terda saratoni rivojlanish xavfini tug’dirar ekan. Ba’zi hollarda, darhol shifokorga murojaat qilish zarur:

  • Siz kuchli kuydingiz: faqat elka va burun emas, masalan belga qadar kuydingiz. Kuyish maydoni qancha katta bo’lsa, u shuncha xavfli hisoblanadi.
  • Harorat ko’tarildi va titroq boshlanganda.
  • Bosh og’iriq va aylanishi kuzatilganda
  • Terda pufakchalar va shishiqlar paydo bo’lganda.

046

Qanday qilib kuyib qolishning oldini olish kerak?

  • Quyoshga qarshi krem bilan foydalanish. Yaxshi himoya uchun katta odamga 6-8 choy qoshiq krem kerak bo’ladi. Bo’yin va quloqlarni ham unutmang.
  • Ter isishini kutmang. Boshida kuyish ko’rinmaydi, chunki sohil shamoli yoki suv terini sovutadi. Lekin og’irishni boshlaganda juda kech bo’ladi.
  • Agarda tana qorayishni xohlasangiz, quyoshga uzoq muddattga chiqmang. 10-15 daqiqaga chiqing va keyin soyada dam oling. Buning uchun, hatto quyoshda qancha va qanday bo’lishi mumkinligi haqidagi mobil ilovalar mavjud.

Unutmang, bolalar hech qachon qorayishlari shart emas. D vitamini ishlab chiqarish uchun yozda daraxtlar soyasida ostida yurishning uzi ham yetarlidir.

Manba: Lifehacker

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. yaxshi kubincha sportni yaxshilash kerak

  2. Uchqunbek

    Yaxshi kupincha quyosh nurida yurmaslik kirak

  3. Xa tori Quyowni tong voqtidan to 11gacam bolgan quyow nuri inson ucn foydali qolganlari esa zararli deb ewtkanman.

  4. Fazo.tv

    Soat 2 dan soat 5 gacha yozda quyosh tegida yurib bo’lmaydi, chunki bu vaqt eng issiq vaqt deb hisoblanadi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social