Ranglar psixologiyasi: rang va fe’l-atvor

Ranglar psixologiyasi: rang va fe’l-atvor
Insonning sevimli rangi u haqda ko’p narsani bildirishi mumkin. Ushbu maqola ana shu mavzuga bag’ishlanadi.

Qizil rang

Agar siz qizil rangni yoqtirsangiz, demak siz o’ziga ishongan va qaysar insonsiz, boshlagan har qanday ishni oxirigacha yetkazishga harakat qilasiz. Shu bilan birga siz ehtirosga beriluvchan va qiziqqon shaxssiz – diqqat e’tiboringizni faqatgina bir narsaga qaratishga qiynalasiz. Siz xilma-xillikni yoqtirasiz, hayotingiz tinch va osuda kechsa, zerikishni boshlaysiz. 

Qora rang

Bu qarama-qarshiliklar rangi. Qora rang shaydolari hamisha jonbozlik ko’rsatishga tayyorlar (ishda ham, musobaqalarda ham, ishqiy munosabatlarda ham). Biroq bunday insonlar maqsadlariga erishishda qiynaladilar, chunki ularning qarashlari xolisona emas, ular faqatgina o’zlarini hamisha haq deb biladilar. Ular stabillikni yoqtiradilar, ammo shu bilan birga sarguzashtlarga ham tayyorlar – oqibati yomon bo’lmasa bo’lgani. Samimiyatni xush ko’radilar, kelishuv bo’yicha yashashni yoqtirmaydilar. 

Oq rang

O’ziga ishongan va chiqishimli insonlarning rangi. Bunday insonlar o’zlarining g’oyalari uchun oxirigacha kurasha oladilar, o’zlariga ham, atrofdagilarga ham qattiqqo’l bo’ladilar. O’ylagan narsalari amalga oshmay qolsa, hech kimni aybdor qilmaydilar, taqdirdan ko’radilar. 

Kulrang

Kulrangni g’amgin va ko’rimsiz insonlar tanlaydilar degan gap noto’g’ri. Aslida bu rang ishqibozlari – mulohazalidirlar va yetti o’lchab bir kesadilar. Ular osudalikni yoqtiradilar va ertangi kunga umid bilan qaraydilar. 

Sariq

Bu quvonch rangi. Sariq rangni samimiy, ijodkor insonlar tanlaydilar, ular oqibati qanday bo’lishidan qat’iy nazar sinovlarga hamisha tayyorlar. Asosiysi vaqtni qiziqarli o’tkazadilar va bebaho tajribaga ega bo’ladilar. Tashvishlari haqida hech kimga og’iz ochmaydilar, azoblansalar yolg’iz o’zlari yengib o’tadilar. 

Moviy rang

Ushbu rang ishqibozlari kamtarin insonlar bo’lib, hayotdagi har qanday vaziyatga moslasha oladilar va undan g’olib sifatida chiqa oladilar. Ular kelishimli, ba’zan esa qat’iyatsiz ham bo’lishlari mumkin. Bunday insonlar ko’p charchaydilar, shuning uchun tez-tez dam olib turishlari kerak. 

Yashil rang

Bu hayot va tabiat rangi. Bu rangni tanlagan insonlar qat’iyatlidirlar va jamiyatda o’z mavqelarini belgilab olishga intiladilar. Ular birovlarning ko’rsatmalarini yoqtirmaydilar va ularga amal qilmaydilar – o’z bilganlaridan qolmaydilar. Kundalik hayotdagi kelishmovchiliklarga ahamiyat bermaydilar, birovga tobe bo’lishni yoqtirmaydilar. 

Siyohrang

Bu rangni o’zlariga ishonchi bo’lmagan va atrofdagilardan najot qidirib yashovcjhi insonlar tanlaydilar. Ular hamisha bulutlarda uchib yuradilar, yaxshi hayotni istaydilar, biroq buning uchun harakat qilmay, birovlardan yordam kutadilar.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Juda qiziq maqola 4iqibti. manga yoqdi. 6zzim qizil rangni yaxwi k6raman. man t6rimda rost 4iqibti

  2. Oddiy bola

    Fazo tv boredom
    Bunaqa rasmlar tawameylar laugh rofl

  3. Fazo.tv

    Salom Oddiy bola! Nega? rofl

  4. Oddiy bola

    Boshqachade laugh

  5. Fazo.tv

    rofl Oddiy bola, hop, harakat qilamiz smile

  6. Sumayya

    Qora yashil mani param.Manga 100% toʻri keldi

  7. Arslan 0066

    Rasmga tushgan madellani ahvolini.Uyalmay koʻrib oʻtiribsanlami.Tagidagi yozuvgayam qaramasdan kirgansanladaa

  8. Fazo.tv

    Salom Sumayya, katta rahmat smile

  9. Fazo.tv

    Salom Arslan 0066, inson o’zi ko’rgan narsalarni boshqalarda qidiradi. Bu yerda maqolani o’qishadi, rasmlar faqat tushuntirish uchun

  10. Sumayya

    Toʻri javob qaytardiz

  11. Fazo.tv

    Salom Sumayya! Katta raxmat smile

  12. Assalom alaykum qizil va moviy ranglarni yaxshi koʻraman bular aynan men haqimda rahmat fazotv

  13. Assalom alaykum qizil va moviy ranglarni yaxshi koʻraman bular aynan men haqimda

  14. yaxshi zor maqola foydasi tegdi

  15. Salom menga oq va moviy ranglar
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social