Sahrodagi janjal

Sahrodagi janjal

Sahroda ikki kishi qizishib bir nima haqida tortishib ketayotgan edilar. Birinchisi ikkinchisiga ishtiyoqmand bir nimalarni isbotlar edi, ammo ikkinchisi uning gaplaridan hayron qolar edi va uning ustidan hirqiroq ovoz bilan kular edi: “Sening gaplaring g’alati”

Lekin tez orada birinchi betoqat bo’lib, ikkinchi so’zini bo’lib va yana boshidan boshladi. Ularning har biri o’z e’tiboriga qaratishga harakat qilar, har biri o’z kuchini namoyish qilishga harakat qilar edi va har biri o’zining fikrini ishtiyoq bilan himoya qilar edi.

Kech tushganda ularning muhokamasi janjalga aylandi va ular urishishga tayyor edilar. Va ular bir biriga endi bemalo bir birining yordamisiz ketishi mumkin ekanligi haqida baqirishdi. Shunda ular alohida yo’llardan ketishga qaror qilishdi.

Sovuq va qorong’ulik ularni o’rab oldi va atrofda sahro edi. Birinchisi jasorat bilan qorong’ilikka qadam qo’ydi. Lekin tez orada u orqasida sherigining ovozini eshitdi: “U mening ortimdan kelyapti, chunki mensiz hech qayerga ketolmaydi”, deb uyladi.

“Shunday bo’lsa-da, u juda zaif! Uni xavflardan himoya qilish uchun ortidan boraman, aks holda, mening vijdonim qiynaladi”, – deb ikkinchisi o’ylab birinchisi orqasidan ketar edi.

Oshkora tanbeh pinhona mehrdan yaxshiroq. Dushmanning shirin so‘zi emas, do‘stning kaltaklashi sadoqatni ko‘rsatadi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social