Shaxsiy qiyinchilik vaqtida va ruxan tushkunlik paytida sen o’zinga ishonchni yo’qotishing mumkin. Sen to’g’ri ko’rishni, eshitishni va tushunishni to’xtatasan. Nima uchun bunday bo’lmoqda? Men nima qilishim kerak?
Shu vaqtda sen kimgadir suyanishni xohlaysan. Kimdir dona yoki yoshi katta inson vaziyatni ko’rib nima bo’lganini tushuntirishini va nima qilish kerakligini aytishini istaysan. Sen ekspertlarni qidirishni boshlaysan.
Kimdir ekspertni ona yoki yaqin do’sti sifatida topadi, kimdir folbin va astrolog oldiga boradi, kimdadir buyuk ustozlari bor, kimdir esa zamonaviy yo’llarni tanlab kouching, psihologlarga va trenerlar oldiga borishadi.
Agarda “haqiqiy ekspert” bo’lsa, u hech qachon senga maslahat bermaydi, chunki u sening hayoting va qarorlaring uchun javobgarlikni ololmaydi. Mutaxassis senga o’zing yechimini topishga yordam beradi, toki o’zingda ishonch va tushuncha paydo bo’lsin.
Ko’plar xolatlarda bizga qandaydir bir sohada ekspert kerak emas (chunki sendan tashqari kim hayotingni va ishingni yaxshi biladi?).
Hech kim bilmaydi qanday bo’lishini. Hech kim o’ziga barcha tavakkalchilikni ololmaydi. Shaxsiy hayotingdagi savollarda faqat bitta ekspert bor, va bu sening o’zingdir.