Sening maqsading, aslida…. bu sening maqsading emas

Sening maqsading, aslida…. bu sening maqsading emas

Mening fikrimcha, harakat qilishmaslikning sabablaridan biri – bu begona orzulardir. Men o’z ishimda shunday vaziyatlarga ko’plab duch kelaman va insonga bu orzular unga begona ekanligi haqidagi hayollardan voz kechish oson emas.


Agarda shunday bo’lsa, nima qilish kerak?


Bu orzu sizning orzuingiz emasligini qanday tushunish mumkin? Buni bilishning yo’llaridan biri – shunchaki o’zingizning ideal kuningizni qog’ozga tushuring. Muhim kunni emas (masalan Oskar olyapsiz), balki oddiy kunni yozing. O’zingizga qulay joyni toping, qogoz va ruchkani olib, siz nima istashingizni, kuningizda nima ko’rishni va hamma hammasini qog’ozga tushiring. Umuman olganda, shunday mashq sizga quvonch va maroq olib keladi. O’zingiz sinab ko’ring 😉😊

My Ideal Day

O’z ideal kuningizni yozib bo’lgandan so’ng, sizning maqsad va orzularingiz shu kunda borligini tekshiring, Agarda “HA” bo’lsa, unda hammasi Super! Siz to’gri yo’ldasiz. Agarda “YO’Q” bo’lsa, unda yaxshilab o’ylab ko’rishga vaqt oling. Qilayotgan ishlarimni o’zi nima uchun qilmoqdaman? Yoki men qayoqqa qarab ketmoqdaman? Va shunga o’xshash savollarni o’zingizga berib ko’ring!!!

 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social