Sevgi og`riq olib keladi?!

Sevgi og`riq olib keladi?!

Hozirda ko`pchilik insonlar munosabatning yaxshi emasligini ta`kidlashmoqda. Nima uchun munosabat bo`lmayapti? Bu savol barchani qiziqtirib kelmoqda. Va ko`pincha qiyinchilik vaziyatlarda biz boshqa insonni ayblashni boshlaymiz. Shunday keyin barcha sevgi og`riq olib kelishi va uning mashaqatlari qiyinligini aytishadi. Lekin munosabat bo`lmagani uchun bitta inson aybdor bo`lmaydiku? Chunki munosabatni ikki kishi qurishi kerak emasmi?

Balki siz munosabat qurishni xohlamayotgandirsiz? Balki siz boshqa inson uchun (ruhiy) o`lishga va o`zingizni boshqaga bag`ishlashga tayyor emasdirsiz?

Bir ruhoniy bo`lgan ekan. Kunlardan bir kun u bir yosh juftlik bilan gaplashib turganda, ruhoniy ularning munosabatlaridagi qiyinchiliklarda yordam bermoqchi edi. Va yosh qiz shunday gap aytdi: “Men rohat olishni xohlayman, o`zimni shu munosabatlarda yaxshi his qilishni xohlayman”.

Shunda ruhoniy bunday javob bergan: “Agarda sen bunday munosabatlarga intilgan bo`lsang, undan ko`ra er o`rniga it sotib olsang bo`larmidi! Turmushning markazi – bu rohat emas. Turmushning marqazi – bu sevgi”.

Agarda Nazareth guruhining “Love Hurts” qo`shig`ini eshitgan bo`lsangiz, unda “Love Hurts” ko`shig`i yani “Sevgi og`riq olib keladi” (Sevgi og`riq olib keladi. Agarda u og`riq olib kelmasa – demak bu sevgi emasmi?).

Nima uchun sevgi og`riq olib keladi? Chunki biz qanday qilib sevishni bilmaymiz. Chunki bizda boshqa insonlardan o`z kutishlarimiz bor va ushbu kutishlarimiz amalga oshmasa, biz og`riqni his etamiz. Biroq sevgi – bu berish qobiliyati va qaytarishni kutmaslik qobiliyatidir.

Avvalambor munosabatlarda, bir–biringizni chin yurakdan yaxshi ko`ringlar. Chunki sevgi ko`p xatolarni yuvadi. Bir xil fikr qilish, bir–biringizga mehr–muhabbat ko`rsatish, yakdillik bilan hamfikr bo`lish – sevgining mustahkam asosidir!

Sevgi haqida bir chiroyli gap bor ekan: “Sevgi sabr–toqatli va mehribondir. Sevgi hech ham hasadga yo`l qo`ymaydi, boshqalarga maqtanib, kekkaymaydi. Sevgi odobsizlik, xudbinlik, jahl qilmaydi va aksincha dalda beradi. Sevgi nohaqlikdan sevinmaydi, aksincha haqiqat qaror topganda shodlanadi. Sevgi barcha narsani ko`taradi, hech qachon ishonchini yo`qotmaydi, har sharoitda umid saqlab, har narsaga toqat qiladi.”

Do`stlar sevish va sevimli bo`lish oson ish emas. Sevgan vaqtda inson ko`p qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin. Biroq sevgi bu ohirgi maqsad emas – balki bu jarayondir. Sevinglar va sevimli bo`linglar!

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. uzbek

    SEVGI – inson hayotiga ko’p nima olib keladi! Ammo buni qabul qilish yoki yoq bizning qarorimiz!

  2. Исмингиз

    sevgi xamma narsaga xam toqat qilmaydi

  3. nilyu

    nimaga shunday uylisiz? yoki siz haqiqiy sevgiga ishonmisizmi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social