Psixolog va olimlarning sevgi haqida izohlari.
Muhabbat dunyodagi eng shirin va sirli tuyg’u. Biroq u qaerdan keladi? Ba’zilar uni Yaratuvchi tomonidan berilgan in’om deb bilsa, boshqalar shunchaki nafs o’yini deydi, olimlar esa bu organizmning kimyoviy reaktsiyasi degan xulosani ilgari suradilar. Sevgi har kimga har xil ta’sir ko’rsatadi, shuning uchun ham uning ta’rifi turlichadir.
Muhabbat haqida 15 ta fakt
1. Monogamik sevgi bor narsa
Ba’zi psixologlarning aytishicha, inson tabiatan poligamik bo’lib yaratilgan. Biroq tabiatda monogamiya (ya’ni bir juft bilan yashash) ham borligini ko’rish mumkin. Masalan, gibbon, oqqush, bo’ri, albatros va qora grif kabi hayvonlar hayotlarini faqat bir juft bilan o’tkazadilar.
2. Sevgi tug’ilishi
Sevishganlarda bir-birlariga moyillik tanishuvning birinchi to’rt daqiqasida tug’iladi.
3. Sevishganlar yuragi
Sevishganlar bir-birlarining ko’zlariga qaraganlarida ularning yuraklari bir maromda va baravariga ura boshlaydi. Bunday hodisaga olimlar hanuzgacha izoh bera olganlari yo’q.
4. Kokain
Sevgan insonning hissiyotlari kokain moddasi beradigan eyforiya holati bilan tengdir.
5. Og’riq
Sevgan insonni quchoqlash og’riqning kamayishiga turtki bo’ladi. Sababi, bu paytda miyada “og’riqsizlantiruvchi gormonlar” ning ishlab chiqilishidir.
6. O’xshash ko’rinish
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, ko’rinishlaridan bir-birlarlariga o’xshagan juftlar baxtli hayot kechiradilar.
7. Bir xil dunyoqarash
Dunyoqarashlari bir xil juftliklarning munosabatlari esa osongina boshlanadi, lekin uzoqqa cho’zilmaydi.
8. ”Yuragimga ozor berding”
”Yuragimga ozor berding”, degan gap mubolag’a emas. Qayg’u, hasrat tufayli organizmda yurak uchun zarur moddalarning ishlab chiqilishi kamayishi oqibatida yurakda og’riq paydo bo’ladi.
9. Oshiqlik
Oshiqlik bir yildan uzoqqa cho’zilmaydi. Bundan keyin bog’liqlik kelib chiqadi yoki ko’ngil sovishi.
10. Ruhiy kasallik
Tadqiqotlar natijasiga ko’ra, sevgan insonning miyasida qiziq kimyoviy jarayon sodir bo’ladi. Serotonin moddasi kamayib, kortizol oshadi. Xuddi shunday jarayon yengil ruhiy kasalliklarda ham sodir bo’ladi.
11. Ijod
Oshiqning sevgilisi haqida o’ylashi uni ijod qilishga undaydi.
12. Adrenalin
Ekstremal xavfli vaziyatlarda insonlarda sevib qolish hollari ko’proq uchqaydi. Chunki bunday paytda inson organizmida adrenalin miqdori oshadi, u esa “sevgi gormoni” bilan bir xildir.
13. Chehra
Yengil, o’tkinchi sevgi shaydolari qizlarning qomatiga ahamiyat bersa, haqiqiy muhabbatini qidirgan yigitlar qizlarning chehrasiga nazar soladilar.
14. Ko’z
Sevgilisi yoki uning suratiga tikilgan oshiqning ko’z qorachig’lari kengayadi.
15. Kayfiyat
Sevgidan mast bo’lib yurgan oshiqlarning organizmida oksitotsin moddasi shiddat bilan ishlab chiqiladi. Bu gormon kayfiyatga, fikrlash jarayoniga, muomalaga ijobiy ta’sir qiladi. Shuning uchun sevgan inson mehribon va xushkayfiyat bo’lib qoladi.
hamma assalomu alaykum. mana men qaytib keldim. Juda z6r maqola 4iqibti. menga juda yoqdi. katta rahmat
Salom jajji qiz! Yaxshimisiz? Bormisiz? Ko’rinmay ketdingiz
Sevgi bar4aga kerak. har bir inson agar sevgida 6sadigan b6lsa, sevgi bilan k6kragini t6lridsa. albatta yaxwi inson b6lib 6sadi. bowqalarga ozor bermaydi va hayotini g6zal yawab 6tadi
Assalomu aleykum.Man bu maqolada shunchaki GAP YOʻ diyman.Juda chiroyli tariflari bitta qilib kim uchundir muqaddas kimgadir arzimagan bu tuygʻuni bitta varoqqa uygʻunlashtirib joylagansiz.Gap boʻlishi mumkinmas.Agar sizzi psixalogiyadanam havariz boʻsa bitta savol bersam dgandim.Oshiq odammi oshiqligi bir yildan koʻpga choʻzilmidi dgan fikrizzi yanada kengaytirib berolisizmi.Chunki ayni shu informatsiyaga chummadim.
Salom Sumayya! Oshiq deganda, munosabatlarning boshida, insonlar bir birga oshiq bo’lishadi, ularni his-tuyg’ular to’ldiradi va doimo bir birini ko’rishni va yonida bo’lishni istashadi. Lekin oshiqlik vaqt o’tgan sari kamayadi va shunda yoki insonlar bir biri bilan qolishadi, yoki uzoqlashadi. Agar insonlar haqiqatdan ham bir birlarini sevishsa, ular albatta birga qolishadi. O’qigan bo’lsangiz muhabbatning 5 bosqichi bor, oshiqlik ham ular ichida
Bu tuygʻuni qalbininig tub tubiga koʻmib tashaganlaga man shu savolni bersam u inson muhabbatdan kuyganligi uchun sevgini laʼnatlagan.Aslini oganda sevgi kim uchundir baxt kimgadir baxtsizlik ob kelishiga qarab odamlani dunyo qarashini oʻzgartirvorarkan.Sizga kotta raxmat.Oʻzimga kereli ancha narsala oldim.
Salom Sumayya, sevgi insonni baxtli qiladi. Sevgisiz hayot baxtsiz hayotdir. Insonlar qo’rqishi tufayli ko’pincha qayta sevishmaydi, va hamma shunaqa deb o’ylaydi. Lekin sevgi hayotni yaxshi tarafga o’zgartiradi. Shuni esda tutish kerak
Bularni barini yaxshilab oʻqib chiqdim oʻylab qarasam menda haligacha sevgi degani boʻlmagan ekan qiziq
Eh sevgi sevgi eh nimada sir yoʻq oʻzi bu hayotda sevgi hatomi gunohmi yoki ayibmi bilib turib azobni his etsak ham baribir sevishdan toʻxtamaymiz toʻgʻri emasmi doʻstlar