Siz mo’jizalarga ishonasizmi? Uysiz inson McDonald’s ga ishga joylashdi

Siz mo’jizalarga ishonasizmi? Uysiz inson McDonald’s ga ishga joylashdi

Bugungi dunyoda mo’jizalarga va inson hali ham savob ishlarni qilishga tayyor ekanligiga ishonish qiyin. Biz siz bilan uysiz odam bilan sodir bo’lgan hikoya bilan bo’lishmoqchimiz. Biz ishonamiz-ki, siz bu hikoyani o’qib, shunday deysiz: «Bu dunyoda mo’jizaga joy bor”.

Fil ismli uysiz kishi, McDonald’s ga ishga kirmoqchi bo’ladi.  Lekin u iflos holatda intervyuda ishtirok olmasligini bilardi, shuning uchun u soch olish uchun ishlatiladigan mashina sotib oldi. U sochlarini qirqmoqchi bo’lganida, u ishlau olmasligini tushundi.

Keyin ko’chada politsiyachini ko’rdi va unga yordam berishini so’radi. Politsiyachi nafaqat soch mashinasini tuzatdi, balki unga sochni olishiga ham yordam berdi.

Natijada, o’sha inson McDonald’s ga ishga kirdi, lekin yana bir muammo chiqdi, bu kishida guvohnomasi va ijtimoiy xavfsizlik kartasi yo’q edi.

Bu boshpanasiz odam haqidagi hikoyalar ijtimoiy tarmoqlarda mashxur bo’ldi, odamlar esa chetda qarab turolmas edilar. Kutilmagan insonlar yordam berishdi. Bu hikoya AQSh senator Marko Rubio e’tiborini ham tortdi va u qisqa vaqt ichida bu odamga barcha zarur hujjatlarni olish uchun yordam berdi. Mehribonchilik tashkilotlaridan biri unga kiyim topishga va zarur hujjatlarni to’plashga yordam berdi.

Hozirda bu kishi McDonald’s da ishlaydi va o’z ishini yaxshi bajaradi.

Bu hikoya, bu dunyoda hali ham mo’jiza borligiga yana bir dalildir. Va hatto kichik yordam ham inson hayotini butunlay o’zgartirishi mumkin.

Befarq bo’lmang! Siz bugun kimgadir yordam bersangiz, ertaga kimdir sizga yordam berishi mumkin! 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social