Galaxy Note9 – eng yaxshi ekranli smartfon

Galaxy Note9 – eng yaxshi ekranli smartfon

DisplayMate analitik kompaniyasi ma’lumotlariga ko’ra, Samsung Galaxy Note9 bozorda barcha smartfonlar orasida dunyodagi eng yaxshi ekranli smartfon deb topildi.

Ushbu smartfon 6,4 dyumli SuperAMOLED ekranga ega va o’tgan yili chiqarilgan Note8 dan yaxshiroq ekanligi ma’lum bo’ldi. Displeyning maksimal yorqinligi 27% ga yuqori, kontrast esa o’tgan yilgi ko’rsatkichdan 32% yuqoridir.

DisplayMate mutaxassislarining so’zlariga ko’ra: “Laboratoriyadagi barcha sinovlar orasida mazkur smartfon eng yaxshi innovatsion va yuqori sifatli deb tan olindi”.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social