Siz nikoh qurishga tayyormisiz?

 

Har bir odamning hayotida qandaydir muhim qarorlar, qadamlar bo`ladi.  Shu qarorlardan biri bu – nikoh.  Bu jiddiy qaror va bu qarorga mening butun keyingi hayotim bog`liq bo`ladi.  Bu qaror hayotda bir marta va umr oxirigacha bo`ladi, xato qilmaslik uchun juda ehtiyot bo`lish lozim.  Ba`zi odamlar yoqmasa, birga yashab keta olmasak, ajrashib boshqasi bilan turmush quraman deb o`ylashadi.  Ammo kamdan-kam odamlar birinchi oilasi buzilganidan keyin, ikkinchisi bilan baxtli bo`lish ehtimoli kamayganini bilishadi.  Halqimizda “Etti o`lchab bir kes” degan maqol bor.  Bu maqol nikoh qurmoqchi bo`lganlarga ham to`g`ri keladi.  Nikoh biz o`ylaganimizdan ancha jiddiyroq va chuqurroqdir.

 

Nikoh qurishdan oldin har bir odam ma`lum sohalarda tayyorgarlik ko`rishi lozim. Albatta, agar tayyorgarlik ko`rilmasa, nikoh qurib bo`lmaydi demoqchi emasmiz, ammo nikohga tayyorgarlik ko`rib, etuklikka erishgan odamga osonroq bo`ladi.  Nikoh etuklikka erishish uchun emas, balki etuk insonlarga mukammallashish uchundir. Nima o`ylaysiz qaysi sohalarda biz nikoh qurish uchun tayyorgarlik ko`rishimiz zarur?

 

1.    Jismoniy – to`ydan oldin yoshlar shifokor bilan uchrashib, maslahatlashsa, juda yaxshi bo`ladi. Shu orqali ular har xil tushunmovchiliklarning oldini olgan bo`ladi.

 

2.    Ijtimoiy – boshqa insonlar bilan munosabat qurishni bilish va bunga tayyor bo`lish.  Do`stlashishni, yaxshi do`st bo`lishni bilish kerak, bu nikohdagi er va xotin o`rtasidagi munosabatga ham tegishli.  Yosh yigit/qiz kattalar bilan ham, kichiklar bilan ham muomala qilishni bilishi kerak.  Ular turli vaziyatlarga sabr-toqat qilib moslashishi, kerak bo`lsa, o`zgarishi va murosaga kelishi zarur.  “Boshqalar senga qanday munosabatda bo`lishini istasang, ularga ham shunday munosabatda bo`l”.

 

3.    Ahloqiy – kechirimli bo`lish, har qanday vaziyatda o`zini qanday tutishni bilish, o`z xatti-harakatlari uchun javob berish.  Har bir gapni o`ylab gapirish, gapirganda qo`llayotgan so`zlariga e`tibor berish kerak. 

 

4.    Hissiy – o`z his-tuyg`ularini jilovlashni bilish.  O`z his-tuyg`ularini to`g`ri ifodalash, boshqalarnikini esa qabul qilishni bilish zarur.  Ishdan kayfiyati buzilib uyga qaytsa, alamini boshqalardan olmasligi kerak.  Erini/xotinini ayblab, unga tanqid bilan tashlanmasdan, fikrini to`g`ri ifodalashi kerak: “Sen meni xafa qilding” emas, balki “Men xafa bo`ldim, bu … meni ranjitdi…”. 

 

5.    Moddiy – Oilaning moliyaviy muhtojligini ta`minlash, bu yigit kishining javobgarligidir. To`y bir kunda o`tadi ketadi, ammo xayot davom etadi. Siz oila qurganingizdan so`ng  ularni moddiy tarafdan taminlay olasizmi? Sababi moddiy muhtojlik xam oiladagi kelishmovchiliklarni biridir. Shuning uchun yoshlar nikohdan avval biron bir kasbga yoki  xunarga ega bo`lsalar bu ham baxtli oila qurishning bir kalitidir.

 

Bu sohalardan birontasida tayyor bo`lmaslik, nikohga o`z ta`sirini o`tkazmay qolmaydi.  Bu odamlar ushbu qobiliyatlarsiz turmush qura olmaydi va ular nikohda baxtga erisha olmaydi degani emas.  Oiladagi baxt vaqt talab qiladi.  Shuni bilinki yuqorida sanab o`tilgan sohalardagi tayyorgarliklar, bu sizning baxtli oila qurishingiz uchun qo`yilgan ilk qadamlar bo`lib xizmat qiladi.

 

Kommentlar: 26 komment. 26 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. бу сузларни севишганларга айтиб курингчи, кабул килишармикин. “Севгининг кузи кур булади” – туйдан кейин бу кузлар очилиб турмуш уртогининг хакикий юзини куради ва афсус энди кеч булади

  2. блэйд

    shuning uchun etti o’lchab bir kesish kere

  3. to’y bir kunda o’tadi ketadi ammo hayot davom etadi – bu fikrga qo’shilaman, oilada erkak kishi asosiy moddiy ta’minotchi bo’lishi darkor

  4. turmush qurishdan asosiy maqsad nima o’zi? bunga kim qanday qaraydi? kimda qanday fikrlar bor?

  5. turmush bu muqaddas! turmush qurish ham farzimiz ham burchimiz!

  6. qizzi gap bo’ldiyu, ochig’i man shunga tushunmaganman va haligacha tushunmadim biz turmush qurishga majbur emasmizu – to’g’rimi?

  7. gapizga qaraganda siz turmush qurmagansiz, balki turmush qurishda sizga nimadir to’sqinlik qivotgandir, yoki nimadandir qo’qrvozsiz

  8. Abdulloh

    Turmush qurishga buyurilganmiz. Haqiqatdan nikoh muqaddas!

  9. Alisher

    Lekin unga tayyormisiz?

  10. Ibrohim_097

    Inson qachon turmush qurushga tayyor boladi? Moddiy ma’naviy va aqlan yetuk bo’lganida. Hozirgi kunda ko’pchilik orzu havas qlib yashaydi turmush qursam turmush o’rtog’im bilan unaqa yoki bunaqa hayot kechiramiz deb orzu qlashadi lekin afsuski hayot biz orzu qlganimzdek bir tekis ketmaydi va shunin uchun hozirgi kunda ajiralishlar soni keskin oshmoqda.

  11. Xoshimjon

    Turmush qurgandan sung sunnatga muvofiq yashash kerak Payg’ambarimiz Rosulullox Salollohu Alayhissalom hayotlarini organing ayollariga qanday mehribon bulganlar Mashaaĺlox

  12. DIYORBEK

    Toydan oldin ham toydan keyin ham sunnatga muvofiq yashalsa yani oziga juft tanlaganda yoki biror kasbni olganda shu tomonlama juda katta hayriyatga ega boladi Ishonmasangiz ozinglaringiz amaliy va nazariy uslubda sinab koring

  13. Fazo.tv

    Qanday qilib sinab ko’rsa bo’ladi?

  14. Chiroyli sabr

    Oila bu muqaddas dargoh , baxtli onlar uchun eng maqbul joy shirin go’sha , xotirjamlik va sog’lik uchun eng tinch joy … Bularning hammasini ko’rish va uchratib yashash uchun Allohga tavakkal qilib yaxshi niyatlar bilan har ikki yosh birdek harakat qilmog’i zarur va shart

  15. Fazo.tv

    smile Salom Chiroyli sabr! Katta rahmat go’zal so’zlaringiz uchun!

  16. Yo’q, men endi 16 yoshdaman, turmushga berishmoqchi, yordam bering

  17. Assalom Alaykum Bonu nega unaqa qilishyaptu bilasizmi Allah ozi yordam bersin nimaga erta turmushga berishadi hali yosh ekansizu cry

  18. Bizning qishloqda 14 yoshli qizlarni ham berib yuborishadi. Chiqmasang uydan haydaymiz deyishdi

  19. Ey Allah nega unaqa ota onangiz Allah kifoya qilsin siz uchun duo qilaman ishqilib sizi erta uzatishmasin cry siz nima dediz yoki hech nima deyolmasdi turmushga chiqmiman deb aytmadizmi

  20. Aytdim, chiqmasang uydan ket deyishdi, onam urdilar ham

  21. Afsus qolimdan kelsa edi sizni õzim u uerdan olib ketardim uydan chiqib keting desam baribir borarga joyiz bolmasa lekin manda shunaqa vaziyat bolsa uydan bosh olib ketardim chunki man umuman bunaqa hayotga rozi bolmasdim uyizdagilar kongliz bilan qiziqmas ekan Allah ularni togri yolga solsin cry

  22. Vaayyyy, nimala buvotti! Bonu u yigitni tanisizmi uzi?

  23. Bonu Assalom Alaykum tinchlikmi nimaga yozmayapsiz siqilgan paytiz shu yerga yozing biz shu yerdamiz

  24. Psiholog qiz

    Qalesiz bonu. Manga turmushga berishyotganini sababini etib berolasmi boshidan oxirigacha iltimos balki foydam tegar buni ilojini qilish kerek ku. Toģri siz pasprt ogandirsiz lkn 18yowgacha turmushga chiqib bomiydi makatabni bitirmagandirsiz ham a

  25. Yo’q, men tayyor emasman

  26. Men ham tayyor emasman, lekin erga berishmoqchi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social