Siz tanlagan erkak kishingiz har kuni eshitishi kerak bo’lgan 3 ta muhim ibora

Siz tanlagan erkak kishingiz har kuni eshitishi kerak bo’lgan 3 ta muhim ibora

Erkak kishi bilan munosabatlarga kirganingizda, u bilan turmush qurishingizdan oldin, siz uni iloji boricha yaqinroq tanishga harakat qilasiz. Afsuski,, bugungi kunda, har to’rtinchi nikoh ajralish bilan tugaydi.

Agar siz ajrashgan bo’lsangiz, ehtimol, sizga hamma narsa yaxshi bo’ladi degan so’zlarni aytishgan, va hamma sizga albatta sevgan yoringizni yana topasiz deyishgandir. Lekin hech kim sizga qanday qilib, sevgan odamingizni saqlab qolishni aytmadi! Lekin biz aytamiz.

Ularga taassurot qoldirish qiyin emas. Eng muhimi esa, ular eshitmoqchi bo’lgan narsalarni aytib berish.

Afsuski, ko’plab ayollar faqatgina o’zlarining tashqi ko’rinishiga e’tibor berib, to’g’ri so’zlarni unutib qo’yishadi.

Mana, erkak kishiga iloji boricha ko’proq aytish kerak bo’lgan 3 ta ibora:

1. “Siz juda chiroylisiz!”

Erkaklar tez-tez ayollarga hasad qiladilar, chunki ayollar barcha maqtovlarni olishadi. Ayniqsa, bu tashqi ko’rinishga kelganda. Eng muhimi, samimiyat bilan aytish.

2. “Rahmat” va “Iltimos”

Ayol kishi juda erkak kishini ko’p ishlarga ilhomlantirishi mumkin. Minnatdorchilik esa – ilhomlashtirishning eng yaxshi shakli. Agar ayol erkak kishining har bir ishlari va sovg’asi uchun unga minnatdor ekanini ko’rsa, u albatta ko’proq harakat qiladi.

Hamma narsalar uchun “rahmat” deb ayting. U siz bilan birga bo’lgani uchun ham. U loyiq bo’lgandan o’n barobar ko’proq rahmat ayting – shunda u sizga 100 barobar ko’proq beradi.

“Menga yordam bering, iltimos” – sehrli ibora! Buni ayting va erkaklar munosabatidan zavqlaning. Hech kim o’zini qahramon ko’rsatib, yordamingizga shoshilish vasvasasiga qarshi tura olmaydi.

3. “Men sizni sevaman”

Bu so’zlarni hamma eshitishni xohlaydi. Sevilgan bo’lishni barcha insonlar xohlaydi.

Siz nima deb o’ylaysiz?

Kommentlar: 10 komment. 10 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Madina

    Men sizni sevaman deb aytgandan keyin hech qanaqa javob kelmasachi? Mana shu 3 -chi iborani aytaverish kerakmi? Erkak kishi qo’pol toshbagir bulsachi?

  2. asalcha

    Sevgi yoq narsa IWONMIMAN

  3. Sardor

    18000 olam sevgidan yaralgan
    Shunchaki siz sevgingizni hali uchratmagansiz

  4. ali

    Asalcha agar iloji bõsade nõmerzi berng ggapim bo

  5. Durdona

    Sevgi haqiqatdan ham yoq u nikohdan keyin paygambarimiz tomonidan tushiriladi afsuski buni bilsakda biz yolgon vadayu yolgon izhorlarga ishonib yashayabmiz men shularni hammasini qildim aytdim hamisha uni maqtardim iltimos hop rahmat degan sozlarni hamisha iwlatganman seviwimni hamiwa aytsam ozim ham quvonardim lekin u ketdi hec narsa demasdan hec qanday sababsiz ketdi eng ogiri uni unutolmaslik nafratlana olmaslik bolyapti sevgi hamisha bir taraflama

  6. A.D.S.H

    Jamiki aytilgan fikrlar haqiqatga xos . Islomda birinchi bulib Allohga bulgan sevgimiz
    Lekin shuni ham unitmaslik kerakki inson bu dunyoda ham sevib seviliwga haqlidir . Wuni aytmoqchimanki .hech qachon bir taraflama sevgi uzoqqa bormaydi . . . Lekin ikki taraflama bir biringizni qalb dunyoyingizni tuwinmadizmi hech qachon u qaqiqiy Deb hisoblamanyman. Qachonki siz uni ichki dunyosini ham tawqi dunyosini tuwinsangizgina unda hech qachon sevgi buzilmaydi

  7. SAYYORA ZARIBBOYEVA

    Men siz bu uchta sòzni har kun qaytarardim bu maqolani òqimasdan ham oldin
    Lekin umuman foydasi yòq

    Oxiri nima bòldi bilaszlarmi

    Dunyodagi eng yomon narsani kòrdim”XIYONAT,,
    Sevgi yòq afsus

  8. musulmanka

    To’g’ri iboralar erkak kishi ham bu so’zlani ewitiwga haqli dib o’yliman
    Bazida hama ayb erkelada db o’ylimiz ulaga iwonch yo’q dimz lekin wu ulani biz ayolaga bo’gan iwonchini sindiriwda ayolani ham o’rni borku ayol kiwi erke kiwidan sal pastro o’rinda turiwi kere db o’yliman smile

  9. Jasmin

    bunday gaplarni ayniqsa bazilarini erkaklarga kamdan kam aytish kere deb uyliymanaytish kere faqat meyori bilan bulmasa erke kishi ayol kishini boshida ko’rarishni o’rniga qul qip boshiga chiqib oladi good cool

  10. musulmanka

    Quronda ayol kiwi erkak kiwining qiywiq qovurg’asidan yaralgan diyilgan va erkaklarga hic qachon qiywiq qovurg’ani to’g’irlayman db ovora bo’mela uni barbir tekislolmisila battar qilasila wuning ucun ham wu ayollaga yaxwi munosabatda bo’lila diyilgan
    Lekin ayol kiwiniyam erke kiwini oldida juda kota vazifasi bor ayolmiz erke bo’liw erkelaga bizani ayoli vazifamiz o’zimizdan erkeni yasavoliwmas nabaro’t erkelarimizga dalda bo’liw dib bilaman smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social