Hayotingizda siz uddalay olmayman deb o’ylagan ko’p vaziyatlar bo’lgan. Ammo siz uddaladingiz!
Hayotingizda siz uddalay olmayman deb o’ylagan ko’p muammolar bo’lgan. Ammo siz ularni hal qildingiz!
Hayotingizda yo’qotishlar bo’lgan bo’lsa kerak. Biroq siz ulardan ham o’tib ketdingiz!
Natijada bugun siz katta tajriba va bilim bilan kuchliroq va donoliroq bo’ldingiz. Balki yo’l oson bo’lmagandir, lekin siz bu yo’ldan o’tib bordingiz!
Albatta qiyinchiliklar sizni oldinda ham kutib turibdi, balki hozir ham hayotingizda qiyinchiliklar bo’lishi mumkin. Shuning uchun vaqti bilan orqaga qarab, eslab ko’ring: hatto, siz uddalay olmayman deb o’ylagan vaqtda, siz uddaladingiz.
Ehtimol, bu haqida eslab ko’rib, o’zingizda shubhalanish uchun hech qanday sabab yo’qligini tushunarsiz. Axir, hayot qanday qiyinchiliklar bermasin, siz ulardan o’ta oldingiz.