Rasman. Messi – «Inter Mayami» futbolchisi

Rasman. Messi – «Inter Mayami» futbolchisi

Lionel Messi «Inter Mayami»ga o‘tayotganini tasdiqladi.

«Mayamiga ko‘chib o‘tishga qaror qildim. Kelishuv 100% hal qilinganmi yoki nimadir yetishmayaptimi, hali ishonchim komil emas. Lekin faoliyatimni MLSda davom ettirishga qaror qildik», — deya hujumchining so‘zlarini keltiradi Diario Sport.

Messi «Inter Mayami»ga o‘tishida pul asosiy omil bo‘lmaganini aytdi.

«Aslida moliyaviy masalalar men uchun hech qachon muammo yoki to‘siq bo‘lmagan. Biz «Barsa» bilan shartnomani muhokama qilmadik. Hech qanday rasmiy, yozma taklif yo‘q edi. Hech narsa yo‘q edi. Niyat bor edi, lekin oldinga siljiy olmadik, pul haqida ham rasman gaplashmadik.

Agar gap pulda bo‘lsa, Arabistonga yoki boshqa joyga ketardim. Saudiyaliklarning taklifi menga juda katta puldek tuyuldi va haqiqat shuki, qarorim pul emas, boshqa sabablarga ko‘ra qabul qilindi», — deya Messining so‘zlarini keltiradi Diario Sport.

Avvalroq argentinalik futbolchining sobiq klubi «Barsa» undan kutishni so‘ragani, Saudiya Arabistoni variantini esa Leoning oilasi ma’qullamagani haqida xabar qilingandi.

Ma’lumot uchun, angliyalik sobiq futbolchi Devid Bekhem «Inter Mayami»ning egalaridan biri sanaladi. Klub MLS sharqiy mintaqasida 16 o‘yindan keyin 15 ochko bilan so‘nggi 15-o‘rinni egallab turibdi.

Kommentlar: 15 komment. 15 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Барсага кайтади диб уйлудим

  2. Nega ketdi??? Yevropada uynasa bulardi yana

  3. WhYYYYYY WHYYYYY!!!!!

  4. Ketti pul ishlagani

  5. Komanda oxirgi urindaku

  6. Yana bir ikki yil bemalol uynasa bolardi

  7. Шохрух

    Яхши решение

  8. Izzatillo

    Omad!

  9. Jasurbek

    Mazza qiladi endi

  10. Messi cry

  11. dash za4em

  12. Komilaxon

    heart heart heart heart

  13. Omad!

  14. Ulug'bek

    Xitoyda ushlashdi uni rofl

  15. Jamshid

    Kim?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social