“Smartfonlar asri” kasalligi: raqamli aqliy zaiflik nima va uni qanday aniqlash mumkin?

“Smartfonlar asri” kasalligi: raqamli aqliy zaiflik nima va uni qanday aniqlash mumkin?

Yigirma yil oldin insonlar xotirjamlik bilan bir necha o‘nlab telefon raqamlarini yodda tutishgan va bugungi kunda, besh daqiqadan so‘ng, ko‘pchiligimiz suhbatdoshimizning aytgan gaplarini unutib qo‘yamiz. Mutaxassislar aqlli qurilmalarimiz haddan tashqari aqlli bo‘lib borayotgani sababli raqamli aqliy zaiflik insoniyatga tahdid solayotgani haqida ogohlantirmoqda.

Miya

Kundalik vazifalarni bajarishni qurilmalarga ishonamiz va bugungi kunda hech kim qarindoshlari va do‘stlarining raqamlarini eslab qolmaydi va xaridlar ro‘yxatini xotirasiga o‘rnatmaydi. Bir tomondan, bu juda yaxshi, chunki u vaqt va energiyani tejaydi. Boshqa tomondan, biz miyamizni mashq qildirishni to‘xtatdik va uning ishlashini xavf ostiga qo‘ydik. Mutaxassislar allaqachon bu hodisaning nomini topdi va bu jarayonni raqamli aqliy zaiflik deb atashdi.

O‘zingizni o‘zingiz davolamang

Doim yodda tuting: bu kasallikning tashxisini faqat shifokor qo‘yishi va davolanishni buyurishi mumkin.

Raqamli aqliy zaiflik nima va u nima sababdan paydo bo‘ladi?

Amerikalik yozuvchi va miya bilan ishlash mutaxassisi Jim Kvik bu bezovta qiluvchi hodisani quyidagicha izohlaydi: “Raqamli aqliy xaiflikning markazida aqlli qurilmalar bizni kamroq aqlli qiladi degan tushuncha mavjud. Gadjetlar insonlar uchun o‘ziga xos tashqi xotiraga aylandi, shuning uchun biz hozirda o‘z xotiramizdan foydalanmaymiz”.

Agar miya har kuni mashq qilmasa, yodlash qobiliyati tezda yo‘qola boshlaydi. Bundan tashqari, ekran vaqtining o‘zi ham miyaga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: kompyuter qarshisida va qo‘lda telefon bilan qancha vaqt o‘tkazsak, Alsgeymer kasalligi va “haqiqiy” aqliy zaiflikning erta boshlanishi xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.

Raqamli aqliy zaiflik borligini qanday aniqlash mumkin?

Jim Kvik bu kabi signallarni sanab o‘tadi: ular deyarli ko‘rinmas bo‘lishi mumkin, ammo juda bezovta qiluvchi bo‘lib chiqadi.

Oddiy aqliy operatsiyalarni bajarish siz uchun qiyin bo‘ladi

Yaqin-yaqingacha xarid qilganingizda boshingizda hisoblash muammosi yo‘q edi, biroq hozir doim smartfoningizdagi kalkulyatordan foydalanasizmi? Bu raqamli aqliy zaiflikning belgisi bo‘lishi mumkin. Kognitiv qobiliyatlar raqamli qurilmalardan ortiqcha foydalanishdan aziyat chekadi.

Siz uzoq vaqt davomida diqqatingizni jamlay olmaysiz

Diqqatni bir vazifaga qaratish qobiliyatimiz chalg‘ishga odatlanganligimizdan aziyat chekmoqda: yozishmalar, memlar, rilslarni tomosha qilish yoki to‘satdan xayolga kelgan savolga javob izlash uchun ijtimoiy tarmoqlarga kirish tez chalg‘ish odatini paydo qiladi. Ushbu turdagi odatning odatiy yon ta’siri shundaki, bugungi kunda kam sonli insonlar o‘zlarining smartfonlarini tekshirish uchun ikki soatlik filmni to‘xtovsiz tomosha qilishlari mumkin.

Qisqa muddatli xotira

Siz muntazam ravishda suhbatdoshingiz aytgan so‘zlarni unutib qo‘yasizmi va sanalar, ismlar va boshqa faktlar tom ma’noda noma’lum tomonga uchib ketadimi? Bu aqlli qurilma aloqasidan haddan tashqari foydalanish natijasi bo‘lishi mumkin, sizning miyangiz bu ma’lumotni saqlab qolishga harakat qilmaydi, chunki u istalgan vaqtda uni smartfoningizda ko‘rishingiz mumkinligini biladi.

Raqamli aqliy zaiflikni davolash mumkinmi?

Raqamli aqliy zaiflikni davolash terapiyasi bor deb taxmin qilinadi va buning uchun siz doim miyani mashq qildirishingiz kerak. Telefon raqamlarini o‘rganing, arifmetik masalalar va boshqotirmalarni yeching. Chet tilini o‘rganish ham yangi neyron aloqalarni yaratish va dangasalarni faollashtirishning ajoyib usuli hisoblanadi. Sudoku, Wordle ham juda foydali.

Eng muhimi —  o‘zingizni aldamasdan muntazam raqamli detoks bilan shug‘ullanish. Raqamli aqliy zaiflikning umidsiz qurboni bo‘lmaslik uchun har kuni unga e’tibor bering. Kitob o‘qing, kino tomosha qiling, sport bilan shug‘ullaning, sayr qiling va muloqot qiling, unutmang qo‘lingizda va cho‘ntagingizda qurilmalar bo‘lmasligi kerak. Bizga aqlli qurilmalardan uzoqda o‘tirish uchun kuniga bir necha soat kerak va bu gadjetlarga qaramlikdan qutulishga yordam beradigan muhim qadamdir.

Kommentlar: 27 komment. 27 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Мия ишлами ковотти куплада

  2. Aziza

    Telefonga butun iwlani topwiriwvotti, SI paydo buganidan keyin, undanam battar bupketvotti

  3. Otabek

    Hammamiz hozir gadjetlarga qarammiz, afsus shunday vaqtda yashayapmiz

  4. Aziza

    Hm turi, hozirgi bolalaga telefondan bowqa h4 nima keremas

  5. Otabek

    Ota onalar ham hozir shunday, bolasiga telefon berib qo’yadi, menga tegmasin deb

  6. Aziza

    Ota onalarni uziyam paqat telefonga qarawadi

  7. Jasurbek

    5+5 qoshishga qiynalishadi hozir odamlar

  8. Madinabonu

    sad

  9. ❤️

    Ha hozirgi kunda juda koʻp telefonda qaramlik koʻpaygan ayniqsa ota onalar bolalarini tinchlantirish maqsadida telefon berishadi bu esa bollaga zarar chunki koʻp qarashi oqibatida koʻz nurini yoʻqatib boradi

  10. Aziza

    Turi etas, undan tawqari bolani rivojlaniwiyam tuxtidi. Keyn hayron qoliwadi, nimaga bolam aqlsz dib

  11. Тимур

    Болала тупой бупколади димокчимидиз Азиза?

  12. Aziza

    Yumwo qilib wuni etmoq4idim laugh

  13. ❤️

    rofl

  14. Тимур

    Хает шу дэ laugh

  15. ❤️

    laugh

  16. Aziza

    rofl

  17. Тимур

    Тупойни тупой дисде laugh1

  18. ❤️

    Ha toʻgʻride tupoyni tupoy demasdan dano deyishimiz kerakmi blum

  19. Aziza

    Ha de rofl

  20. Тимур

    Йу йу laugh1

  21. Sarvinoz

    sad

  22. ❤️

    smile

  23. Aziza

    Be4orala laugh

  24. ❤️

    Ha nimasini aytasiz rofl

  25. Aziza

    laugh1

  26. Yasmina

    Bolam telefondan chiqmaydi, nima qilsam bo’ladi?

  27. Gulli

    Assalom alaykum Farzandingiz necha yoshda shunga qarab balki biron yoʻlini aytarman Yasmina opajon

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social