Sog`lom turmush tarzi, bu mavsumiy tushunchadir. Tashqarida qanday ob-havo bo`lishidan qa`tiy nazar, to`g`ri ovqatlanish va sport bilan doimo shug`ullanib turish kerak. Sovuq tushganda va kunning qisqarishi natijasida bizning organizmimiz ham bu o`zgarishlarga e`tibor beradi. E`tibor bergan bo`lsangiz, ushbu mavsumda ish qobiliyatining tushishi boshlanadi, harakatlanish ham pasayadi va ba`zida depressiya holatiga tushishimiz mumkin. Shulardan engib o`tishga bizga sog`lom turmush tarzi yordam beradi.
Motivatsiya topish
Hayot tarzingizni o`zgartirish uchun biror bir turtki topishdan boshlash kerak. Bunday vaziyatlarda yangi hobbi topish yoki ortiqcha vazn eg`ish yordam bermasligi mumkin. Sizning asosiy motivatsiyangiz sog`lom bo`lishi zarur. Bunda ijobiy yondashuv bo`lishi kerak. O`z ustungizda ishlashni og`ir ish deb qabul qilmang. Bunda o`zingizdan mamnun bo`lish yo`lini topishga harakat qiling.
Me`yoriy ovqatlanishga o`tish
O`zingizga ovqatlanish tartibini tuzing, bu esa sizga doim to`q va organizmni yangi tizimga qo`yishga yordam beradi. Kuniga 3-4 marotaba ovqatlanish ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Albatta, bunda to`liq to`yib ovqatlanish tavsiya etilmaydi. Masalan, nonushtani soat 7-9 oralig`ida, tushlikni soat 11-14 ichida, tushdan keyingi ovqatlanishni soat 15-16 orasida va kechki ovqatni soat 18-20 oralig`ida qilish tavsiya etiladi. Mevalarni ham istemol qilishni aslo esdan chiqarmang!!!
Suyuqlik ichish tartibini o`rnatish
Biz bilamizki inson kuniga 1,5 – 2 litr suyuqlik ichishi lozim. Suv ichish tartibini me`yoriga olib kelishni va buni boshqarishga harakat qiling. Kun davomida me`yordagi suvni ichib turish, tetiklik garovidir. Nafaqat suv, balki sharbatlar ham juda foydalidir.
Hayotga harakatlanish olib keling
Albatta, agarda ko`cha ancha sovuq bo`lsa, biz uyda issiqina choyni ichib televizorni oldida o`tirishni hush ko`ramiz. Ammo judayam yalqovlikni odat qilmang! Aksincha, ozgina sayr qilishga harakat qiling. Agarda juda ham sovuq bo`lsa sport zallari asosiy tanlovdir. Shuningdek, qor yordamida ijodkorligingizni sinab ko`rishingiz ham mumkin yoki qishki sportlar bilan shug`illaning. Bu narsalar tana tetikligini va yaxshi kayfiyatni ta`minlaydi.
Zararli odatlarga “yo`q” deyish.
Agarda yuqorida keltirib o`tilganlarni bajara olsangiz ko`pgina zararli odatlardan voz kecha olasiz. Masalan, noto`g`ri ovqatlanish, suv balansini buzilishi, kam harakatchanlik va hakozo. Zararli odatlarga yana chekish, tartibga solinmagan kun tartibi, doim uyquga to`ymasliklarni ham kiritish mumkin. Shunday odatlarni aniqlash va ularga yo`q deyishga harakat qilish katta qadam tashlash bo`ladi.
O`zingizga g`amxo`rlik qiling, sog`lom hayot tarzini olib boring, ana shundagina har qanday mavsumda ham kuchga va quvvatga to`lgan bo`lasiz!