Solih yetti marta yiqilsa ham turib ketaveradi!

Solih yetti marta yiqilsa ham turib ketaveradi!

Bir ustoz o’z shogirdini o’rmon bo’ylab olib yurdi. Garchi u juda qari bo’lsa-da, lekin u tez yurar edi, yosh shogirdi esa ko’p marotaba yiqilib tushar edi. Yigit yiqilgandan keyin har safar ko’tarilib, yerni la’natlab, o’sha joyga tupurdi va o’qituvchisiga ergashishda davom etdi.

Uzoq yo’llardan keyin ular maqsad qilgan joyga yetib kelishdi. To’xtamasdan, ustoz yana orqaga qaytishni boshladi.

Siz bugun menga hech narsa o’rgatmadingiz, – dedi shogird navbatdagi yiqilishdan so’ng.

Men senga bir narsani o’rgatdim, lekin sen buni tushunmading. Men seni hayotning xatolaridan foydalanishga o’rgatmoqchiman – dedi ustoz

Buni qanday qilishim kerak?

Sen yiqilib tushgan joyga la’nat o’qishdan ko’ra, sen aslida nima uchun yiqilib tushganingni bilishga harakat qilishing kerak.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social