Germaniyada ishlash istagidagi o‘zbekistonlik ishchi hamda talabalardan arizalar qabul qilinmoqda

Germaniyada ishlash istagidagi o‘zbekistonlik ishchi hamda talabalardan arizalar qabul qilinmoqda

Ishtirokchilar mehmonxona va restoran sohasi bo‘yicha ausbildung hamda “Ferienjob” loyihalariga ariza topshirishlari mumkin.

Germaniyada ishlash istagidagi o‘zbekistonliklardan mehmonxona va restoran sohasi bo‘yicha ausbildung (o‘qish va ishlash) dasturiga arizalar qabul qilinmoqda.

Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ish vaqti haftasiga 40 soatni tashkil etadi. Unda quyidagi yo‘nalishlar mavjud:

  • mehmonxona xodimi (davomiyligi 3 yil);
  • gastronomiya bo‘yicha mutaxassis (davomiyligi 2 yil);
  • oshpaz va oshpaz yordamchisi (davomiyligi 3 yil);
  • restoranlar va tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis (davomiyligi 3 yil);
  • restoran xizmatchisi (davomiyligi 3 yil).

Qabul qilinganlar uchun oylik stipendiya 850 yevrodan boshlanadi. Shuningdek, Germaniyada transfer xarajatlarini qoplashga va arzonlashtirilgan yashash joyi topishga yordam beriladi.

Nomzodlar nemis tili bo‘yicha Gyote, ECL yoki TELCdan olingan B1 sertifikatiga, o‘rta maxsus ta’lim shahodatnomasiga ega bo‘lishi kerak.

Shuningdek, ishtirokchilar 18−30 yosh oralig‘ida, sog‘lom hamda sudlanmagan bo‘lishi zarur.

Loyiha haqida batafsil bu yerda.

Bundan tashqari, “Ferienjob” (“Work and travel”) loyihasi orqali yuqoridagi sohalar bo‘yicha mavsumiy (90 kungacha) ishlarga talabalardan ham arizalar qabul qilinmoqda.

Loyiha doirasida 2076 yevro (2076 Brutto, 1479 yevro netto) oylik maosh beriladi hamda Germaniyada transfer xarajatlarini qoplashga va arzonlashtirilgan yashash joy topishga yordam beriladi.

“Ferienjob” loyihasiga hujjat topshirmoqchi bo‘layotgan nomzodlar uchun talablar:

  • oliygoh talabasi bo‘lish;
  • haftasiga 40 soatlik ish (kunlik 8 soat);
  • 18−30 yosh;
  • nemis tili bo‘yicha Gyote, ECL yoki TELCdan olingan A2 sertifikati (qo‘shimcha til bilish ustunlik beradi);
  • mehmonxona va gastronomiya sohalari bo‘yicha malakaga ega bo‘lish;
  • jamoada ishlash va kirishuvchanlik;
  • sog‘lom va sudlanmaganlik.

Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin:

  • xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
  • nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (Gyote, ECL yoki TELCdan pdf shaklda);
  • nemis tilidagi tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda);
  • nemis tilidagi motivatsiya xati (Motivationsschreiben, pdf shaklda).

Loyiha haqida batafsil ma’lumotni bu yerdan olish mumkin.

Har ikkita loyiha uchun ro‘yxatdan o‘tish manzili:

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Эх ешим тури кемасакан

  2. Otabek

    Nemis tilini bilganimda edi…

  3. Shodiya

    Topshirib ko’rarman

  4. Тимур

    Омад сизга!

  5. Shodiya

    Rahmat smile

  6. Diyor

    Eh

  7. Ibrohim

    Hamma topwiradiganlaga omad!

  8. Shodiya

    Rahmat smile smile

  9. Javlon

    Qiziq qiziq

  10. Vasila

    good

  11. Gulli

    Oqimoqchi bolgan hammaga omad

  12. Nurxonjon Berdiyev

    Assalomu alaykum barchalaringizga, xozir ham hujjat topshirsam boʻladimi nemis tili darajam A2

  13. Dadaxon

    Assalomu alaykum xammaga A2 sertifikatini qanday oldezlar menga xam oʻrgatezlar+998936966889

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social