Sport – sog’lik va uzoq umrning siri emas!

Sport – sog’lik va uzoq umrning siri emas!

Agar siz sog’lom bo’lishni istasangiz, siz yugirish yo’llakchasida turishingiz yoki uyga mashq qilish uskunasini sotib olishingizga hojat yo’q. Eng mashhur va uzoq umr ko’rgan insonlarga nazar soling. Ular sayyoramizning eng uzoq umr ko’radigan “ko’k zonalar” dagi insonlardir. Ular temir ko’tarishmaydi, marafonda yugirishmaydi va sport zaliga ham bormaydilar.

Buning o’rniga ular doimiy ravishda ularni harakatga majbur qiladigan muxitda yashashadi va bu haqida hatto o’ylashmaydi. Ular bog’ga g’amxo’rlik qilishadi, kun davomida ko’p yurishadi va uy ishlarida texnikadan foydalanishmaydi.

Muntazam tabiiy harakatlar uzoq umr ko’rishning eng samarali usullaridan biridir.

Albatta, bizning zamonaviy sharoitimizda bu haqiqat kabi ko’rinmaydi. Hozirda, aksariyat odamlar stol va kompyuter ekraniga bog’langan. Statistikaga ko’ra, bundan 100 yil oldin, aholining faqat 10 foizi o’tirib ish olib borgan, hozir esa bu ko’rsatkich 90 foizni tashkil etadi.

Shunga qaramay, ko’proq harakat qilishning oddiy usullari mavjud. Eng yaxshi usullardan biri A nuqtadan B nuqtaga borishdir. Masalan, farzandlaringizni maktabga piyoda olib boring, do’konga piyoda boring yoki velosipedda aylaning. Ishga ham huddi shu tarzda borishga harakat qilsangiz, bu juda ham ideal hisoblanadi yoki hech bo’lmaganda jamoat transport bekatigacha piyoda yuring.

Olimlarning fikricha, ishga yetib borishning eng yaxshi usuli – 15 daqiqa yurishdir va bu har qanday jismoniy faoliyatdek foydali bo’ladi. Agar sizda yurish imkoniyati bo’lmasa, kun davomida yurish uchun vaqt ajrating. Haftasiga olti soat yurish, yurak-qon tomir kasalliklari, nafas olish tizimi va saraton kasalliklari xavfini kamaytiradi. Hatto, haftasiga ikki soat yurish ham, kasal bo’lish xavfini kamaytirar ekan.

Bundan tashqari, yurish miya uchun juda foydali. Shvetsiya shifokori Anders Hansen ma’lumotlariga ko’ra, “Haqiqiy baxtiyor dori” kitobining muallifi, kunlik yurish miya zaifligi xavfini 40 foizga qisqartiradi.

Agar uzoq yurishlarni yoqtirmasangiz, kuniga bir necha marotaba sayr qiling. Masalan, har bir soatda besh daqiqa. O’zingizga tik turish yoki hech bo’lmasa tez-tez yurishni va kun davomida harakat qilishni maqsad qilib qo’ying. Tushlik paytida, tashqariga chiqing.

Tanamiz harakat qilish uchun yaratilgan.

Sog’liq uchun sport zaliga borish yoki yuqori intervalli mashqlar bilan o’zingizni qiynoqqa solish kerak degani emas. Uzoq vaqt yashovchilar tomonidan doimiy ravishda amalga oshiriladigan oddiy va tabiiy harakatlar juda ko’p foyda keltiradi. Ulardan namuna oling.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social