Sulton va uning 4 xotini

Sulton va uning 4 xotini

Bir sultonning 4 xotini bo’lgan ekan. Sulton xotinlarining har biriga o’zgacha e’tibor qilgan. Ammo u ko’proq to’rtinchi xotinini sevgan. Chunki u doim muloyim va mexribon bo’lgan. Sulton unga ko’p e’tibor bergan, qimmatbaho sovg’alar qilgan.

Huddi shunday u uchinchi xotinini ham sevgan, uni dunyoda eng chiroylisi deb hisoblagan. U shunchalik go’zal bo’lganki, sulton doim u bilan maqtanib yurgan, muhim uchrashuvlarga doim o’zi bilan olib yurgan. Sulton uni yo’qotishdan qo’rqar edi.

Sulton ikkinchi xotinini xam sevgan, chunki bu xotini uni qiyin vaziyatlarda dalda berib turardi, sulton u bilan barcha sirlari bilan bo’lishishi mumkin edi, xotini doim unga maslahatlar bilan yordam bergan. Bu eng tajribali va dono xotini bo’lgan, ammo u yana katta ig’vogar ham bo’lgan. Ammo sulton doim uni kechirar edi.

Birinchi xotini esa sultonni juda qattiq sevar edi, ammo sulton unga yetarlicha e’tibor bermagan, hatto boshqa xotinlariga sovg’a berganda birinchi xotini haqida unutar edi. Ammo birinchi xotini hech nimaga qaramasdan uni sevar edi.

Bir kuni shu mamlakatga juda yomon kasallik kelibdi va sulton ham shu kasallikga uchradi. Unga yashash uchun bir necha soniya qolgan edi. Shunda u hamma xotinlarini o’ziga chorlab, har biriga bitta savol bergan. To’rtinchi xotinidan boshladi:

-Men seni boshqalardan ko’ra ko’proq sevar edim, eng yaxshi narsalarni senga berdim. Men bilan narigi dunyoga ketasanmi?

-Hech qachon! Menga bu yerda ham yaxshi! – deb aytdi to’rtinchi xotini.

Sulton javobini eshitib hayron qoldi. Keyin uchinchi xotinini o’ziga chaqirib so’radi:

-Qayerda bo’lishimdan qat’iy nazar, sen doim yonimda eding. Sen ering bilan qo’lma-qo’l narigi dunyoga ketishga tayyormisan?

-Yo’q, albatta! Menning ko’p rejalarim bor! Balki men kimnidir topib, keyin turmushga chiqarman. – deb javob berdi uchunchi xotini.

Sulton yanada xafa bo’ldi. Navbat ikkinchi aqlli va ig’vogar xotiniga keldi. Sulton unga ham huddi shu savolni berdi:

-Afsuski, men senga maslaxatlar bilan yordam berolmayman. Ammo va’da beramanki, sen narigi dunyoga yaxshi ketishing uchun dafn marosimini yaxshi o’tkazaman – dedi.

Shunday javob ham sultonni tinchlantirmadi va hayotida nimaga o’zi erishgani haqida hayol so’ra boshladi. Shu paytda birinchi xotinining ovozini eshitilib qoldi:

-Qayerga borsang ham, men sen bilan boraman! Men hech qachon seni tashlab ketmayman va doim yoningda bo’laman!

Shunda sulton unga kulib shunday dedi:

– Men senga ko’proq e’tibor berishim kerak edi. Axir faqatgina sen menga sodiq qolding!

Mazkur hikoyani o’zimizda bo’lgan 4 narsaga o’xshatishimiz mumkin:

To’rtinchi xotin – bu bizning tanamizdir. Biz uni erkalatishimiz, qimmat sovg’alar olib berishimiz va uni yanada chiroyli qilishimiz mumkin, ammo bu unchalik muxim emas, chunki o’limdan keyin u biz bilan ketmaydi, bu yerda qoladi.

Uchinchi xotin – bu bizning mansab, kasb va do’stlarimizdir. Ular hayotimizga baxt olib kelishadi, ammo o’limizdan keyin ular boshqa insonlarda qolishadi.

Ikkinchi xotin – bu bizning oila va qarindoshlarimizdir. Ular doim yordamga tayyor va maslaxat berishadi, ular o’limdan keyin tanamiz uchun g’amhurlik qilishadi, ammo biz bilan ketishmaydi.

Birinchi xotin – bu bizning ruhimizdir. Biz unga e’tibor bermaymiz, birinchi uchta xotinga e’tiborimizni beramiz, aniqrogi bu dunyoning moddiy narsalarga katta e’tibor qaratamiz. Ammo o’lganimizda u biz bilan ketadi.

Aynan ruhimizga biz ko’proq e’tibor berishimiz kerak!

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Amirxon

    Juda qiziq hikoya, manimcha har biriga albatta e’tibor berish kerak, faqat moddiy narsalarni birinchi o’ringa qo’ymasdan

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social