Taqdirni o`zgartirish mumkinmi?

Taqdir. Bu nima o`zi? Taqdirimizni Xudovand yozadimi yoki buni o`zimiz bitamizmi? Bunga har kim turlicha javob berishi mumkin. Kimdir shunday degan ekan: «Taqdirni chorrahada turgan yo`lovchiga o`xshatish mumkin. Qay yo`ldan borishini faqat uning o`zi belgilaydi. Va shu bilan Taqdir deb atalmish qismatni yaratadi.» Orzu-umidlar qilish, maqsad sari intilib, baxtli bo`lish murodi bilan yashash – bularning bari insonga xos xususiyat. Umidli dunyo deydilar, yana yaxshi niyat – yarim davlat degan gap ham bor.

Bu yaxshi, albatta. Yomon tomoni esa orzularimizning ko`pincha armonga aylanib qolishida. Biz ularga qanchalik erishishni istamaylik, ko`pincha ularni amalga oshira olmaymiz. Shunday paytda ko`pchilik bu holni taqdirga to`nkaydi. Aslida ham shundaymikan?

«Har qanday orzu senga uni amalga oshirish uchun etarli bo`lgan kuch-quvvat beriladi, ammo buning uchun ter to`kishingga to`g`ri keladi.» Bu mashhur olim Richard Baxning so`zlari. Uning so`zlaridan anglash mumkinki, bizning orzularimiz quruq erda paydo bo`lmaydi. Biron narsani orzu qilibmizmi, demak unga erishish uchun kuchimiz, imkoniyatimiz etarli.

Ammo ana shu kuchni ishlatishni, ter to`kishni istaymizmi, yo`qmi, gap shunda. Bir mulohaza qilib ko`raylik, biz uchun eng muqaddas bo`lgan orzularimizning ro`yobga chiqishi nima uchun bu qadar qiyin kechadi. Keling, eslab ko`ramiz, biz niyatlarimiz haqida gapirar ekanmiz, uni qay tarzda ifoda etamiz: «Men o`qishga kirmoqchiman, ammo  kirolmayman deb qo`rqaman», «Mana shu ishga erishishni shunchalik istaymanki, ammo istagim hech qachon amalga oshmasligini bilaman», «Mashinam bo`lishini juda xohlardim-u, hali-beri amalga oshadigan emas-da» va hokazo.

Tanish so`zlar shunday emasmi? Xo`sh, aytingchi, sizningcha bu tarzdagi fikrlashdan so`ng ongimiz qanday ahborotni birinchi navbatda o`zlashtiradi? Qo`rquvni. Biz o`z orzularimizdan qo`rqyapmiz. Demakki, orzularimizning hech qachon amalga oshmasligiga birinchi qadam qo`yildi. O`z orzularidan qo`rqqan inson uni amalga oshirmoq uchun harakat ham qilmaydi.

Manbaalarda aytilishicha, har qanday fikr, hayol, axborot energiya kuchiga ega bo`ladi. Ong esa bu axborotni o`zida dasturlab boradi. Ong hech qanday hazilni tushunmaydi, u aytilgan so`zni o`zlashtirib, ko`rsatmalarni bajarishga kirishadi. Insonning orzusi, umidi bo`lishi hayotda unga kuch bag`ishlaydi. Biror narsa orzu qilayotgan, umidi bor inson energetik kuchga ega. Biroq qo`rquv ham kuch, balki undan-da qudratilroq bo`lgan kuch hisoblanadi. Aynan shuning uchun ham miya ushbu ahborotni birinchi o`rinda o`zlashtirib oladi.

Inson fikrlashini va dunyoqarashini o`zgartirishi bilan hayotini ham o`zgartira boshlaydi. Hayotingizda shunday vaziyatlar bo`lgani aniq: birdan miyangizga kerakli fikr, axborot keladi. Bularning bari ongning dasturlashi natijasida yuzaga keladi. Biroq har qanday orzu ham amalga oshmasligini hammamiz bilamiz. Biron narsani orzu qilar ekanmiz, uni chin dildan istashimiz barobarida u aynan o`zimizniki bo`lishi lozim.

Uni amalga oshirishda eng kerakli jihat bu ishonch va muhabbatdir. Deyarli barcha millionerlar aynan o`zlari istagan, yaxshi ko`rgan ish bilan shug`ullanishlari ham isbotlangan haqiqatdir. O`zingizga, bajarayotgan ishingizga muhabbat – maqsadga erishishning eng zaruriy shartidir. Bu orzular haqida ko`p gapirish mumkin. Yaxshisi bu haqda fikr yuriting va shu erda fikringizni bildiring. Kim bilsin, balki boshqalarga ham yordamingiz tegib qolar.

Kommentlar: 61 komment. 61 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    «Ҳар қандай орзу сенга уни амалга ошириш учун етарли бўлган куч-қувват берилади, аммо бунинг учун тер тўкишингга тўғри келади.» – bu gapga besh ketaman!

  2. taqdirimizni uzimiz tanlimiz, lekin xayotimizda nimadir uxshamasa biz daro xudoga tunkaymiz!

  3. Xamma narsa biza orzu qigandek bo’midi, intilamiz xarakat qilamiz amalga oshmidi .

  4. Xudovand degani nima endi unknw

  5. Oydin1994

    meni taqdirni ozgartirish mumkinligiga ishonmiman chunki qancha orzu qilsam ham harakat qilsam ham royopga ciqmadi taqdir mendan baxtni qizgondi.

  6. Pahlavon97

    Chorasiz qolgan insonlarni sevimli so’zi taqdir

  7. Farangiz Fayzullo

    Taqdirda ishonish kere duo qliw kereyaxw nyat qliw kere orzu qlb otrvurw keremas unga intiliw kere duo qln Alloh beradi …etlganku duo taqdiri ozgartiradmi dyiwganda sorawingiz xam uwa taqdurdan dyilgan…. xammasi yaxwlgaaa taqdirga iwonw manimca eng yaxw iw

  8. umidbek

    Harakatni togri yonaltirish kerak ozingga ishonish kerak deyishadi mashoyiqlar

  9. Qancha harakat qilsak ham taqdirdan qochib qutulib bulmas ekan nma bulsa yaxshi ish ham yomoni ham bu taqdirdan

  10. Husniddin Ismoilov

    Azizlarim taqdir bu biz bandalarga berilgan snovlar holos yahshi bolish yoki yomon bolish oz qolimizda.

  11. Xosiyat Kudratova

    Taqdirimiz olloh tomonidan yozilgan. Jinsimiz, qachon o’lishimiz, baxtli yoki baxtsiz bo’lishimiz, rizqimiz. Shunday ekan hammamiz taqdirimizdan rozi bo’lishimiz kk. Olloh bizdan nimadir olib, nimadir berib sinaydi.

  12. musulmanka

    Ризқ ҳам тақдирда ёзилган. Нега ризқ масаласида тақдирга суянилмайди? Эртаю кеч тирикчилик деб югуриб-еламиз. Лекин эътиқодий амал, ибодатга келганда, тақдирга суянилади. Бундан маълум бўладики, бу инсон Аллоҳга итоат этишга эринади ва тақдирни баҳона қилади.
    smile

  13. Qaylardasan

    Taqdir deydilar qochib qutiliwni iloji yuq,lekin peshonaga yozilgani bular ekan afsus,balki u uchun kurawganimdaa barchaasi uzgarardi lekin yengildim kurawmadim qanchalaar sevar edik bir birimizni ,endi sog’indim qiynalyabman kurgim keldi bir bor bulsa xam olislardan bulsa xam armonim……

  14. Fazo.tv

    Salom Qaylardasan, nega yengildingiz? sababi bormi?

  15. Samandar

    Taqdirni o’zgartirish mumkin ammo taqdirimizdagi 3 narsani hech qachon o‘zgartira olmaymiz: tug‘ilgan joyimiz, dinimiz va oilamiz. Men o‘ylayman taqdir o‘z qo‘limizda. Ertangi kungi taqdirimiz bugungi kun qilgan amallarimiz orqali yoziladi.

  16. Xa tog’ri gaplarezga qowilaman!

  17. Fazo.tv

    Salom, nega dinni o’zgartirib bo’lmas ekan deb o’ylaysiz?

  18. Oilani 6zgartrsayam b6ladi. Astahfirulloh

  19. Fazo.tv

    U menimcha, Ota-onalar haqida yozgan

  20. Xa fazo tv szi gapizdayam jon bor ammo Qodir Oila muqqadas narsa uni ozgartrw keremas Ollohdan Hammanarsani Xayerlisini boliwini soraw kerak! Fazo tv din yani bizning Islom dinimz eng tog’ru din xaq din Haqqiqaatka undaydigan Ollohni qalbi boast bb xsqb iwonadiganlar dindr xar bir insonni iymono bolsa nima tori nima notoriligini qalbi bn tanledi Dindan ciqw esa bilasz bu eng yomon narsa hisoblanadi

  21. Fazo.tv

    Nega?

  22. Unknown

    Hammasi o’z qo’limizda emas

  23. Fazo.tv

    Lekin baribir harakat qilish lozimdir

  24. Men ham taqdirimni o’zgartirmoqchiman ammo harakatim hozirda bir taraflama chunki orada ancha gap so’z bo’lib o’tdi lekin taqdir ekan deb ko’nib ketmayapman sabr ila kutyapman shu yaxshimi yoki kurashmaymi?

  25. Angel llrimos ocuro gapirin taqderizda nimo boldi asosan?

  26. Salom

  27. Fazo.tv

    Salom Angel, qaysi mavzu haqida gapiryapsiz? Agar munosabatlar haqida bo’lsa, albattta ikki taraflama sevgi bo’lsa, albatta kurashish kerakdir.

  28. Xeckim yoga ixwedi

  29. Fazo.tv

    sad Ba’zi odamlar yo’q bo’lib ketishdi, hammasi yaxshimikan… sad

  30. ???

  31. Fazo.tv

    Siz yo’q bo’lib qoldiz…

  32. Oddiy bola

    Hayrli tun!

  33. Fazo.tv

    Salom! Yaxshimisiz Oddiy bola?

  34. Oddiy bola

    Raxmat yaxwman.6zilaci? Ne yenglila?

  35. Fazo.tv

    Hammasi yaxshi, o’zizdachi?

  36. ” Taqdirni qo’l bilan yaratur inson g’oyibdan kelajak baxt bir afsona “degan hikmat bor va bunga judayam ishonaman. Chunki insonlarning hayvonlardan farqi bu ongning mavjudligidir. Har bir inson bajaradigan ishini va aytadigan gapini anglab gapiradi va hayotidagi barcha narsaga aynan o’zi sababchi.

  37. Fazo.tv

    Salom Selena, To’g’ri aytasiz, barchasi qo’limizda!

  38. Men hozir judayam yomon ahvoldaman. Meni sevgan yigitim men haqimdagi tuhmatga ishondi meni tashlab ketdi hammasi bir onda sodir buldi. Menga ishonmadi. Men nima qilay nima qilishni bilolmayabman bunday tuhmatga chidolmayabman

  39. Fazo.tv

    Salom Nobody! Avvalam bor siz gapirayotgan yigit sizni sevmagan. Uning sevgisi haqiqiy bo’lmagan. Chunki haqiqiy sevgi unday emas. Aslo! Haqiqatan sevgan inson sevgisi uchun jonini berishga tayyor bo’ladi. Sizga ishonmagan bo’lsa, unda sizni sevmagan. Afsus, bu haqiqat. Haqiqat achchiq bo’lsa ham, buni qabul qiling. Bordiyu siz uni chindan sevgan bo’lsangiz, unda uni kechiring. Agar kechira olmasangiz, demak sizning ham sevgingiz haqiqiy bo’lmagan.

  40. Username_3x7

    ASSALOMU ALLAYKUM! MEN HAM TAQDIRNI INSONI O’ZI YARATADI DEP O’YLAYMAN. AXIR ALLOH BIZLARGA TANLOV HUQUQIN BERGAN. YANI GUNOH ISHLAR QILISHIMIZ, YOKI ALLOHGA IMON KELTIRIB SAVOB ISHLAR QILISHIMIZ. HAMMA HAMMASI O’Z QO’LIMIZDA. ALLOH BIZLARNI SINAYDI. BIZLARDA HARDOIM IKKI YO’L BOR. ALLOH YOMON ODAMLARNI YOMON QILIB YARATMAGANKU. ULAR HAM O’Z TAQDIRLARINI O’ZI YARATGAN. BUGINGI QILGAN HARAKATLARIMIZ KEYINGI HAYOTIMIZNI BELGILAYDI. QISQASI TAQDIR BU “BIR BIRINI KESIB O’TGAN VEKTORLAR. HAR BIR VEKTOR BU HAR BIR INSONING HARATI. VA BULARNIG HAMASI- TAQDIRNI TASHKIL ETADI”. BU NAZARIYAMNI TUSHINTIRADIGAN BO’LSAM,
    MASALAN BIR INSON IKKINCHI INSONI AVTOMOBILDA BOSIP KETI. BIRINCHI INSONI HARAKATI, IKKINCHI INSONGA TASIR ETDI. YANI IKKINCHI INSON BUNI KUTMAGANDI. VA BULARNI HAMMASI TAQDIR. BIRINCHI INSON SAL AVTOMOBILNI SEKIN HAYDAGANDA, YOKI IKKINCHI INSON SAL KECHIKANDA BU TAQDIR BO’LMAS EDI. VA BU YERDA HAM HAMMA HARAKATGA BOG’LIQ. ALLOH HAMMAMIZNI O’Z PANOHIDA ASRASIN!

  41. Fazo.tv

    Salom Username_3x7! Ochig’ini aytganda bildirgan fikringiz ajoyibdir! Chindan ham, ko’p narsa o’zimizga bog’liq. Xudo bizga tanlov huquqini bergan, bu tanlov huquqidan qanday foydalanishimiz taqdirimizni belgilab beradi. Katta rahmat.

  42. Assalomu alaykum har birimizni taqdirimiz Alloh tominidan bitilgan.Allohning o’zi eng buyuk musavirdir yani har bir bandasiga eng hayirlisini bitgan va shu bn birga taqdirida nima bitilganini insoning o’z hatti harakati bn belgilashni yani insoning qilgan ishlari yahshi amallari va qilgan ibotadlari orqali taqdirini hayotini go’zal qilishdek imkoniyatni o’z qo’liga bergan.Shundan kelib chiqish mumkinki har bir insonga bir hil imkoniyat salohiyat berilgan va biz bu imkoniyatdan qanday foydalanib taqdirimizni qanday yaratishimiz o’z qo’limizdadir. Huddi Baxt deb atalmish nematni har bir inson o’z qo’li bn yaratilgandek.Zero yahshilik ham yomonlik ham Allohdan va bularni qanday qabul qilishimiz insoning o’z qo’lidadir.Hayotimizda sodir bo’ladigan yomon hodisalar ham aslida insonlarga yahshilik maqsadida berilgan bo’ladi faqat bu vaziyatda yahshi tomonini ko’ra bilishdadir Yani Har bir ishda Allohning bizga tayyorlab qo’ygan Hikmati bor,bu vaziyatlarni yahsi tomonini ko’ra olish esa insoning o’z qo’lida Alloh hayotta o’z bandasini yomon bo’lishini unin yomon ishlarni qilishini Taqdiriga bitmaydi u yo’lni inson o’zi tanliydi va shu ahvolga kelishiga faqat va faqat o’zi sababchidir Alloh uchun hamma bandalari sevimlidir hoh u musulmon bo’lsin hoh u boshqa din vakili bo’lsin.

  43. Fazo.tv

    Salom Madina! Juda go’zal va foydali so’zlar yozibsiz. Shunday aqlli inson bizning saytimizga kelganidan juda baxtlimiz smile Biz bilan qolasiz degan umiddamiz smile

  44. Shaxrizoda

    Taqdir taqdir meni baxtdan ayirdi xammasi taqdirdan deyish notógri men xam taqdirni ózimiz ózgartirishimizga ishonchim komil tógri olloxim xammani kelgusida buladigan narsani belgilab quygan lekin ishonishingizni xoxlayman taqdiringizni uzgartira olishingizga

  45. Salom alaykum, nima buldi? Etib berolasmi?

  46. Marjona

    Kichkina qizcha Allohdan so‘rabdi?
    Agar taqdirim yozilgan bo‘lsa men nima uchun duo qilishim kerak?
    Shunda
    Alloh dedi ,,Balkim ba‘zi sahifalariga o‘zi xohlagandek bo‘lsin deb, yozgandirman”

  47. Nargiza

    Faqatgina oʻlimning kunini va sanasini oʻzgartira olmaymiz . Qolgan narsalarni oʻzgartirsa boʻladi.

  48. Taqdir? Hammasi yozilgan deyishadiku…

  49. Assalomu Alaykum Raxmatulloxu Barakatux Taqdir bu- Ollox tomonidan yaratilgan. Har birimizni taqdirimizni Ollox belgilab qo’ygan. Odamzod tug’ilishdan avval ya’ni ona qornida 4-oylik bo’lgan holatida Ollox taqdirini yozar ekan har bir bandaga Olloxni o’zi hoholagancha taqdirini bitib qo’yar ekan. Misol keltirsak: Har bir inson o’zi hoholagandek baxtni orzu qiladi. Ba’zi insonlar o’zi hohlagan baxtga erishadi ba’zi insonlar esa erisholmaydilar bu ham Olloxni hohishi bo’ladi. Kimdir ozu qilgan niyatiga ertaroq erishadi kimdir orzu qilgan niyatiga kechroq erishadi bu ham Ollox taqdirga yozib qo’ygani bo’ladi. Ollox kimnidir boy qilib yaratadi kimnidir kambag’al qilib yaratadi kimnidir esa baxtli qilib yaratadi bu narsalarni bizlarga Ollox sinov tariqasida yuboradi bekorga aytishmaydi bu sinovli dunyo deb. Men Olloximdan shu narsalarni so’rardim-ki har bir insonning taqdiriga o’zi hohlgandek orzu qilgan insonga ya’ni sevgan insoniga yetishishni va bu insoni bilan bir umr baxtli saodatli bo’lib yashashini so’ragan bo’lar edim Har bir inson Olloximdan chin dildan duo qilib o’zi hohlagan baxtni so’rasa albatta orzu qilgan niyatiga yetadi inshollox

  50. Demak odamni baxtsiz qilish ham Ollohni hoxishimi? Bolalarni kasal qilish hammi?

  51. Assalomu alaykum Raxmatulloxu Barakatux Odamni baxtsiz qilish ham Olloxni hohishimi degan savolingizga javob- Albatta Ollohni hohishi bu bizga sinov tariqasida yuboriladi. Odamzod bilib-bilmay gunoh ish qiladi deganlariday bu sinovlar guholarni yuvishga bizga Ollox tomonidan yuborilgan jazodir Albatta bu sinovlardan chiroyli Sabr bilan o’tsak Ollox bizga o’zimiz hoholaganday baxtni ortig’i bilan beradi.

  52. Ikkinchi savolingizga yani Kasallik degan savolingizga javob: Avvlambor hech kim kasal bo’lmasin lekin bu Kasallik ham Olloh tomonidan bandaga yuborilgan sinovdir bu Kasallik ham gunohlarni yuvishga kafolatdir. Ollox suyugan bandasiga dard beradi. Dardini bergan shifosini ham beradi Inshollox Biz faqat hayotimiz chiroyli bo’lishi uchun hech qachon kasal bo’lmasligimiz uchun Olloxga doimo Istig’for aytib yaxshi niyatda duolar qilib yurishimiz kerak.

  53. alhamdulillah_13

    assalomu alaikum xammaga va fazo tvga sogmisizlar smile

  54. alhamdulillah_13

    zamira opa gaplarizga quwilaman tugri aytdz xammasi allohdan ln bz duolarimz bn uzgartira olamz taqdirimizni man ham yillab sevgan insonm bn brga bulolmadm orada aancha ishlar boldi xarakatdan toxtab qoldk man xozr turmuwga cqqanman togi nolimiyman ln xalixam u insonni unutolganm yug eslamagan kunm yug balkm bularni xam unutarman ungaca sabr qiliwm kerak xamma narsaga vaqt davo dyiwadiku xozr anca kunikb qoldm ln yuregzda qolarkandaaaa……

  55. Volekum Assalom Assalomu Alaykum hammamizni Taqdirimiz Olloxni qo’lida faqat bizlar yaxshi niyatlar bilan Olloxga istig’for aytib yurishimiz kerak chiroyli Sabr qilsak Ollox biz hohlaganday Baxtni beradi Inshollox

  56. alhamdulillah_13

    vaalaikumussalam assalamu alaikum xa albatta allohni qo’lida allohga oson bo’l dsa bo’ladi man ham duolarimda bo’l deyiwnga muhtojman db sureman inshaalloh sabrlarimi ajri bor xamma xamma baxtli busn allohm xammani go’zal baxtlari bn siylasin

  57. Xudo hammamizga baxt bersin heart

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social