Uyda pul va vaqtni tejashga yordam beradigan 9 ta layfxak

Uyda pul va vaqtni tejashga yordam beradigan 9 ta layfxak

Elektr va suv uchun to‘lovlarni kamaytirish, shuningdek, sevimli mashg‘ulotlarga qo‘shimcha vaqt topish uchun bir nechta oddiy qoidalariga rioya qilish kifoya, deb yozadi “Noviy ochag”.

Uydagi haroratni kuzatib borish

Termostat isitkichlarni sozlash pulni tejashga yordam beradi. Kechasi va uyda bo‘lmaganda haroratni 7-10 darajaga tushiradi. Bu yiliga ma’lum miqdorda pul tejash imkonini beradi.

Sovuq suvda yuvish

Odatda kir yuvish mashinasi suvni isitish uchun energiyaning 90 foizini ishlatadi, lekin sovuq suv ham kiyimlarni issiq suv kabi toza yuvadi. Haftada bir necha marta sovuq suvda yuvish va kukun o‘rniga suyuq yuvish vositasini tanlash orqali ham pul tejash mumkin.

Idish yuvish mashinasidan foydalanish

Idish yuvish mashinasidan foydalanish vaqt va pulni tejaydi. Ammo ikkita qoidaga rioya qilish kerak. Birinchidan, uni faqat ishlatilgan idishlar bilan to‘lganda yoqish kerak. Misol uchun, kun davomida unga foydalanilgan kir idishlar qo‘yilishi mumkin, kechasi esa yoqiladi, ertalabgacha idishlar toza bo‘ladi. Ikkinchidan, idishlarda qolgan ovqatni chiqindiga tashlab, keyin yuvish lozim. Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligiga ko‘ra, bu 80 litrgacha suvni tejash imkonini beradi.

Har doim muzlatkich eshigini yopish

Muzlatkich eshigi qancha uzoq ochiq qolsa, uning ichidagi havo tezroq isiydi. Oziq-ovqatlarni iloji boricha tezroq joylashtirishga harakat qilish kerak, chunki sovuq chiqqanda muzlatkich 7 foizga ko‘proq energiya sarflaydi.

Jo‘mrakdagi suvni o‘chirish

Ba’zida odamlar suvning yetarlicha sovishini yoki isishini kutadi. Bu harakat katta miqdorda suv yo‘qotilishiga olib keladi (kuniga taxminan 30 litr). Keraksiz xarajatlardan qochish uchun suvni muzlatkichga qo‘yish yoki qaynatish kifoya.

Mashina yukxonasini tartibga keltirish

Og‘ir narsalarni mashina yukxonasida saqlash tavsiya etilmaydi, ayniqsa ularning keragi bo‘lmasa. Qo‘shimcha elementlar yoqilg’i samaradorligini 2 foizga kamaytirishi mumkin.

Noutbukni o‘chirish

Noutbukda ishni tugatgandan so‘ng uni shunchaki yopmaslik, balki butunlay o‘chirish lozim. Bu elektr to‘lovlarini tejash imkonini beradi. Shuningdek, elektr jihozlarining simlarini rozetkalardan tortib olishni unutmaslik juda ham muhim.

Dush qabul qilish

Agar dush qabul qilinsa, sarflangan suv miqdori kamroq bo‘ladi. Bunday holda, suv iste’moli kam bo’lgan maxsus suv purkagichni ishlatish tavsiya etiladi. U suv xarajatlarini tejashga yordam beradi.

Yomg‘ir suvidan foydalaning

Uyda xonaki o’simliklarni sug’orish uchun yomg‘ir suvidan foydalanish mumkin. Yomg‘ir paytida suv to‘planishi uchun tashqariga idish qo’yish kifoya.

Kommentlar: 21 komment. 21 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Уйда узи неччи градус булиш кере?

  2. Salom alaykum Timur, 23-25 yaxwi hisoblanadi

  3. Тимур

    Совулада 10 градус буган уйим sad

  4. To'maris

    Rahmat.

  5. Asilzoda

    Noutbukni u4irmasdan qoldirib buladimi?

  6. Тимур

    Булади, лекин хар доиммас, яхшиси учириб куйгани

  7. Asilzoda

    Rahmat.

  8. Juda foydali maqola good

  9. Hoziroq foydalanam

  10. Gulnoza

    smile heart

  11. Uyda haroratni qanaqa qilib kuzatsa buladi?

  12. Yusufbek

    Gadjetla bor, ul4ab turadigan

  13. Qattan osa buladi? Malikada bomi?

  14. Yusufbek

    Ha, tiqilib yotibti. Olin, zur narsa

  15. Rahmat good

  16. Pul va vaqtni tejaw kerak

  17. Odil va Nodira

    good good

  18. Pulni yigiwni biliw kere

  19. Assalom alaykum jiuda sjoyib maslahatlar yozilgan ekan katta rahmat ajoyib maqola chiqibti

  20. Sovuq suvda foydalanmayman lekin boshqa hammasiga har doim amal qilaman

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social