Tengdoshlari haqorat qilgani sababli do‘st orttirish umidida uyma-uy yurgan 12 yoshli Sheyden Uoker uchun AQSHda 37 ming dollardan ko‘proq pul yig‘ildi.
O‘tgan hafta texaslik Sheyden qo‘shnisi Brennan va Enjel Reyning 11 yoki 12 yoshli bolalari bor-yo‘qligini bilish maqsadida uyining eshigini taqillatgan va u bilan muloqot qilishni xohlashini aytgan. Bolakay unga do‘stlarsiz hayot zerikarli bo‘lishini aytgan.
Ko‘rish teshigidan olingan kadrlarda Brennan bolaga yaqin atrofda yashovchi o‘smirlar haqida gapirayotganini ko‘rish mumkin.
“Ular endi mening do‘stlarim emas, chunki meni haqorat qilishdi”, — deb javob bergan Sheyden. Keyin Uoker Brennandan farzandlari bor-yo‘qligini so‘ragan, u esa endigina ikki yoshga kirgan qizi borligini aytgan.
“Bu ajoyib. Aslini olganda, ikki yoshli bolalarni yaxshi ko‘raman, ular juda yoqimtoy bo‘lishadi. Menga singlim ikki yosh bo‘lgan paytda u bilan o‘ynash juda yoqardi”, — degan Sheyden.
Ushbu suhbat Reylar oilasiga qattiq ta’sir qildi va ular TikTok’ga kamera bilan olingan videoni joylashtirdi. Bir hafta ichida video deyarli 70 million marta ko‘rildi. Shuningdek, ular GoFundMe’da mablag‘ yig‘ishni boshladi. Brennan va Enjel bu pulga Sheyden o‘yinchoqlar, ko‘ngilochar bog‘ga chiptalar yoki uning baxtli bo‘lishiga va do‘st orttirishiga yordam beradigan boshqa narsalarni sotib olishiga umid qilgan.
Sheyden haqidagi video ijtimoiy tarmoqlarda va ommaviy axborot vositalarida tarqalgach, uning ota-onasi bolakayning TikTok’dagi sahifasini ishga tushirdi. Ular TikTok’ga o‘g‘lini qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildirgani aks etgan videoni joylashtirgan. Biroq o‘quvchining onasi Reylardan mablag‘ yig‘ishni to‘xtatishni, chunki ular bunga muhtoj emasligini aytgan. Reylar mablag‘ yig‘ishni to‘xtatdi, biroq ular Sheydenning onasi fikrini o‘zgartirguniga qadar yoki mablag‘ni taqsimlashning yaxshi usulini topgunigacha barcha pulni GoFundMe’da qoldirishga qaror qildi.
Бечора бола… хаммаси яхши булади!!!
Vay vay vay… nimaga hafa qilishadi, yaxshigina bola kuuu
Asal bolakay ku! Kim hafa qibti???
Ba’zi bolalar juda yomon bo’lishadi…
Bechora
Bolalani hafa qilish juda yomon gunoh!
Nima qilishadi shirin bolani hafa qilib
Жинни дэ болла
bechora
Уша болланни ота онаси катга кариди???
Afsus bechora bolakay
Eh
Odam bulib keldik, odam bulaylik
☺️☺️☺️❤
☺️❤ Aziza siz meni juda yaqin va eng yaxshi koʻradigan dugonamsiz sizi yaxshi koʻraman qadrdonimsiz
Sizday yaqin dugonam boshqasi yoʻq siz eng yaxshi dugonamsiz sizday dugonam borligidan xursandman ❤️❤️❤️❤️
qizarib kettimkuuuu
Man sizzi juda yaxwi kuraman Gulli
Men sizdan kooʻpppppppppppppppppp❤️❤️❤️❤️❤
yooooooo
Salom
Assalom alaykum Adiba qalaysiz
Salom rahmat o’zingizchi?
Assalom alaykum yaxshi rahmat olohga shukr