To’ydan oldingi uchrashuv va 7 qadam (Qizlar uchun)

To’ydan oldingi uchrashuv va 7 qadam (Qizlar uchun)

Siz bir-biringiz haqingizda juda kam axborotga egasiz, bilganingiz ham boshqalarning taassurot va talqinlaridan iborat. O`zing yaxshi bilmagan, ko`rmagan odam bilan uchrashuvga chiqish juda noqulay, biroq bo`y qizlarning juda ko`pchiligi butun umrlik juftini topish uchun bunga majbur. Xo`sh, tamomila begona inson bilan uchrashuv kamida tomonlarda yoqimli taassurot qoldirishi, ko`pida nikoh oqshomi bilan davom etishi uchun qizlar nimalar qilishi kerak?

Birinchi qadam: mosrog`ini tanlang!

Xonadoningizga vakili kelgan har bir nomzod bilan ota-onangiz sizni uchrashtiravermasliklari aniq. Har holda qiz bola degan nomingiz bor, popuk qand suv etmaydigan joyda asralganidek, qizposhshalar ham ko`pchilik ko`zidan nari qilinadi. Ota-onangiz ta`rif-tavsiflari, nasl-nasabi ko`ngildagidek bo`lgan yigit bilangina birrov uchrashib ko`rishingizga ruxsat berishadi. Demak, siz duch kelgani bilan emas, hech bo`lmaganda uyingizga ikki marta sovchi yuborgan yigit bilan uchrashuvga chiqasiz. Bu orada vakillar siznikilarga uning ismini, yoshini, qaerda o`qishini, nimalar bilan mashg`ul bo`lishini minimum tarzda etkazishgan bo`ladi. Uchrashuvlarda yigit-qizlarning birdek jig`iga tegadigan savol: «ismingiz nima?». Ba`zan o`zingizda aniq javobi bor savollarni so`rayverish odatingizni yo`qoting. Ammo lom-mim demay, faqat «ha-yo`q» o`yinini o`ynasangiz, suhbatdoshingiz o`zini sizga manzur bo`lmagandek his etib, hatto sizga yoqqan bo`lsa ham, sovchilarini qayta jo`natmasligi mumkin.

Ikkinchi qadam: tashkillashtirishingiz mumkin!

Bizda uchrashuv joyini ko`pincha yigit tomon belgilaydi. Sevishganlarda esa aksincha, qizning xohishi birlamchi o`rinda bo`ladi. Agar birinchi uchrashuvdayoq siz tomonga «qaerda uchrashsak bo`ladi?» degan taklif tushsa, albatta, odamlar ko`p bo`ladigan, jamoat joyini tanlang. An`anaviy uchrashuv joyi — xiyobon. O`qish va ishxona jamoatga to`la bo`lgani bilan siz uchun qulay joy emas, xayolingiz tarqoq va hayajoningiz kuchli bo`ladi. Tanish-bilishlar, domlalar-kursdoshlar, boshliq-hamkasblar bilan so`rashishga to`g`ri kelib qolishi ehtimoli ham yuqori. Kino, teatr — cuhbatdoshni yaqindan va har tomonlama bilib olish uchun qulay maskanlar, biroq birinchi uchrashuv bu erlarga borishga sal ertalik qiladi.

Uchinchi qadam: qulaylik eng muhimi!

Bozordan olingan yangi, baland poshnali tuflingiz yoki to`yga kiyib boradigan libosingiz, jimjimali, serhasham turmak va pardoz haqida unuting! Sochingizdan tortib, tirnog`ingizgacha qulay bo`lishi shart! Hali biror marta qilib ko`rmagan pardozni eksperiment qilishdan, kiyib ko`rmagan libosni sinab ko`rishdan voz keching. Chunki o`zingizni bu holatda baholay olmay qiynalasiz. Butun xayolingiz tashqi ko`rinishingiz haqida bo`ladi. Ro`parangizdagi insonga nimalar yoqishini bilmaganingiz holda, pardoz va libosning yorqinlik darajasini kamaytiring. Hamma narsa odatiy kundan birozgina farq qilishi mumkin. Shunda sizning «borimcha qabul qilsin» degan orzungiz amalga oshadi.

To`rtinchi qadam: xotirangizni o`tkirlang!

Ruhshunoslar «eng birinchi taassurot — eng to`g`ri taassurot» deb ta`kidlashadi. Suhbat chog`ida o`z emosiya va ichki monologlaringizni keyinroq yaxshilab analiz qilish uchun esda saqlab qolishga harakat qiling. Uchrashuvdan so`ng barcha yaqinlaringizning «u nima dedi, sen nima deding, endi nima deysan?» qabilidagi savollariga javob topib berishingiz kerak axir!

Beshinchi qadam: kamtarlik va kamgaplik chegarasini biling!

Yigitni ma`lumot va axborotlarga «ko`mib» tashlamang. Bu shunday pallaki, gapirishdan ko`ra tinglash ko`proq foyda keltiradi. Hamrohingizni ko`proq gapirishga rag`batlantiring, savollar berib, uning nutqi, fikrlari, xatti-harakatini kuzating. Birinchidan, yigit o`zi haqida qiziqayotganingizdan xursand bo`ladi, ikkinchidan, siz u haqda ko`proq ma`lumotga ega bo`lasiz va bir qarorga kelishingiz osonlashadi.

Oltinchi qadam: vahima qilmang!

Uchrashuv davomida engilgina hayajon bo`lgani durust. Agar qarshingizdagi insonning maqbul jihatlari kashf etilaversa, siz ham shunchalik erkinlashaverasiz. Siz uchrashuvga chiqqan yigit qanday bo`lmasin, unga hech bo`lmasa 15 daqiqa vaqt ajratishga o`zingizda kuch toping. Hatto bo`yi sizdan 10 sm. past bo`lsa ham hozircha do`stona xayrlashish va keyin qayta ko`rishmaslik mumkin. Yigitni ko`rishingiz bilan uni inkor qilmang, bir-ikki og`iz gaplashmay turib, darhol xulosa chiqarib, osilgan qovoq-tumshug`ingizni ko`rsatmang, to`ng ohangda gaplashmang. Sizning ko`nglingiz qanchalik nozik bo`lsa, yigitlarniki ham undan kam emas. «Meni shunga munosib ko`rdinglarmi?» degan xitobni yaxshisi suvga aytib, oqizib yuboring. Chunki har bir inson tabiatning bir mo“jizasi va u hurmat-ehtiromga loyiq.

Ettinchi qadam: aniq qaror qabul qiling!

Agar uchrashuvning boshidan to oxirigacha yigit ko`nglingizga ma`qul tushmagan bo`lsa, o`zingizni ham, atrofdagilarni ham qiynamang. Yana bir marta uchrashib, maqbul jihatlarini qidirib ko`rish, ikki o`rtada umumiy qiziqishlarni topishga urinish ko`pincha samarasiz kechadi. Dunyo va hayotga bo`lgan munosabatlaringiz keskin farqlansa, maqsadlaringiz bir yo`lda kesishmasa, ikkilanib, mo“jiza kutib o`tirmang va yigitning ham, o`zingizning ham yo`lingizni bog`lamang.

Bunday ko`r-ko`rona uchrashuvlar muvaffaqiyatsiz kechsa, hech tushkunlikka berilmang. Biri bo`lmasa, boshqasi, bugun bo`lmasa, ertaga! Tajribangiz oshib, orzuingizdagi yigitni uzoqdan ham tanib oladigan holatga etganingizda birdan baxtingiz ochilib ketishi aniq! Faqat hozircha umidni so`ndirib, ishonchni o`ldirib qo`ymang!

Kommentlar: 26 komment. 26 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Katta raxmat. juda foydali 4iqibti

  2. Assalom alaykum Fazotv ajoyib foydali maslahatlar yozib chiqarib sizlar ancha narsalarni bilib oldim rahmat omad ishlaringizga rivoj tilayman

  3. Тимур

    Учрашувлага чикасми?

  4. yoq hali chiqmaganman

  5. Тимур

    Чикиш ниятиз борми еки узиз севгилиззи кидирасми?

  6. oloh peshonamga yozgani u yog’i olohdan

  7. end I faqat olohni peshonamga yozgan insoni kutaman

  8. sevgiga kelsak xam shunga rioya qilaman chunki oloh yaratgan juftini sevgan iñsonga savob yozilarkan yani qanvha sevsa ham halol benikoh sevish ESA zino

  9. sevganimni agar qidirganimdayam foydasi yoq

  10. Тимур

    Рахмат. Худоим сизга хаммасини яхши кисин.

  11. rahmat sizga ham yaxshisni tilayman

  12. agar sent qanday insoni ozinga loyiq korsang sent xam shunday bol degan gaplarni eshitganmisiz

  13. izlagan bolarmidiz degan savolga kelsak agar haqiqiy inson bolganda albatta izlagan bolar edim hecham aldamaydigan sevgisi chin oson voz kechib ketmasa va xiyonat qilmaydigani bormikan

  14. Тимур

    Албатта бордир. Хаммамизга Худо тайерлаб куйган инсон бор.

  15. insholoh shunday insonlar borligi uchun olohga shukrlar bo lsin olohim mehribon qalami keng zot hammani soragan tilaganini bersin

  16. Тимур

    Худоимиз буюк!

  17. shubhasiz

  18. shunday in son bolish keraki birov senga ozinga oxshagani yor bolsin desa omin deb aytaylik

  19. Тимур

    Шунака инсон булиш учун нима киган яхши?

  20. agar bolajak juftingiz qanday bolishini xoxlasangiz siz xam shu kabi boling Mani fikrimcha shunday

  21. hayot gozal unda baxtli bolib baxtli insonlar bilan yashash kerak

  22. Shunday in son bolishni xoxlasangiz õziz boling gap sozdagi in son emas balki chin inson bolishingiz kerak niqobli in son emas

  23. Bor gapingizni boricha ayta olish eng muhimi men uchun shunday insonlar bolishini xoxlar edim dildagi ayta olishi orqadan giybat tuhmat toshini otib yirgandan kora shu yaxshisi faqat qizlarga yaxshi gap etibor EMA’s balki boshqa yonisdagi insonga ham nazar tashlang

  24. Shunday insonlar borki siz nazarga ilmaydigan lekin ular siz uchun jonini fido qilishga tayor turishadi lekin aytganimday unga etibor bermaysiz siz had qanday holatda korgan bilgan tushungan shunday insoningiz bolsa uni qadrlang asrang chunki sohta sevgidan shu inson sizni koproq oylaydi sizga qanday yaxshi boladigan narsalarni qisman bolsa ham biladi

  25. Bu maqolaga mandan boshqa odam yozmagan ekan rofl bitta Temur akani yozgani bor nima boshqalar bu maqolalarni kormaganmi

  26. Jasmina opalarin :-D

    Awnaqa bo’sa kerekda guli. Manam endi ko’rdim bu maqolani

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social