Toksik munosabatlar: uni qanday tan olish va chiqib ketish mumkin?

Toksik munosabatlar: uni qanday tan olish va chiqib ketish mumkin?

Ishonch, hurmat va empatiyaga asoslangan munosabatlar har qanday juftlikning barqarorligiga poydevor bo‘ladi. Biroq ba’zida munosabatlar shunday shaklga kiradiki, inson nafaqat baxtsiz, balki o‘zligini yo‘qota boshlaydi. Bunday holatni “toksik munosabat” deb atashadi. Toksik munosabatlar — bu oddiy tortishuv yoki bir martalik kelishmovchilik emas. Bu — bir inson ikkinchisiga doimiy ravishda hissiy, psixologik yoki hatto jismoniy bosim o‘tkazadigan uzoq muddatli munosabatlardir. Chunki toksik munosabatda qolish — oddiy “muammoli juftlik” holati emas, inson hayotini shikastlaydigan, ba’zi hollarda yo‘q qilib yuboruvchi jarayon. Shu bois, buni erta anglash, haqiqiy sog‘lom munosabat qanday bo‘lishi kerakligini o‘rganish juda muhim.

Xo‘sh, qanday alomatlar toksik munosabatdan darak beradi?

1. Nazorat va cheklovlar – masalan telefon parollaringizni so‘rash, kim bilan uchrashishingiz, qayerga borishingizdan to kiyinish uslubingizgacha nazorat qilish — sevgi emas, bu ishonchsizlik va hukmronlik alomati.

2. Manipulyatsiya va ayblash: “Agar mendan ketsang, men o‘zimni o‘ldiraman”, “Hammasida sen aybdorsan”, “Mensiz hech kimsan” kabi iboralar orqali aybdorlik hissini yuklashi.

3. Emotsional zo‘ravonlik: doimiy haqoratlar, kamsitish, tahqirlash, sovuq munosabat yoki aksincha, sun’iy mehr bilan aldash.

4. Qo‘rquv hissi: uning yonida so‘zingizni ochiq ayta olmaslik, tanqid qilishdan qo‘rqish, javob reaksiyasidan xavfsirash — sevgida emas, qo‘rquvda yashashdir.

Toksik munosabatdan chiqish uchun avvalo inson o‘ziga ozodlik va xotirjamlik kerakligini tan olishi kerak. Birinchidan, bu munosabat sog‘lom emasligini anglash kerak. Muammolar faqatgina sizning “chidashingiz” bilan hal bo‘lmaydi. Bunday holatda yaqinlardan yordam so‘rash to‘g‘ri bo‘ladi. Oila a’zolari, ishonchli do‘stlar yoki mutaxassis (psixolog) bilan gaplashish — ichki qaroringizni mustahkamlaydi. To‘g‘ri, bundan chiqish oson emas, lekin to‘g‘ri reja asosida qilinsa uy-joy, ish, moliyaviy mustaqillik, bolalar tarbiyasi kabi jihatlar bo‘yicha aniq reja tuzish mumkin.

Esda tutish kerakki, agar siz toksik munosabatlarni tuzatmasangiz yoki to‘xtatmasangiz: ruhiy va jismoniy salomatlikni yo‘qotishingiz, jamiyatdan ajralib qolishingiz mumkin.

Chunki doimiy stress, xavotir, depressiya va o‘z-o‘zini ayblash holatlari, o‘z-o‘ziga ishonchni yo‘qotish, “men arzimayman” degan fikrning shakllanishi vaqt o‘tishi bilan uzoq muddatli psixologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.

Doimiy asabiylashish tufayli yurak-qon tomir, oshqozon, immun tizimiga zarar yetadi.

Ijtimoiy hayotda esa do‘stlar va oila bilan aloqalar yo‘qoladi, chunki toksik sherik bunday aloqalarni cheklaydi. Moliyaviy bog‘liqlik va mustaqillik yo‘qoladi.

Eng yomoni bu holatlar farzandlar tarbiyasi va ruhiyatiga salbiy ta’sir qiladi. Bolalar shunday muhitda o‘ssa, munosabatlarda zo‘ravonlikni “norma” deb qabul qilib ulg‘ayishi mumkin, ular ruhiy jarohat, qo‘rquv, o‘zini ifoda qila olmaydigan bo‘lib ulg‘ayadi.

Kommentlar: 12 komment. 12 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Dilshod

    Toksik munosabatlarda boganman, juda yoqimsiz iz qoldirgan

  2. Dilshod

    Har kuni urish, slejka, ishonch yoqligi, bu hammasi sevgini tez oldiradi

  3. Dilshod

    Insonga bolgan hurmatni yoqatisz, undan qochishga harakat qilas

  4. Dilshod

    Lekin bunday munosabatlardan chiqib ketish juda qiyin narsa

  5. Dilshod

    Urushasla, gap sozlar qilasla, juda qiyin boladi, lekin bunday munosabatlardan chiqib ketish juda qiyin boladi

  6. Dilshod

    Oxir oqibat bir biringizni xafa qilib, hammasini uzasila

  7. Durdona

    Qanday qilib chiqib ketgansiz ulardan?

  8. Gulnora

    Toksik munosabatlar sogliqni oldirishadi

  9. Gulnora

    Bunday munosabatladan srazu qochila

  10. Shamshod

    Nima digani bu?

  11. Maqolani oqing, tushunasiz nimaligini

  12. Hammamizga Xudo yaxshi munosabatlar bersin heart

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social