Qizlar, nima uchun oila qurasizlar?

Qizlar, nima uchun oila qurasizlar?

Oilani nima birlashtirishi xaqida insonlar fikr yuritadilarmi? Kuchli his-tuyg`u, jinsiy hayot, yolg`izlik qo`rquvi yoki jamiyatni qozongan shubhali qonun “oila kerak”. “Oila kerak” kimga, nimaga va nima uchun? Voyaga etgan inson oila qurishdan avval doimo ushbu savolga javoblarni biladi.

Dunyoda ko`pincha shunday iboralarni eshitamiz “ha nimaga sen osmonu falaklarda uchib yuribsan, undan ko`ra turmushga chiq, bo`lmasa yolg`iz qolasan. Necha yoshga to`lding…”? Shunga o`hshash savollar tez-tez takrorlanadi. Chunki, bizning jamiyatimizda qizlar ikkita “qonun” buyicha tarbiya olishyapti. Birinchisi – turmushga 20 yoshgacha chiqish kerak, yosh bo`lganda (qiziq kim shunday qaror qildi) va ikkinchi – eng muxum ering boyroq bo`lishi kerak. Shundagina hayoting yaxshi bo`ladi.

Nima uchun hozir jamiyatimizda hammasi pulga va foydaga qaratiladi? Nima sababdan odamlar haqiqiy sevgi, shartsiz sevgi haqida esdan chiqarishni boshladilar?

Olam qonuni shunday ishlamoqda – o`xshash o`ziga o`xshashni tortadi. Sizning dunyoingiz – bu sizning ko`zguingizdir. Agarda siz yolg`iz qolishdan qo`rqib turmushga chiqmoqchi bo`lsangiz, demak shu qo`rquvlar sizning niqohingizda paydo bo`lishi mumkin. Agarda siz pulsiz qolishdan ko`rqsangiz – siz pulsiz qolasiz. Va shunga o`xshash boshqa narsalar xam bo`lishi mumkin. Faqatgina haqiqiy va shartsiz sevgidagina qurilgan munosabatlar uzoq umr ko`rishlari mumkin. Barcha narsa barbod bo`lib yo`q bo`lishi mumkin, ammo xaqiqiy va shartsiz sevgi xech qachon barbod bo`lib yo`q bo`lib ketmaydi.

O`zingizga ikkinchi yarim juftlikni qidirmang. Nima u yarim juftlik? Bu yarim insonmi? Siz o`zingizni to`liq bo`lmagan inson deb hisoblaysizmi? yo`q! Xar bir inson ajoyib va betakrordir. Va faqat ikkita to`liq insonlar haqiqatdan xam bahtli juftlik bo`lishlari mumkin. Ular yangi bilimlar, his-tuyg`ular va quvonchlar bilan doimo bir-birini to`ldirishlari mumkin.

Shuning uchun, o`z istagingizni va nimaga intilishingizni aniqlang. Qachonki siz ochiq yurak va samimiylik balan xayot kechirishni boshlasangizgina, siz o`zingiz uchun xaqiqiy turmush o`rtog`ingizni topasiz va u siz uchun ajoyib er, u uchun esa siz suyukli turmush o`rtoq bo`lasiz. Shuni doimo yodda tuting, sevgi – bu jang yoki strategiya emas. Sevgi bu – sabrli, ochiq yurak va samimiylikdir!

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    Xa juda o’rinli savollar berilgan

  2. Голиб.

    Фикрингизга кушилмайман чунки хамма кизлар хам давлати мансапига карамайди унга кизикучи баьзи бир ота оналаримиз деб тан оламан.

  3. Gulli

    Assalom alaykum agar man turmushga chiqanganimda ham pul mol mansab qiziq boʻlmaydi birinchi navbatda eng birinchi savolim men u bilan yashay olamanmi keyingisi u bilan baxtli boʻlamanmi degan savolni oldimga qoʻyaman taqdirim keyin qanday boladi man uchun shu muhimi manga boy kambagʻalmi qiziqi yoq shunchaki man tanlagan inson mani baxtli oila boʻlishim muhimi va asosiy narsadir

  4. Комила

    Оилада сухбат энг мухим нарса!

  5. Gulli

    Ha toʻgʻri lekin faqat suhbat bilan muammo boshqa narsalar hal boʻlib qolmaydi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social