Toshli yo`llar

Hayot yo`li tekis emas va u to`siqlarga, turli toshlarga to`la. Ko`pgina hollarda hayot qiyinchilik va mashaqqatlar bizga xar tomondan zarba berib, bizni holdan toydiradi. Albatta biz biron bir maqsadga yoki o`zimiz istagan narsaga erishmoqchi bo`lsak, qiyinchilik va to`siqlarsiz erishishni xohlaymiz. Ammo bu xar doim ham shunday bo`lavermaydi.

Hayotingizdagi qiyinchiliklar va to`sqinliklar orqali sizning tajribangiz va bilimingiz oshayotgani xaqida xech o`ylab ko`rganmisiz? Balki qiyinchiliklar insonni qanday qilib bilimini oshirishi  yoki qiyinchiliklar insonni qanday charxlash mumkin deb o`ylayotgandirsiz?

Ayrim hollar insonlar hayot yo`lingizda kutib turgan to`siqlar va qiyinchiliklardan ogohlantiradi. Ogohlantirish bu muhim bir belgi, siz kelajakda to`qnashishingiz mumkin bo`lgan to`siq va bundan siz xabardor bo`lasiz, hamda bunga tayyor turasiz. Lekin gohida ular sizni orqaga qaytishgi, maqsaddan voz kechishga ham chorlaydi. Agar o`zingizning baxtsizliklaringiz va hayot mashaqqati haqida qanchalik uzoq o`ylasangiz, ular shunchalik tez sizga hukmron bo`lib qoladi.

Hayotning mashaqqati va qiyinchiliklari vaqtida o`zingizga achinish emas balki, siz qanchalik jasoratga ega ekanligingizni ko`rsatishingiz lozim. Hamda hayotingizdagi eng muhim vazifa hali oldinda turganligini o`zingiz uchun qaror qilishingiz kerak. So`ngra o`sha belgilangan qarorga nima holat yuz berishidan qat`i  nazar qattiq amal qilishingiz zarur.

Hech kapalakni pilladan yorib chiqishni xech kuzatganmisiz? Kapalak mashaqqat va ko`pgina urinishlar bilan pillani yorib chiqadi. So`ngra sohibjamol kapalakga aylanadi. U olib borgan kurash va mashaqqat uning go`zal tusga kirishida asosiy omil hisoblanadi. Olmosni yoki boshqa qimmatbaho toshni yaraqlatishning yagona yo`li – kerakli tarzda juda uzoq vaqt uni ishqalashdir.

Xuddi shuningdek agarda siz ham taqdir zarbalaridan o`zingizni yo`qotmay barcha to`siqlarni engib o`tsangiz, sizning hayotingiz boshqacha tusga ega bo`lishiga guvoh bo`lasiz. Hech qanday qiyinchilik va muammolarga uchramagan insonlar sayoz fikrli va maydakash bo`ladilar.

Hayot yo`limizda uchraydigan tashvishlar, qiyinchiliklar va omadsizliklar tom ma`noda rivojlanishimiz uchun zarurdir. Insonlar sabr qilishdan ko`ra osongina taslim bo`lishni afzal biladilar. Vazifa qanchalik qiyin bo`lsa, mukofot shunchalik katta bo`ladi. O`zimizdan boshqa hech kim katta muvaffaqiyatimizni o`g`irlay olmaydi.

O`zbek halq maqollarida, “Qiyinchilik ko`rmagan yaxshi hayot kechirolmaydi” deyishadi.

Shunday ekan iroda, sabr va g`alabaga ishonch tufayli oxir-oqibatda kun kelib cho`qqiga etishamiz. Qanchalik yuqoriga chiqsangiz shunchalik go`zal manzaralar sizga namoyon bo`ladi. Ko`tarilishni boshlang va harakatingizni susaytirmang. Shahd bilan cho`qqiga intiling. 

Kommentlar: 6 komment. 6 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Ҳеч қандай қийинчилик ва муаммоларга учрамаган инсонлар саёз фикрли ва майдакаш бўладилар – мана шу фикрга кушиламан, асосан купчили мана шу нарсани тан олишши исташмайди

  2. uzbek xalq maqollarida “oltin olovda toblanar – inson esa mehnatda” degan ibora bor, mana shu narsani ota bobolarimiz bekorga etishmagan, inson hayotda keladigan har qanday bo’ronu to’fonlarga tayyor bo’lishi kere

  3. блэйд

    хар бир кишининг хаётида кийинчиликлар булади ва бу кийинчиликлар бугани яхши чунки енгил йул билан ортирилган билим ёки бойликни кадр киммати бумайди шундай экан мехнат ва шу мехнат ва машокатга лойик хосил бугани яхши деб уйлийман

  4. Номаълум

    bildirilayotgan fikrlar tug’ri lekin atrofga qarasak hayot hammagayam birdek munosabatta emas kimlardir har kuni yillab og’ir mehnat ostida ishlab tirishib pul topadiyu bazi birlar esa qo’l uchida sharaq sharaq pul aylantirishadi

  5. mehnatni tagi rohat buganida eshshak epica minib yurgan bulardi

  6. zo’r

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social