Turli mamlakatlardagi 12ta taqiq. Ular bir qarashda bema’ni ko‘rinadi

Turli mamlakatlardagi 12ta taqiq. Ular bir qarashda bema’ni ko‘rinadi

Har bir davlat o‘z qoidalari va ularga amal qilinmaganda qo‘llanadigan jazo turlariga ega.

Ba’zida tartib qilingan cheklovlar o‘zining qat’iy va beo‘xshovligi bilan savol uyg‘otadi. Ammo, muammo mohiyati chuqur o‘rganib ko‘rilsa, ushbu keskin choralarni oqlovchi sabablarni ham uchratishimiz mumkin.

1. Bolalarning go‘zallik tanlovlari (Fransiya)

Fransiyada 16 yoshdan kichik bolalar uchun go‘zallik tanlovlarini tashkillashtirishni man qiluvchi qonun qabul qilingan. Endilikda hech qaysi qizaloq «Mini-miss Fransiya» tojini qo‘lga kirita olmaydi. Taqiqlangan tadbirni tashkillashtirganlik uchun 2 yilgacha ozodlikni cheklash va 30 ming yevrogacha bo‘lgan jarima solish ko‘zda tutilgan.

«Kelinglar, qizaloqlarimizni kichik yoshlaridan ularning yagona bebaho boyliklari faqatgina tashqi go‘zalliklari ekanligiga ishonib qolishlaridan asraymiz», — deb ta’kidlashgan qonun tashabbuskorlari.

2. Dumaloq akvariumlar (Italiya)

Italiyadagi Monsa shaharchasi ma’muriyati baliqlar uchun mo‘ljallangan dumaloq akvariumlarni taqiqlashdi, xuddi shunga o‘xshash qonun keyinchalik Rimda ham qabul qilindi. Gap shundaki, bu kabi akvariumlar juda zararlidir: ularda filtr uchun joy yo‘q va kislorod bilan yaxshi ta’minlab berolmaydi.

3. Chaqmachaqarlar (Filippin orollari)

Binalonan shahrida (Filippin orollari) mish-mish tarqatishni man etuvchi qonun ishlab chiqilgan. Shahar rahbariyati fikriga ko‘ra, g‘iybatchilik har xil mojarolarga sabab bo‘ladi, yomon gap aytish uchun ketgan vaqtni esa yaxshi ishlarga sarflash ham mumkin. Qoidani buzganlik uchun 200 pesodan (3,5 yevro) boshlanuvchi jarima va jamoat ishlariga jalb etish chorasi qo‘llanadi.

Endilikda mahalliy aholi o‘z qo‘shnilari bilan g‘iybatlashishdan oldin hamyonlari bo‘shab qolishini va shahar ko‘chalaridagi tozalanuvchi yerlarni ko‘z oldilariga keltirib ko‘rishadi.

4. Kuchuklarni sayrga kuniga 3 martadan kam olib chiqish (Italiya)

Turinda (Italiya) kuchuk egalari o‘z ovunchoqlarini kuniga kamiga 3 marta aylantirgani olib chiqishga majbur, aks holda 500 yevro jarima to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Kuchuklarni sayrga olib chiqib pul topuvchilar uchun yaxshi yangilik. Kuchuklarning o‘zi uchun ham. Italiya hukumati hayvonlar uchun yanada yaxshi va insoniy hayotni taqdim etishdagi sa’y-harakatlari uchun ReTA tashkiloti tomonidan maqtovlarga sazovor bo‘ldi.

5. Vinni Pux (Polsha)

Bolalar maydonchasi uchun ramz tanlash chog‘ida Tushin (Polsha) hokimiyati Vinni Pux variantini mutlaqo rad etdi. Amaldorlar ushbu yarim yalang‘och ayiq o‘tish yoshidagi bolalar ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi degan fikrga kelishgan. Ayiqchaning surati nomunosib deb topilgani sababli barcha bolalar muassasalari va dam olish maskanlaridan olib tashlangan.

6. Mahalliy aholi vakillarining kazinoga borishi (Monako)

Monako boy odamlar e’tiborini jalb qiluvchi markazga aylanishining sabablaridan biri bu uning yuqori darajadagi muhtasham kazinolaridir. Qimor binolarining eshiklari dunyoning barcha mamlakatlaridan keluvchi mehmonlar uchun doimo ochiq, ammo knyazlik o‘z fuqarolariga buni taqiqlaydi. Sababi oddiy: Monako hukumati mahalliy aholining qimor o‘yinlarida yutqazib, pulsizlikdan aziyat chekishidan qo‘rqadi.

7. Bolalarga shapaloq urish (Shvetsiya)

Shvetsiya o‘z hududida bolalar bilan bog‘liq har qanday jismoniy jazoni taqiqlagan eng birinchi mamlakat bo‘ldi. Qonun qabul qilinganidan boshlab (1979 yil) bir necha avlod yetishib chiqishga ulgurdi. Shu kabi normalar keyinchalik Finlyandiya, Norvegiya, Avstriya va boshqa davlatlarda ham qabul qilingan. Bu avvaliga noodatiy tuyulsa-da, vaqt o‘tib to‘g‘ri va ijobiy ekanligi tan olingan qonunlarning yaqqol misolidir.

8. Memlarni ko‘chirish yoki tarqatish (Avstraliya)

Avstraliyada mem va kulgili videolarni tarqatish mumkin emas. Agar siz Youtube-rolikni o‘z obunachilaringiz bilan baham ko‘rsangiz, 93,5 ming dollar miqdoridagi jarima yoki 5 yil qamoq bilan jazolanishingiz mumkin. Bu yerda internet foydalanuvchilarini xavfga qo‘yuvchi mualliflik huquqiga oid juda qat’iy qonun amal qiladi. Ayni vaqtda amaldagi qonunni bekor qilish yoki cheklovni yengillashtirish borasida urinishlar ketyapti, ammo hozircha ularning bari besamar bo‘lib qolmoqda.

9. Tun yarmidan keyin video-o‘yinlar o‘ynash (Janubiy Koreya)

Janubiy Koreyada video o‘yinlar bozori o‘sib borayotgani bolalar o‘yinlari bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqardi. Ushbu qaramlikning oldini olish uchun hukumat «Zolushka qonuni» deb nomlangan taqiqni joriy qildi. Endi 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning soat 00:00 va 06:00 vaqti oralig‘ida videoo‘yinlar bilan band bo‘lishi taqiqlanadi. Qonunga amal qilmagan o‘yin kompaniyalarini 10 ming AQSh dollari miqdoridagi jarima va mas’ul xodimning 2 yillik qamoq jazosiga tortilishi chorasi kutadi.

10. Ko‘cha ovqatlari va selfi tayoqchasi (Italiya)

Rahbariyat Milan markazida ko‘cha taomlarini sotishni taqiqladi, shuningdek selfi tayoqchasi va shisha suv idishlari qonunga zid deb e’lon qilindi. Cheklovlar ko‘chalarda jamoat tartibini saqlash uchun joriy etilgan. Politsiya xodimi o‘zini «nomunosib tutgan» sayyohni 900 yevro jarimaga tortishi va ma’lum hududni tark etishni 48 soat davomida cheklovchi jazoni qo‘llashi mumkin.

11. Yasmin guli (Xitoy)

2010 yil Tunisda bo‘lib o‘tgan «yasmin inqilobi» Xitoy namoyishchilarini ilhomlantirishidan xavfsiragan kommunistik davlat hukumati ushbu nafis oq gulni o‘z hududida taqiqladi. Ijtimoiy tarmoq va messenjerlarda yasminni ifodalovchi iyerogliflardan foydalanish mumkin emas, internetdan yasmin guli haqidagi qo‘shiqlar o‘chirib yuborilgan, do‘konlarda bu gul savdosi bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.

12. Daraxtga chiqish (Kanada)

Torontoning (Kanada) munitsipial kodeksiga muvofiq, parklarda daraxtlarga tirmashib chiqish mumkin emas. Ushbu qoida bolalar va kattalarga birdek taalluqlidir. Uni buzish yaxshigina jarimaga sabab bo‘ladi ( 2013 yilda yosh yigit bu uchun 365 AQSh dollari to‘lashga majbur bo‘lgan). Taqiq inson salomatligi xavfsizligi va daraxtlarni asrashga intilish bilan bog‘liq bo‘lsa ham, aksariyat odamlar nazdida keragidan ortiq qat’iydir.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social