“Vaqtingiz cheklangan, uni boshqalarning hayotiga sarflamang”. Stiv Jobsning hayot mazmuni haqidagi dono so’zlari

“Vaqtingiz cheklangan, uni boshqalarning hayotiga sarflamang”. Stiv Jobsning hayot mazmuni haqidagi dono so’zlari

Taniqli ixtirochi va kompyuter dahosi 13 yil oldin, 2011-yil 4-oktyabr kuni vafot etgandi. U o‘zidan nafaqat afsonaviy brendni, balki dono iqtiboslarni ham qoldirdi.

Butun dunyoda haqiqiy inqilobni amalga oshirgan odam doimo o‘z maqsadi sari qat’iy bordi. Stiv Jobsning motivatsiya, muvaffaqiyat va hayot haqidagi iqtiboslari hanuzgacha biznes treninglari va shaxsiy o‘sish kurslarida qo‘llaniladi.

Ish va motivatsiya haqida

  • “Och qoling. Izlanishdan to‘xtamang”.
  • “12 soat emas, balki aql bilan ishlash kerak”.
  • “Mening vazifam odamlarga hayotni osonlashtirish emas. Mening ishim – ularni yaxshiroq qilish”.
  • “O‘zingizga yoqqan narsani topishingiz kerak. Bu ish uchun ham, munosabatlar uchun ham birday kerak”.
  • “Agar hali ko‘ngildagidek ish topmagan bo‘lsangiz, izlashda davom eting. To‘xtamang. Yurak bilan bog‘liq barcha ishlar kabi uni topganingizda bilib olasiz”.
  • “Men hayotimda iz qoldirishni va bu ovoz butun koinot bo‘ylab tarqalishini istayman!”

Muvaffaqiyat va pul haqida

  • “23 yoshimda bir milliondan ortiq, 24 yoshimda 10 milliondan ortiq, 25 yoshimda esa 100 milliondan ortiq pulim bor edi. Va bularning hech qanday ahamiyati yo‘q, chunki men hech qachon pul topish uchun ishlamaganman.”
  • “Biznesda buyuk ishlarni yolg‘iz amalga oshirib bo‘lmaydi. Buyuklikka faqat jamoa bilan erishish mumkin”.
  • “Aqlli odamlarni yollab, keyin ularga nima qilish kerakligini aytib o‘tirishdan ma’no yo‘q. Biz nima qilishimiz kerakligini aytishlari uchun odamlarni yollaymiz”.
  • “Biror marta ham qoqilmagan, xatoga yo‘l qo‘ymagan muvaffaqiyatli inson degan tushuncha yo‘q. Faqatgina xatolarga yo‘l qo‘ygan, ammo keyin o‘sha xatolarga asoslanib, o‘z rejalarini o‘zgartirgan muvaffaqiyatli odamlar bor. Men xuddi shundaylardanman”.
  • “Men eng yaxshi ko‘rgan narsalarni sotib olish mumkin emas. Ma’lumki, hayotimizdagi eng qimmatli resurs — bu vaqt”.
  • “Qabristondagi eng boy odam bo‘lish muhim emas… Muhimi, uxlashga yotganingizda o‘zingizga chinakam ajoyib narsani amalga oshirdim, deb aytish”.

Hayot va o‘lim haqida:

  • “Vaqtingiz cheklangan, uni boshqalarning hayotini yashab o‘tkazmang. Boshqalarning fikrlashiga asoslangan ta’limotlar tuzog‘iga tushib qolmang. Boshqalar qarashlari sizning ichki ovozingizni bostirishiga yo‘l qo‘ymang”.
  • “Ko‘p narsalarni ajoyib deb atash imkoniyatingiz yo‘q. Chunki bu — sizning hayotingiz. Hayot qisqa va siz o‘lasiz. Buni bilasizmi?”
  • “O‘limni yodda saqlash — men bilgan eng yaxshi usul, bu sizni yo‘qotishdan qo‘rqish tuzog‘idan olib chiqadi. Siz allaqachon yalang‘ochsiz. Yuragingiz ovoziga ergashmaslikka hech qanday sabab yo‘q”.
  • “Har kuni go‘yo bu sizning so‘nggi kuningiz kabi yashasangiz, qachondir haqiqatan ham to‘g‘ri yo‘lda ekanligingizni tushunasiz”.
  • “Kechagi kun yaxshi bo‘lmaganini o‘ylashdan ko‘ra, ertangi kun haqida qayg‘urgan ma’qul”.
Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Легендарный инсон. Жуда куп нарсаларни яратилишига кул урган

  2. Тимур

    Уни хаётини албатта урганиш кере

  3. Тимур

    Хар битта сузида жуда катта манолар бор

  4. Juda zo’r gaplarni etgan ekan

  5. Aqlli gaplar, negadir ko’plar unitishadiki, barcha pullarni baribir o’zingiz bilan u dunyoga olib ketmaysiz

  6. Xurshid

    Toppa togri

  7. Shu insondan har doim qoyil qolardim

  8. Bunday odamlar 100 yilda bitta tugiladi

  9. Juda to’g’ri gaplar

  10. Hamma o’qisin!

  11. Hayrullo

    Hech kim bilmaydi qachon vaqti keladi, shunga hayotdan zavqlanib yashashni unutmaylik

  12. Firdavs

    Legenda

  13. Komiljon

    Ajoyib so’zlar

  14. Togri va londa

  15. Klass good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social