Xafalik hissi!

Xafalik hissi!

Bir ingliz maqoli bor, unda jumladan shunday deb aytiladi: «Tayog`-u toshlar suyaklarimni sindirishi mumkin, ammo so`z hech qachon menga ziyon etkaza olmaydi». Lekin ming afsuslar bilan aytamizki bu mutlaqo noto`g`ri!

So`zlar juda kuchli azob bera oladi, hatto jismoniy azob berishi ham mumkin. Sizni haqorat qilganlarida yoki aldaganlarida his qiladigan nafrat va qo`rquv, yuragingiz harakatida va qon tarkibida jiddiy o`zgarishlar keltirib chiqaradi. Shafqatsiz so`zlar, dahshatli hodisalar, kishida yurak xuruji va miyaga qon quyilishiga ham sabab bo`lishi mumkin. Og`riq – bu muhim saqlaydigan klapanday gap.

Agar oyog`ingizni kesib olsangiz, his qilayotgan og`rig`ingiz, sizni jarohat olganligingiz haqida ogohlantiradi va ehtiyotkorroq bo`lishni “so`raydi”. Sizni sevadiganlardan tasalli olishingiz va shifokorga murojaat qilib, zarur bo`lsa jarohatingizni tikib qo`yishlari mumkin. Haqoratlangandagi nafrat hissi oddiy kishining tabiiy reaktsiyasidir. Agar xafachilik unchalik katta bo`lmasa, nafratlanganingizni tan olib, o`zingizni qo`lga olishingiz kerak.

Ammo xafalik jiddiy bo`lgan bo`lsa, bunday holatda sizga yordam kerak bo`ladi. Og`riqqa e`tiborsiz bo`lish yaramaydi. Sizga yordam bera oladigan yoki taskin bera oladigan odamga yuragingizni ochishingiz kerak. Ko`pincha qalb og`rig`i bosilishi uchun vaqt kerak bo`ladi. Yarashib olish uchun sizni xafa qilgan kishi bilan suhbatlashib olish etarli, bu eng yaxshi yo`ldir. Odatda yurakdagi og`riqni olib tashlab, uning tezda sog`ayib ketishi uchun shuning o`zi etarli bo`ladi.

Dezinfektsiya qilingan va bintlar bilan o`ralgan yara tezda bitib ketganiday gapdir. Biroq holatni tasavvur qiling: siz qattiq xafa bo`lgansiz, sizni xafa qilgan odam haqida boshqa eshitishni istamaysiz, gaplashishni-ku, mutlaqo istamaysiz. Siz his qilayotgan g`azab o`tib ketmaydi. Aksincha u kuchayib, chuqur xafachilikka aylanadi. Har safar bo`lib o`tgan voqealar haqida o`ylaganingizda ichingizda jaxlingiz qo`ziydi.

Bu hissiyot ichingizda tutab, atrofdagilarga yoyiladi. «Men hech qachon hech kimga ishonmayman», – deysiz o`z-o`zingizga, shundan keyin esa Siz odamlarning o`zizga yaqinlashishlariga yo`l qo`ymaslikka harakat qilasiz. Agar xafalik hissi juda kuchli bo`lsa, ichki stress sog`liqqa ham o`z ta`sirini ko`rsatadi. Har qanday shifokor sizga qalbida og`riqlar tufayli shifo topolmayotgan bemorni nomini aytishi mumkin.

Balki, birinchi martadagi g`azab unchalik qo`rqinchli emasdir, ammo uzoqqa cho`zilgan xafalik xavfli. O`z foydamiz uchun ham kechirim berishni o`rganishimiz lozim. Boshqalarga kechirim bera olishimiz bu ajoyibdir.

Kommentlar: 20 komment. 20 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. нодир

    «Мен ҳеч қачон ҳеч кимга ишонмайман» – энди бунга хар хил тарафлама карасак булади!

  2. madina

    iloji boricha xafa bulmaslik kerak! biz xar birimiz insonmiz, mukammal emasmiz, xammamiz xato qilamiz.

  3. нодир

    ха мадинахон мен сизнинг гапизга кушиламан, тугри айтяпсиз

  4. uzbola

    qaniydi hamma kechirim berishni bilishsa ili o’rganishsa

  5. Asad

    Hafalik bu vobshem yahshimas. Hafa bo’gan odam o’z ichini ebtashidi. Kechirish eng yahshi yo’l. Hudoyam kechiradi. Odamham kechirishi kerey.

  6. )(амид

    Асадбек ёзишиздан ёш болага ухшайсиз, лекин фикр юритиш жа доноку. Оила учун курашиш керей. Оила учун хар куни улиш керей. Чойхонада гап сотиб утиргандан ёки компютерда уйин уйнашни урнига турмуш уртогингиз билан ёки болаларингиз билан бирга вакт утказиш керей. Улуг ёшга етганингизда бекор вакт утказганингиздан афсусда буласиз. Бу факт!

  7. yulduz

    salom alleykum barcha fazo.tv sayt ishtiroqchilar. sizlarga bir savolim: agarda bir inson sizni ko’p xafa qilgan, va qilishni davom etyapti.uni qancha kechirish kerak?

  8. Али

    Дустим айтарди хар бир нарсани деб сикилаверма, манимча у тугри айтади. Ха деб хар бир нарса хакида куп уйлайверсак, сикилаверсак бу яхши эмас. “Кечирим” ва “Хафалик” эса шахсан манда жуда огир кечади. Ман бугни анча вактгача уйлаб юраман. Балким энди ман хам дустимнинг айтганидек харакат килиб кураман, билмадим, курамиз. Бу макола учун рахмат!

  9. Шокир

    Алига: Салом Али. Тугри айтасиз дустим, хар бир нарса деб сиqилиш одамни каритиб юборади. Сизни нималар сиqилишга мажбурлаяпти? Менда хам илгари шунга ухшаш муаммолар кийнарди. Лекин хозир кечиришни ургандим. Бу хакда батафсилрок гаплашишни истардим. Ким билан гаплашишни хам билмаяпман.

  10. murod

    yulduz ga: bilasizmi uylima insonni kechrish darajasi yoq! siz xech kachon bilolmaysiz kachon kechirishni tuxtatish kerak. ayniqsa yaqiningiz sizni xar doim xafa qilsa, va xar doim keyin kechirim surasa bu albata qiyin uni kechirish. lekin biz kechiramiz!

  11. juma

    xafalik yaxshilikka olib kelmaydi! shuning uchun xafa qilishdan oldin yoki xafa bulishdan, yaxshiroq uylash kerak. bu xafalik arziydimi? bexuda munosabatlarni buzish kerak emas!

  12. Amir

    Qancha sevsangiz shuncha kechirasiz! Kimda qanday fikr?

  13. Quvonch

    Kechirim Hudodan, nafrat shaytondan.

  14. WARCRAFT

    Gapirish oson lekin kechirish vobshem qiyin. Hozirda manam kechirishni o’rganvomman. Agar odam kechirishni o’rganmas ekan u o’zini azobga solib sochini oqartirarekan. Kechirgan Hudodan kechirim olarkan.

  15. Nod

    albatta kechirish kerak. xar birimiz mukammal emasmiz!

  16. madina

    kachonki biz kechirimni berolsak, bizlarni xam keyin kechirishadi.

  17. Azim

    Quvonch to’ppa to’g’ri aytvossiz. Kechirim berib bilish kera. Bilmasa o’rganish kere

  18. anvar

    bitta gap bor: Insonlar, senga qanday munosabat kilishni xoxlasang, ularga xam shunday munosabat bol!

  19. Gulli

    Maqolada juda ajoyib sozlar yozilgan ajoyib maslahatlar men xafa bolsa. juda tez unutaman bu manga odatiy xol lekin õzimga yaqin insonlarni yoqotsam juda ketmaydigan xafagarchilik qolib ketadi by haqiqiy azob ularni qayta kormaslik hayotda yoq ekani yoki ketgan bolsa qaytib kelmasliki

  20. ❤️

    boredom

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social