Xiyonat haqida 10 ta fakt. Buni bilishingiz kerak.

Xiyonat haqida 10 ta fakt. Buni bilishingiz kerak.
  • «Hammasiga genlar aybdor». AQShlik olimlar erkaklarning xiyonat qilishini tibbiy nuqtai nazardan o`rganib, ayb aslida DR-D4 genida ekanligini ma`lum qilishdi. Aynan mana shu gen bema`ni xayollarga sabab bo`lar ekan…
  • Internet, uyali aloqa xizmatlari hamda turli yozishmalarga qiziqadigan erkaklarda xiyonatga moyillik bo`lishi mumkin. Shunisi qiziqki, bu jarayon erkak xohishi bilan emas, texnika imkoniyatlarining antiqaligi sabab ro`y berarmish, go`yoki…

  • Moliyaviy ta`minlanganlik, ya`ni cho`ntagi qappaygan erkaklarning ayrimlarini qiziqarli sarguzashtlar jalb qiladi. «Pul bo`lsa, changalda sho`rva» degandek…
  • O`ziga qaramagan, qomati ko`ngildagidek bo`lmagan ayol xiyonatning yana bir sababi emish. Bolalar, uy-ro`zg`or, qozon-tovoq kichik elkasida bo`lgan ayolning ko`zgu qarshisida kunini o`tkazishga vaqti yo`qligi bilan hisoblashishsa, yaxshi bo`larmidi?
  • Oilaviy hayotdan zerikish yoki bir xillikdan tez charchash. Aslida esa bu shunchaki bahona, xolos.
  • Ruhiy va jinsiy yaqinlikdan ko`ngli to`lmasa ham erkak chetdan «dardkash» izlar ekan. Mubolag`aga yo`ymang-u, ammo buni o`zlaridan bildik.
  • Erkaklarning 42 foizi xiyonat sabab hech nima yo`qotilmaydi, deb hisoblashsa, 30 foizi «Rafiqam meni kechiradi», deya o`zini oqlaydi. 15 foizi uchun xiyonat ajrashish uchun yo`l. Faqat 10 foizgina erkak bevafoligini aqlan tan olarkan.

  • Xoh ishoning, xoh ishonmang: Indoneziyada erkak va ayol xiyonati qamoq jazosiga tortilar ekan.
  • Olimlar fikricha, IQ (aqliy salohiyat) darajasi yuqori bo`lgan erkaklar xiyonatga chalg`imaydi. Ammo bu ko`rsatkich past bo`lganlarda aksi bo`ladi.
  • «Onasining erkasi» bo`lgan yigitlar yo taqdiriga isyon qilib, yoki ota-onasiga fe`lini ko`rsatishni istab, xotiniga xiyonat qilishi mumkin.
Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Yurakni parcha parcha qilguvchi insondagi eng yomon tuygʻu bu xiyonat boʻlsa kerak chindan sevgan inson qalbi u yoʻqda tursin koʻzi bilan ham xiyonat qila olmaydi agar senga xiyonat qilib tashlab ketishsa ham seni qalbing u insonda qolar ekan agar boshqasi qanchalik oʻrnini egalashga harakat qilmasin baribir faqat bir inson sevib azobda qolasan ekan

  2. Osha insoni har bitta harakati shirin gaplarni boshqalardan har kuni yuzini koʻzini ovozini izlayverib azob chekish naqadar qiyin hatto hayotdan umiding soʻnadi hech narsani hech kim koʻzinga koʻrinmaydi

  3. Yan oʻsha inson faqat senga emas sen bilan birga boshqa insonga ham xiyonat qiladi mayli bizku sabr qilib bizni baxtli qiladigan insoni topsak unutarmiz lekin u insonda ham oloh jazosini berishidan qoʻrqmaymi shunisi qiziq

  4. Qiz bolaning har tokan koʻz yoshi uchun oloh unga sababchi insonga gunoh yuklar jazosini berar ekan

  5. Qorakoʻz

    Xiyonat kechirish eng qiyin boʻlgan aybdir

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social