Notanish kollektivga tushib qolganimizda ba’zi bir qiyinchiliklar bilan to’qnashamiz: yangi joy, yangi insonlar, yangi qonun-qoidalar. Agarda Sizni yangi ish joyingizda yaxshi kutib olsalar, ishonavering – Siz omadlisiz. Agar unday bo’lmasachi? Har qanday vaziyatda inson o’zini qanday tutish kerak?
Yangi kelgan xodimning kollektivga o’rganib ketishi ko’pincha uning o’ziga bog’liq. Bu yerda professional xislatlardan tashqari, shaxsiy fazilatlar muhimroq o’rin tutadi. Keltirilgan bir nechta maslahatlarimiz sizga yangi ish joyingizga tezda moslashib olishingizda yordam beradi.
1.Tabassum qiling!
Yangi insonlar bilan tanishganingizda va ular bilan muloqot chog’ida har doim tabassumda bo’lishga harakat qiling. Munosabatga ochiq bo’ling. Agar barcha hamkasblaringizning ismlarini eslab qololmasangiz, buning hech ham qo’rqinchli joyi yo’q. Muhimi har biri bilan do’stona munosabatda bo’ling.
2. Nishonlash!
Yangi ish joyingizda bir necha kundan keyin yangi kollektiv uchun ishga kirganingizni nishonlab bering. Ishoning, bu odat bo’lib qolgan! Ushbu odatni buzmang. Bunga ijodiy yondashing. Choyga tort olib keling, yoki tushlikga lavash sotib oling va disertni har xil shirinliklar bilan to’ldiring. Hamma tushlikni o’ziga tayyorlab olsin, tayyorlash jarayonida suhbat qilish imkoni ham tug’iladi.
3. Kuzatuvchan bo’ling!
Yangi hamkasblaringizning hayotlari bilan qiziqing. Boshqa hamkasblaringiz haqida so’rang. Kim bilan do’st bo’lish, kim bilan esa bahslashish yaxshilikga olib kelmasligi haqida bilib oling. Chiroyli eshitilmasa ham mish-mishlardan xabardor bo’lib boring, chunki bu Sizning foydangizga ishlashi mumkin. Yangi xabarlar Sizga kollektivda o’z o’rningizni topishga xizmat qiladi. Biroq hamkasblaringizni muhokama qilishdan saqlaning.
4. Tashabbuskor bo’ling!
Hammani ishdan keyin qayergadir taklif qiling (muzda uchishga, kinoga, kafega – qayerda bemalol muloqot qilish imkoni bo’lsa o’sha joyni tanlang). E’tibor bering, agar Sizning bo’limingizdagi hamkasblaringiz tushlikga qayergadir bormoqchi bo’lishsa, Siz ham ular bilan birga borishingizni ayting. Buni qilishdan uyalmang, har doim insonlar uchun yangi xodim bilan muloqot qilish qiziq bo’ladi.
5. Jamoa a’zosi bo’ling.
Jim yurmang, miyaga kelgan qiziq fikrlaringiz haqida bo’lishing. Ko’plar yangi joy va yangi jamoat oldida noto’g’ri gapirib qo’yishdan qo’rqishadi. Siz bunday bo’lmang, aslida hech nima yo’qotmaysiz! O’ylab ko’ring, balki siz aytgan fikr ko’plarga ma’qul bo’lar.
Agar Sizga hech kim e’tibor bermagan bo’lsa, fikringiz hech kimga yoqmagan bo’lsa, tabassumingizga esa ahamiyat ham berishmagan bo’lishsa ham xavotir olmang. Shunchaki Sizga hali ko’nikishga ulgurishmagan. Bir necha kundan so’ng, o’zingizni yana ko’rsating, Sizni baholashadi va albatta hurmat qilishni boshlashadi. Esta tuting, har qanday sharoitda ham ish joyida ijobiy kayfiyatda yurish har doim yordam beradi.
Juda qiziq, hozir yangi ish qidiryapman, shu narsalarni eslab qolishga harakat qilaman
bilmasam, bu maslahatlariz bizani sharoitga tugri kemase kere bizzi odamla boshqacha
Salom Shox, nega bunday deb o’ylaysiz? qaysi biri to’g’ri kelmaydi?