Yomon ob-havo ishlash qobiliyatini oshiradi?!

Yomon ob-havo ishlash qobiliyatini oshiradi?!

Har doimgidek tinib-tinchimagan olimlar o`z tadqiqotlari orqali qiziqarli ma`lumotlarni ommaga taqdim etmoqdalar. Shulardan biri, Amerika olimlarining isbotlashicha, yomon ob-havo mehnat unumdorligini ancha yaxshilantira olar ekan.

Tekshiruvchilar bank va ofis hodimlarining ishlash statistikasini tasvirlab berishdi. Ma`lum bo`ldiki, ushbu ishlash joylarida talabchanlik bilan ishchilarning mehnat unumdorligiga katta e`tibor beriladi.

Ma`lum bo`lishicha, o`rtacha ma`lumotlarga ko`ra hodim yomon ob-havoda tezroq ishlarni bajarishi mumkin. Yaxshi va quyoshli ob-havoda esa hodimlar tez-tez nazoratni yo`qotishlari, erinchoqlik qilishlari va ularning samaradorligi tushishi mumkin. Yorqin quyosh nurlari qo`yilgan maqsadlarning bajarilishi uchun qo`proq vaqt olishi mumkin ekan.

Tadqiqot mualliflarining hisoblashicha, deraza ortida bo`lgan yomon ob-havo ortiqcha chalg`ib ketishga imkoniyat bermaydi. Deraza ortidagi negativ ishda e`tiborliroq bo`lishga olib keladi.

Avvalgi o`tkazilgan tadqiqot bo`yicha, quyoshli ob-havo insonning romantik holatini ko`chaytirishi va shunday kunlarda, sevishganlar bir birilari bilan qo`proq vaqt o`tkazishi mumkin ekan.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    ammo bir xil payt ishlagin kelmidi yomon ob-havoda – shunday emasmi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social