“Yomon uyqu rashk tuyg‘usini kuchaytirishi mumkin” — tadqiqot

“Yomon uyqu rashk tuyg‘usini kuchaytirishi mumkin” — tadqiqot

Uyqu bilan bog‘liq muammolar rashk hissini kuchaytirishi, ayniqsa, xavotirli bog‘lanish turiga ega odamlarda romantik munosabatlardagi ishonchni pasaytirishi mumkin. Montana shtati universiteti tadqiqotchilari shunday xulosaga kelishdi. Tadqiqot natijalari Uyqu bo‘yicha assotsiatsiyalashgan professional jamiyatlar (APSS)ning Sleep 2025 konferensiyasida taqdim etilgan.

Ma’lum qilinishicha, tadqiqotda 68 nafar yosh ishtirok etib, ular ikki hafta davomida har kuni o‘zlarining hissiy holati, xulq-atvori va uyqu sifatini baholovchi so‘rovnomalarni to‘ldirishgan. Qo‘shimcha ravishda, ishtirokchilar bog‘lanish uslubi bo‘yicha so‘rovnomadan o‘tgan.

Ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, xavotirli bog‘lanish — munosabatlarda ishonchsizlikka moyillik va rad etilishdan qo‘rqish — uyqu sifatining pastligi bilan bog‘liq ekan. Bundan tashqari, aynan shunday ishtirokchilarda yomon uyqudan so‘ng ertalab rashk hissi ko‘rinishidagi kuchaygan reaksiya kuzatilgan. Boshqa bog‘lanish uslubiga ega bo‘lgan odamlarda bu ta’sir yaqqol namoyon bo‘lmagan.

“Qiziq joyi shundaki, yomon uyqu har doim ham salbiy his-tuyg‘ularni keltirib chiqarmadi. Hammasi individual xususiyatlarga bog‘liq edi”, dedi tadqiqotning yetakchi muallifi, Montana shtati universiteti doktoranti Jovanni Alvarado.

Mutaxassislarning eslatishicha, sifatli uyqu — psixoemotsional salomatlik asosi hisoblanadi.

Amerika Uyqu tibbiyoti akademiyasi (AASM) ma’lumotlariga ko‘ra, kattalarga kuniga kamida yetti soat uxlash tavsiya etiladi. Bunda nafaqat miqdor, balki uyquning muntazamligi, uzluksizligi va qulayligi ham muhim ahamiyatga ega.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Рашк барча муносабатлани улдиради

  2. Тимур

    Эркак рашк килиши кере диганла, эрке рашк киса, деме узига ва севган инсонига ишонмиди диганидир

  3. Тимур

    Узига ишонадиган инсон, бошкани рашк кимиди, севган инсонини хурмат килади, унга ишонади ва уни севади

  4. Тимур

    Лекин тури езилган, кам ухлидиган инсонла, нафакат рашк килади, балки бошка нарсаларга хам тез жахли чикади, хаетдан камро хурсанд булади

  5. Тимур

    Хар доим дам олин, етарлича ухлен ва хаетдан хурсанд булиб яшела

  6. Dilshod

    Togri etasiz akam, rashk qilgan inson, ozini hurmat qilmaydi

  7. Erim rashk qilmasa, demak meni sevmaydi

  8. firdavs

    Rashk qilgan erkak, haqiqiy erkak. Fakt.

  9. Koproq uxlash hayotni uzaytiradi. Har doim bir vaqtda yotib, bir vaqtda uygonish kerak

  10. Gulnoza

    Rashk qilmasa, qanday sevgi boladi ozi?

  11. Botta bitta narsani yozishgan bolishsa, sila boshqa narsani yozyapsizlar laugh1

  12. Sal temani oqib, keyin yozila

  13. hm rofl rofl rofl

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social