YeChL 1/8 final: Monaco – Man. City 3:1 va qolgan natijalar (+video)

YeChL 1/8 final: Monaco – Man. City 3:1 va qolgan natijalar (+video)

Kecha Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalining so’ngi o’yinlari bo’lib o’tdi. Ko’pchilik intiqlik bilan kutgan o’yin shubhasiz Monaco va Manchester City o’rtasidagi o’yin. Albatta bu ikkala klublarning o’zaro o’yini hozirgi kunda katta qizziqish bilan kuzatildi. Shunga qaramasdan bu uchrashuvga nisbatan ham muhlislarning, ham futbol mutaxassislarining va qolaversa bukmeykerlarning qiziqishini oshishiga sabab o’tgan haftaning sensatsiyasi bo’lgan Barcelona klubining PSG ustidan qozonilgan irodali g’alabasi bo’ldi desak aslo xato qilmagan bo’lamiz.

Ko’pchilik Monacodan ham aynan Barcelonaning natijasini kutdi. Aslida esa shunday ham bo’lib chiqdi. Monaco Yevropa Chempionlar ligasining 1/4 finalida.

Monaco – Man.City 3:1

Juftlikdagi keyingi uchrashuv Atletico va Bayer klublari o’rtasida bo’lib o’tdi. Bu uchrashuvda hisob ochilmadi. Ikkala o’yin natijasiga ko’ra Atletico keyingi bosqichda.

Atletico – Bayer 0:0 (4:2)

Seshanba oqshomida bo’lib o’tgan ikkita uchrashuvlar haqida aytib o’tadigan bo’lsak, ushbu o’yin natijalari kutilganidek bo’ldi desak adashmaymiz. Juventus o’z uyida Portuni 1:0 hisobida mag’lub etib keyingi bosqichga yo’l olgan bo’lsa, Lester o’z uyida Kasper Shmekel harakatlari natijasida Sevilia ustidan qozonilgan g’alabasi natijasida Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 finalida. Lester – Sevilia 2:0

Juventus – Portu 1:0

Lester-Sevilia 2:0

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social