yo`q aytolmayman!

yo`q aytolmayman!

yo`q deb javob berish haqida gapirganda, aytish mumkinki bazi bir insonlar faqatgina ayrim hollarda bunday deyishdan o`zlarini tiyishadi, misol uchun faqatgina bolasiga, turmush o`rtog`iga yoki faqatgina ishdagi rahbariga. Boshqalar esa umuman hech kimga yaqin, qarindoshidan tortib bozordagi sovdagarlarga ham yo`q deyishni bilishmaydi. Ularga har doyim o`zlari hohlamagan, yoki sotib olish rejasida bo`lmagan narsalarni ham sotish mumkin. Yana bir holat, ular har doyim meyyoridan ortiq ishlashadi. Nafaqat ularni ishda ushlanib qolishini iltimos qilganlarida, balki kun maboynida hamkasblarining murojatlariga yo`q deyisholmaganlari uchun ham. Nima deb o`ylaysiz, insonning qa`tiiy yo`q deb javob berishi uchun nima to`sqinlik qilishi mumkin? Keling balkim bir nechtasini ko`rib o`tarmiz:

1. O`ziga past baho berish va o`ziga ishonmaslik. Insonlar yo`q so`zining o`rniga ha deb javob berishining sababi, o`zlarini kerakmas bo`lib qolishidan yoki hamsuhbatini xafa qilib qo`yishini xoxlamasligidan. O`ylaydiki faqatgina bunday holatda yani undan nimanidir so`rashgan vaqtdagina u o`zini kerakli his qiladi. O`ziga ishonmagan kishining yo`q so`zi yani javobi – bu katta xavf, chunki bu munosabatning to`xtashini bildiradi. Bunday insonlar juda kam xolatlarda o`zlari uchun biron bir narsa so`rashadi. Kerak vaqtida yo`q so`zini aytib bilish va o`ziga ortiqcha masuliyat olmaslik uchun ular o`zidagi ichki qadrini va yaxlitligini his qilishlari kerak. Eng muhumi o`zlari uchun qadrliligini bilishi kerak.

2. O`rganilgan taxlitiy tarbiya. yo`q so`zini aytishi qiyin bo`lgan insonlar qo`pincha o`zlari rad javobini berishi qiyin bo`lgan ota – onalar tarbiyasida bo`lishgan. Bunday holatda esa ularning o`ziga bo`lgan qadri joyida, faqatgina bu yo`q so`zini aytaolmasligi oddiy holat bo`lib qolgan. Qush inida ko`rganini qiladi deganlari to`g`ri, chunki ularning ota – onalari shunday qilishgan.

3. Rad qilinishidan qo`rqish. Bu insonning o`ziga kam baxo berishiga juda yaqin keladi. “Agar men rozi bo`lmasam, u men bilan yomon munosabatta bo`ladi”, “Agar men hozir rozi bo`lmasam, keyin ular ham menga rad javobini berishadi”, “Men bu ishni qilmasam, meni yomon hodim deb o`ylashadi” va hokazo. Bunday holatda inson o`zining istagiga qarshi bo`lgan taqdirdayam, yaqinlari bilan munosabatini saqlab qolish uchun ularni murojatini qaytaraolmadi. yo`q javobini berganidan keyin munosabatlariga putr etmaydigan holatlarda ham, bu qo`rquv ularga to`sqinlik qiladi.

4. Ortiqcha odamshavandalik bo`lishga intilish. “Madaniyatli insonlar hech qachon rad javobini berishmaydi”, “Xushmuomali inson o`zining qadrini saqlab qolish uchun ham har doyim ha javobini berishi kerak” va hokazo. O`zlarini madaniyatli deb bilgan kishilarga bunday aqlga sig`maydigan fikrlar har doyim yo`q javobini berish uchun xalaqit qiladi. Ha javobini berishganidan keyin esa, ular o`zlarini qiyin vaziyatga solib qo`yadilar.

Demak har birimiz javob berishdan oldin yaxshilab o`ylab, keyin javob berishimiz lozim deb o`ylayman. Va yana bir holat borki,  boshqalarning bizga bergan rad javobini ham to`g`ri tushunishga harakat qilishimiz kerak.

Kommentlar: 7 komment. 7 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    Men ham oldin yoq aytolmasdim. Kerak bo’lganida yo’q deyishni bilish katta foyda beradi. IMHO.

  2. Kamila

    Номаълум тугри айтдингиз. Йук дейиш баъзан ёрдам беради, хатто яхши натижаларга хам олиб келади. Лекин бундай вазиятда йук дейиш билан эхтиёт булиш керак. Ахир йук деб рухий зарар хам куриш мумкин.

  3. Нигора

    буни анча яхши мисоллар билан тушунтириб берибсиз, рахмат! узимга керакли инфони олдим

  4. Lola

    Albatta Arslon aka, xech kim o’z yakinlarini og’ir axvolda tashlab qo’yisi kelmaydi

  5. madina

    lekin uyliman vaqt kelib biz yakinlarimizga xam yoq deyishimiz kerak buladi. chunki biz xar doim ularga yordam berolmaymizku. xar doim yonida bulmaymiz ku. albatta bu og’ir buladi yoq deish,lekin shu orqali biz va yaqinlarimiz nimanidir urganishimiz mumkin buladi.

  6. Нигора

    Албатта хеч ким бундай килишни истамайди. Биз кимларга ва кандай холатларда йук деб жавоб беришимизни урганишимиз керак

  7. Saidabror

    Har bir inson yo’q deya bilishi kerak. Bu yomon emas.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social