Zamonaviy bolaga taqiqlamaslik kerak bo’lgan narsalar

Zamonaviy bolaga taqiqlamaslik kerak bo’lgan narsalar

Barcha bolalar juda qiziquvchan bo’lishadi. Ular bu dunyoni hamma yo’llar bilan kashf etishga harakat qilishadi va unga qo’shilishadi. Shu bilan birga, ular ota-onalaridan biror narsa mumkin emasligini tez-tez eshitadilar. Keyin kattalar bolalarning nima uchun hech nimani istamasligiga hayron bo’lishadi. Balki siz juda ko’p narsani taqiqlagandirsiz? Bugun biz taqiqlamaslik kerak bo’lgan narsalarni ko’rib chiqamiz.

Bolalarga nimani taqiqlamaslik kerak?

1. Yaqinlariga yordam

Ko’pincha bola o’z oilasiga yordam berishni xohlaydi: onalarga, dadalarga, buvilarga. U kattalar orqasidan hamma narsani takrorlashga tayyor. Bola idishlarni yuvishni, poyafzallarni tozalashni, o’simlik gullarini ekishni xohlaydi. Biroq, ota-onalar ko’pincha unga buni taqiqlaydilar. Nima uchun? Bolaning kir bo’lishi yoki barcha narsani yomon va sekin qilishidan qo’rqishadi, keyin esa uni qayta tiklash kerak bo’ladi. Ammo bunday taqiqlardan bir necha yil o’tgach, ota-onalar bolaning hech narsa qilmayotgani haqida shikoyat qilishadi. Ehtimol, siz uni taqiqlashlar bilan xohishini so’ndirgandirsiz.

2. Ijodkorlik

Ko’pgina ota-onalar farzandini uyda ijodiy ish bilan shug’ullanishiga to’sqinlik qiladilar, chunki ular atrofdagi narsalarni kir qilishadi deb o’ylaydilar. Shu orqali siz bolaning istedodini yo’q qilishingiz  mumkin. Buni oldini olish uchun, osongina yuviladigan bo’yoq sotib oling va eski gazetalar bilan polni qoplang.

3. Ovqatni qoldirish

Ba’zan bolalar hamma narsani yeyishi qiyin kechadi. Qo’shimcha ovqat oshqozon-ichak muammolariga olib kelishi mumkin. Me’yorida va xohish bilan ovqatlanish kerak, shundan keyin oziq-ovqat yaxshi qabul qilinadi. Bola och bo’lsa va ko’prog’ini iste’mol qilmoqchi bo’lsa, u sizga bu haqida aytadi!

4. O’z fikrini bildirish

Ko’pincha kattalar yashirin tarzda bolaga ularning fikrlari haqida qiziqmasligini aytishadi. “Katta bo’lgin, keyin gaplashamiz”, deyishadi. Biroq, bu narsa bolalikdan taqiqlansa, keyin qanday o’z fikrini bildiradi va qanday muloqot qilishni o’rganadi?

5. Ijtimoiy tarmoqlar

Ko’pincha ota-onalar ijtimoiy tarmoqlarning bolaga bo’lgan xavfi haqida qayg’uradilar. Maktab maslahatchisi, muallim va oltita kitob muallifi Sine Uitson bu boradagi o’z nuqtai nazarini quyidagicha ifoda etishga qaror qildi:

Mening fikrimcha, kattalar bolalarni texnologiyadan foydalanishni butunlay taqiqlash orqali ularga zarar yetkazishiga ishonaman. Bu narsa bolalarni o’zlari yashaydigan dunyoga aralashishiga yomon tayyorlaydi, va eng yomoni, bu orqali bolalar ijtimoiy tarmoqlarga ayyorlik va xavfli yo’llar bilan kirishga harakat qilishadi.

Shuning uchun, Sine bolalarni ijtimoiy tarmoqdan foydalanishga ruxsat berishni taklif qiladi, lekin avval siz ularning xavfsiz foydalanish masalalari bo’yicha tushuntirishlar o’tkazishingiz kerak. Bolaga Internetdagi begonalar bilan muloqot qilish mumkin emasligini tushuntirib bering, kuchli parolni belgilab, hech kimga aytmaslik, kiberxazillarni bloklash, nimadir yozishdan oldin oqibatlarini o’ylab, shuningdek, so’zlarni ehtiyotkorlik bilan tanlash va shaxsiy ma’lumotlarni yuklamaslik kerakligini yaxshilab tushuntiring.

Agar ushbu ma’lumot sizga foydali bo’lsa, uni boshqalar bilan bo’lishing. Agar sizda biror bir qo’shimcha bo’lsa, albatta sharhlarda yozib qoldiring!

 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social