2100-yilda paydo bo‘lishi kutilayotgan ajabtovur texnologiyalar

2100-yilda paydo bo‘lishi kutilayotgan ajabtovur texnologiyalar

2100-yilga kelib odamlar yerosti shaharlarida yashaydi va sunʼiy intellektning maslahatlari va tavsiyalariga tayanadi. Bu ilmiy fantastik film ssenariysiga o‘xshaydi. Ammo bunday hayot haqiqatga aylanish ehtimoli yuqori, deydi ekspertlar.

“Raqamlashtirgan insonlar” oramizda yashay boshlaydi

Sunʼiy intellektga ega raqamli insonlar va gumonoid-robotlar kundalik hayotda muhim rol o‘ynay boshlaydi. Ular xona tozalash va kir yuvish kabi oddiy ishlardan tortib, murakkab vazifalargacha bajarishi mumkin bo‘ladi.

“2100-yilga kelib, bizning hayotimiz texnologiyalar bilan chambarchas bog‘lanadi. Ular bizni yo‘naltiradi, shakllantiradi va boshqaradi. Gumonoid-robotlar insonlar bilan yonma-yon yashashni boshlaydi. Ular murakkab jarrohlik operatsiyalaridan tortib, insonlar bilan oddiy muloqotgacha bo‘lgan turli vazifalarni bajaradi”, — deydi PushFar kompaniyasining bosh direktor va hamtaʼsischisi Ed Jonson.

Sunʼiy intellekt odamlarga tanlashda yordam beradi

 Kelajakda sunʼiy intellekt har bir odamga hamroh bo‘lib, u uchun qarorlar qabul qiladi. Shu jumladan, qanday kasb tanlash bo‘yicha ham.

“Qaysi kasbni tanlash haqida bosh qotirishga hojat yo‘q. Sunʼiy intellekt bo‘yicha “ustozingiz” uni siz uchun bajaradi va yakuniy qarorni qabul qilishingiz uchun barcha maʼlumotlarni taqdim qiladi”, — deydi Jonson.

Yer ostidagi shaharlar

Taxminlarga ko‘ra, 2100-yilga kelib, yer usti bo‘shlig‘ida foydalanish mumkin bo‘lgan joylar kam qolishi natijasida shahar infiratuzulmasining ko‘p qismi yer ostiga ko‘chadi. Robotlar esa yerosti tunnellarini qurish bilan band bo‘ladi.

Yangi yerosti qurilish texnologiyalarida faol bo‘lgan hyperTunnel robototexnika kompaniyasining maʼlum qilishicha, robotlar tunnel qazishadi va tadqiqotchilar yangi yerosti yashash joylari va binolar xaritalarini yaratish uchun kengaytirilgan reallikdan foydalanadi.

Yerosti inshootlari shahar markazidagi joy tanqisligini hal qilishga yordam beradi. Astek binolaridan ilhomlangan Mexikodagi Earthscraper 65 qavatli teskari piramida kabi yerosti inshootlarini qurish rejalari allaqachon amalga oshirilmoqda.

Dipfeyklar tufayli videolardagi suv belgilari

Fotoapparat ishlab chiqaruvchilari raqamli suv belgilarini joylashtirishlari kerak bo‘ladi, chunki qalbaki suratlar tobora ko‘payib bormoqda va ularni haqiqiysidan farq qilish qiyin.

“Dipfeyk texnologiyasi yuksalishi natijasida raqamli axborotlarning xoh ular fotosuratlar, videolar yoki audio yozuvlar bo‘lsin, haqiqiyligiga ishona olmaymiz”, — deydi Sectigo xavfsizlik kompaniyasining tajriba va xavfsizlik bo‘yicha direktori Tim Kallan.

Bolalar virtual maktabga boradi

Kabuni kompaniyasining bosh direktori va asoschisi Himesh Patel sunʼiy intellekt bolalar taʼlimida ishtirok etishini aytdi. U o‘quvchilar vaqt bo‘ylab sayohat qilishi mumkin bo‘lgan virtual darslarni taklif qildi.

Ushbu virtual maktabda o‘quvchilar kosmik liftlarda ko‘tariladi, astrofizikani o‘rganadi, vaqt bo‘ylab sayohat qiladi, tarix saboqlarini o‘rganadi va yakka tartibda shug‘ullanish uchun sunʼiy intellekt “ustozlari” bilan muloqot qiladi.

Kommentlar: 13 komment. 13 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Страшное будущее

  2. Hammasi ham royobga chiqmas

  3. Bizaga yetib keganicha 2200 yil bo’ladi laugh

  4. Eh, ko’rmas ekanman, o’lib bo’laman laugh

  5. Robotlar bosib oladi hammani

  6. 2100 yilgacha ancha bor hali

  7. 2024 kevotti heart

  8. Bizani qiziq kelajak kutyapti

  9. Urush to’xtasa…

  10. Tin4li busin dunyoda va vatanimizda heart

  11. Super

  12. Yagona Xudo biladi kelajakda nima bo’lishini

  13. Laliddin

    Asosiysi hammasi yaxshi bo’lsin

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social