Har bir ayol sport bilan shug‘ullanishi muhimligini isbotlovchi 10 ta sabab

Har bir ayol sport bilan shug‘ullanishi muhimligini isbotlovchi 10 ta sabab

Sport bilan muntazam shug‘ullanish nafaqat qomatning go‘zal bo‘lishi, balki sog‘liq, o‘ziga ishonch va hatto ijtimoiy faollik bilan ham bog‘liq.

Jismoniy salomatlik yaxshilanadi

Muntazam jismoniy mashqlar yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, chidamlilikni oshiradi va vaznni nazorat qilishga yordam beradi. Jismoniy faollik ko‘plab kasalliklarning oldini oladi.

Psixologik afzalligi

Mashq qilish endorfinlar — “baxt gormonlari” ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, bu stress va depressiyaga qarshi kurashning samarali vositasi hisoblanadi.

Ijtimoiy aloqalar

Sport odamlarni birlashtiradi. Mashg‘ulotlar davomida hamfikrlar bilan tanishasiz, bir-biringizni qo‘llab-quvvatlaysiz. Bu esa ijtimoiy munosabatlarda muhim rol o‘ynaydi.

Kognitiv funksiyalarni rivojlantiradi

Mashq qilish nafaqat jismonan sog‘lom bo‘lishga yordam beradi, balki miyani ham faollashtiradi.

O‘z-o‘zini hurmat qilish va ish samaradorligini oshiradi

Jismoniy maqsadlarga erishish o‘zingizga va kuchli tomonlaringizga ishonchni mustahkamlashga yordam beradi.

Uyqu sifatini yaxshilaydi

Muntazam jismoniy faollik tezroq uxlashga yordam beradi va uyqu sifatini yaxshilaydi. Natijada insonda xavotir hissi yo‘qolib, o’zini xotirjam his qiladi.

Qarish jarayonini sekinlashtiradi

O‘rtacha va muntazam jismoniy mashqlar hujayralar qarishini sekinlashtirishi mumkin, bu esa yoshroq ko‘rinishga yordam beradi. Jismoniy mashqlar to‘qimalar yangilanishini rag‘batlantiradi va yuqori metabolizm tezligini saqlaydi.

Tayanch-skelet tizimini qo‘llab-quvvatlaydi

Yurish, yugurish va tana vazni yoki og‘irlik mashqlari kabi o‘rtacha ta‘sirli mashg‘ulotlar suyaklar, mushaklar va bo‘g‘inlarni mustahkamlashga yordam beradi. Bu ularning salomatligi va funksionalligini yaxshi saqlaydi, bu har qanday yoshdagi ayollar uchun juda muhimdir.

Surunkali kasalliklarning oldini oladi

Muntazam jismoniy mashqlar qondagi qand miqdorini, qon bosimini va xolesterinni nazorat qilishga yordam beradi. Shu bilan birga 2-toifa diabet, gipertoniya va yurak-qon tomir kasalliklari kabi xastaliklarning rivojlanish xavfini kamaytiradi.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Хаммага спорт кере, жуда мухим

  2. Aziza

    Bizada qizlarni zallari bor, uwnaqa joyga boraman smile

  3. Тимур

    Баракалла!

  4. Botir

    Ayolimni sportga bermoqchiman

  5. Madina

    Raxmat smile

  6. Jamila

    Sport bu hayot

  7. Oybek

    Hammaga kerak

  8. Mansur

    good

  9. Mahmuda

    Yaxshi zal qayerda bor?

  10. Diyora

    Qaysi shaharda?

  11. Mahmuda

    Toshkentda

  12. Diyora

    O’zbegim, faqat qizlar uchun zal

  13. Mahmuda

    Rahmat

  14. Diyora

    Men ham boraman u yerga, ko’rishib qolarmiz smile

  15. B

    Xernya

  16. Elmira

    smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social