Olimlarning ta`kidlashicha, yaqin orada uylarni qurish to`liq avtomatik tarzda bo`ladi. Janubiy Kalifoniya universitetining professori Berok Xoshnevis 3D printerni ishlab chiqdi va ushbu printer 250 kv.m. o`lchamli uyni bir kun ichida qurishi mumkin.
Olimning ishi Contour Crafting texnologiyasiga asoslangan bo`lib, endi kelajakdagi ishchilarning asosiy ishi bu uy yonida rel`slarni o`rnatish va uning ustiga 3D printer moslamani o`rnatib qo`yishdan iborat bo`ladi. Qolgan ishlarni komp`yuterning o`zi bajaradi yani robot rel`slar bo`yicha harakatlanadi va beton aralashmani quyadi. Ishchilarga esa oyna va eshiklarni o`rnatish qoladi.
Contour Crafting texnologiyasi uylar qurish xarajatlarini sezirarli darajada pasaytiradi va mazkur tizimni zilzila yoki boshqa ofatlardan shikastlangan binolarni qayta tiklashda ham ishlatsa bo`ladi. Ixtirochining so`zlariga ko`ra, 3D printer ish joylarini kamaytirmaydi, aksincha yangi joylarni beradi.
mana etib keldik, endi uylarni komputer kurib tashidi
e qoyil, odamlaga ish qomaskan
e qoyil, odamlaga ish qomaskan
e qoyil, odamlaga ish qomaskan
g’irt dangasa buladigan buldu
Mana bu texnalogiya rivojlanishi desa bo’ladi.
xa manga yoqdi bu narsa! zor uylab topishi )))