3D-printerda dunyodagi eng kichik “drel`”ni yaratishdi (+video)

3D-printerda dunyodagi eng kichik “drel`”ni yaratishdi (+video)

Yangi Zelandiyalik muhandis Lans Aberneti, Ultimaker 2 deb nomlanuvchi 3D-printerni ishlatgan holda, dunyodagi eng kichkina drel`ni chiqardi. Asbobning ichida kichkina platasi o`rnatilgan va u ishlaydi.

Abernetining so`zlariga qaraganda, Onshape 3D ilova yordamida mini-drel` modelini yaratdi va “etalon” sifatida butun parmani ishlatdi. So`ngra asbob korpusining ikki bo`limini va “igna”ni mahkamlashlovchi asboblarni printerdan chiqardi. Butun jarayonga 25 daqiqa ketgan.

Muhandis asbobga kichkina motor, batareya, elektr manbai tugmasi va simlarni o`rnatish uchun uch soatcha kerak bo`lgan. Mini-drel`ning o`lchami 17×7,5×13 millimetr, parma diametri esa — 0,5 mm.

Manba: Vesti.Hi-tech

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Nanotexnologia kirib kelmoqda

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social