Afsonaviy Winamp 2019-yilda qayta tug’iladi

Afsonaviy Winamp 2019-yilda qayta tug’iladi

Keyingi yilda Winamp dasturi qayta ishga tushiriladi. Mazkur dastur 2013-yildan beri yangilanmagan edi. Afsonaviy media pleer mobil ilova sifatida qaytadi va musiqiy markaz sifatida harakat qiladi, oqimli xizmatlar, radiostantsiyalar, podkastlar va ijro ro’yxatlaridagi treklarni birlashtiradi.

Winamp (5.666) ning eng oxirgi versiyasi to’rt yil avval chiqarilgan. Shunga qaramay, ommaviy axborot vositachisi hali ham 100 millionga yaqin insonlar tomonidan foydalanilmoqda, ularning aksariyati AQShdan tashqarida.

Ma’kumotlarga ko’ra, yangi “Winamp 5.8” oktyabrda e’lon qilinadi. Dasturning xatolari tuzatiladi va Pro versiyasida taqdim etilgan barcha pullik xususiyatlar o’chiriladi. Keyingi yirik 6.0 versiyasi 2019-yilga mo’ljallangan.

Winamp 6.0 barcha foydalanuvchilar obunalarini to’playdi – Spotify pleylistlari, Google Play Musiqa kutubxonasi, Podkastlar, Apple Music tracks – bir joyda birlashtiradi. Bu qanday amalga oshiriladi haqida “Radionomiya” rahbari hozircha hech qanday ma’lumot bermadi. Dasturning iOS va Android versiyalari chiqarishi rejalashtirmoqda, ammo kompyuterlarda mavjud bo’lmaydi.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Vladimir

    Digma plansheti haqida to’liq ma’lumot aytvorilar,iltimos!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social