Dunyo bo‘ylab qurilayotgan ayrim osmono‘par binolar o‘z balandligi bo‘yicha yangi rekordlar o‘rnatishi mumkin. Eng yirik loyihalar Saudiya Arabistoni, BAA, Xitoy va Braziliyada amalga oshirilmoqda.
Bugun osmono‘par binolar nafaqat noyob me’moriy inshoot sifatida, balki yirik sarmoyalarni jalb qilish, yangi biznes markazlarini yaratish va mamlakatlarning texnologik imkoniyatlarini namoyish etish maqsadida ham qurilmoqda.
Naked Science nashri ayni paytda qurilayotgan dunyodagi eng baland yettita osmono‘par bino ro‘yxatini tuzdi. Unga faqat qurilish ishlari davom etayotgan binolar kiritilgan. Qurilishi hali boshlanmagan yoki vaqtincha to‘xtatilgan loyihalar hisobga olinmagan.
1. Jeddah Tower — Saudiya Arabistoni

Ilgari Kingdom Tower nomi bilan tanilgan osmono‘par binoning rejalashtirilgan balandligi kamida 1000 metr, qavatlar soni esa taxminan 167 ta bo‘ladi.
Qurilish yakunlangach, u Dubaydagi Burj Khalifa’dan o‘zib, dunyodagi eng baland binoga aylanishi kutilmoqda. Minorani kelajakda barpo etiladigan Jeddah Economic City majmuasining markaziy inshootiga aylantirish rejalashtirilgan.
2. Burj Azizi — Dubay, BAA.

Burj Azizi — Dubaydagi Shayx Zayd shohko‘chasida Azizi Developments kompaniyasi tomonidan qurilayotgan osmono‘par bino. Minora quruvchi kompaniya sharafiga nomlangan. Binoning loyihaviy balandligi 725 metrni tashkil etadi. Qurilish yakunlangach, u Burj Khalifa’dan keyin dunyodagi ikkinchi eng baland bino bo‘lishi kutilmoqda.
Burj Azizi o‘rnida avval 570 metr balandlikdagi, 122 qavatli Entisar Tower binosini qurish rejalashtirilgan edi. Biroq Meydan kompaniyasining ushbu loyihasi amalga oshmagan. 2018-yilda Azizi Developments yer maydonini sotib olgan. Loyiha qayta ko‘rib chiqilib, 2024-yil yanvarida uning nomi o‘zgartirilgan. Qurilish ishlari 2025-yilda rasman qayta boshlandi.
3. Goldin Finance 117 — Xitoy

Bino dastlab 117 qavatli qilib rejalashtirilgani uchun Goldin Finance 117 deb nomlangan. Biroq uning umumiy qavatlar soni 128 tani tashkil etadi. Minora 2015-yildayoq 597 metr balandlikka yetgan. Biroq moliyaviy muammolar sabab qurilish qariyb 10 yilga to‘xtab qolgan. Ishlar 2025-yilda qayta boshlangan bo‘lib, binoni 2027-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda.
Hozir Xitoyda undan balandroq atigi ikkita bino bor — Shanxaydagi Shanghai Tower va Shenchjendagi Ping An xalqaro moliya markazi.
4. Burj Binghatti Jacob & Co. — Dubay, BAA

Osmono‘par bino Binghatti Properties qurilish kompaniyasi va Jacob & Co. zargarlik brendining qo‘shma loyihasi doirasida bunyod etilmoqda.
5. Senna Tower — Braziliya

astlab Triumph Tower deb nomlangan minoraning balandligi 544 metrga yetishi rejalashtirilgan. Loyihaga ko‘ra, u Nyu Yorkdagi Central Park Tower’dan o‘zib, dunyodagi eng baland turar joy binosiga aylanishi kerak.
Osmono‘par bino afsonaviy “Formula-1” poygachisi Ayrton Senna sharafiga nomlangan. Loyiha Senna oilasi va FG Empreendimentos kompaniyasi hamkorligida amalga oshirilmoqda. Binoning me’moriy konsepsiyasini poygachining jiyani, rassom Lalalli Senna ishlab chiqqan.
Qurilish taxminan 2030-yilda yakunlanishi kutilmoqda.
6. Tiger Sky Tower — BAA, Dubay

Tiger Properties kompaniyasi Dubayda balandligi 532 metr bo‘lgan Tiger Sky Tower turar joy binosini qurmoqda. Qurilish ishlari 2024-yilda boshlangan. Bino foydalanishga topshirilgach, Nyu Yorkdagi Central Park Tower’dan o‘zib, dunyodagi eng baland turarjoy binosiga aylanishi kutilmoqda.
7. Six Senses Residences — Dubay, BAA

Six Senses Residences — Dubay Marina hududida qurilayotgan hashamatli turar joy binosi. Uning loyihaviy balandligi 517 metrni tashkil etadi. Qurilish yakunlangach, u Dubay Marina hududidagi eng baland binoga aylanishi kutilmoqda. Shuningdek, minora Nyu Yorkdagi 472 metrli Central Park Tower’dan ham baland bo‘ladi.
Bino Dubayning yirik qurilish kompaniyalaridan biri Select Group hamda hashamatli mehmonxonalar va dam olish maskanlariga ixtisoslashgan Six Senses brendi hamkorligida qurilmoqda.



1000 metr degani hazilmas ekan odam tepaga chiqsa osmonni ushlaydigan boladi shekilli
Dubay yana rekord qoyishga tayyor ekan, qoyil
Bizda ham zamonaviy va chiroyli binolar kopaysa yaxshi bolardi
Juda chiroyli loyihalar, ayniqsa Senna Tower dizayni yoqdi
Lekin shuncha pulni faqat baland binoga sarflash shartmi, boshqa muhim narsalar ham bor
Rasmlarini korib sayohat qilging keladi
Jeddah Tower bitishini kutamiz endi. Burj Khalifa rekordini yangilasa tarix boladi
Balandlik boyicha musobaqa qachon tugaydi ozi
Muhimi qurilish tugasin, Goldin Finance kabi yana yillar davomida turib qolmasin
Arxitekturasi juda zor, odamlar qanday loyihalar qila olishini korib hayron qolasan
Shuncha baland binoda yashashga ozim unchalik jurat qilolmasdim
Maqola uchun rahmat, kopchiligini birinchi marta kordim
Bularning ichida eng qizigi Goldin Finance 117 ekan. 10 yilga toxtab qolgan qurilish ham rekordga kiribdi
Pul va reja bolmasa eng katta loyiha ham yurmaydi. Rasmlarda hammasi chiroyli, lekin amalda qurib bitkazish boshqa masala
Dubayda oddiy uy qurish ham qolib ketganga oxshaydi, hammasi osmono par
Baland bino qurishdan oldin infratuzilmani ham oylash kerak
Baribir muhandislar mehnatiga qoyil, juda katta ish
Six Senses Residences juda hashamatli korinadi, narxlari osmon bolsa kerak
Oddiy odamlar uchun emas, faqat millionerlar yashaydigan joylar bular
Shunaqa binolarda yashashdan kora tabiatga yaqin uy yoqadi menga
Xitoydagi bino 2015 yilda 597 metrga yetib, keyin toxtab qolgan ekan. Qiziq holat
Qurilishda pul masalasi hal bolmasa hamma chizma qogozda qolarkan
Yangi rekordlar yaxshi, lekin xavfsizlik birinchi orinda bolishi kerak
Senna Tower nomi juda chiroyli ekan, Ayrton Senna xotirasiga atalishi ham yaxshi fikr
Har bir binoning oz tarixi bor ekan, shunchaki beton va oynadan iborat emas
Shu loyihalarning ichini ham korsatadigan maqola bolsa yanada qiziq bolardi
Balandlik bilan maqtanish oson, endi shu binolarni toliq bitkazishsin. Har bir davlat rekordga intilyapti, lekin ekologiya va shahar hayoti ham muhim. Texnologiya rivojlanayotgani yaxshi albatta
Rasmlarga qarab turibmanu, bularni qurish uchun qancha muhandis va ishchi mehnat qilgan
Shunaqa loyihalarni korib insoniyat imkoniyatlariga qoyil qolasan. Jeddah Tower bitganda ichiga kirib korishni xohlardim
725 metrli bino qurishadiyu, lekin lift necha daqiqada chiqadi ekan
Hazil bir tomonga, bunday binolarni boshqarish ham oson bolmasa kerak. Maqola qiziq, rasmlar ham yaxshi tanlangan
Men balandlikdan qorqaman, bunday binoning oynasidan pastga qarashga ham yuragim chidamaydi
Lekin tashqaridan qaraganda juda chiroyli ekan. Arxitektura degani shu bolsa kerak, tasavvur ham qilolmaysan
Bularning hammasi turar joymi yoki ofis va mehmonxonalar ham boladimi?
Shaharlar osmono par binolar bilan tolib ketsa, oziga xosligi yoqolib ketmaydimi
Rekorddan tashqari odamlar uchun qulaylik ham muhim deb oylayman
Dubayda yana 3 ta ulkan loyiha, raqobat kuchli ekan
Biz ham shaharsozlikda sifatga koproq etibor berishimiz kerak
Faqat balandlik emas, chiroyli dizayn va mustahkamlik ham kerak
Jeddah Tower eng qiziq loyiham boldi. 1 kilometr balandlik degani aql bovar qilmaydi
Shuncha baland binoda shamol qanday tasir qilishini bilishni xohlardim
Texnologiya rivojlangani sari odamlar nimalar qurishini korib hayron qolasan
Maqola yaxshi, lekin qaysi biri qachon bitishi va hozirgi qurilish holati haqida koproq malumot bolsa zor bolardi
Baland binolar chiroyli, lekin shaharni faqat beton bilan toldirish kerakmas
Baribir dunyoda nimalar bolayotganini bilib turish qiziq
Juda chiroyli ekan, korish nasib qisin