Amazon o‘z do‘konlarida kaft bilan to‘lovni amalga oshirish tizimini joriy qildi

Amazon o‘z do‘konlarida kaft bilan to‘lovni amalga oshirish tizimini joriy qildi

AQShning Amazon kompaniyasi o‘z do‘konlari tarmog‘i Whole Foods’da xaridlar uchun kaft bilan to‘lovni amalga oshirish tizimini joriy qildi. Ushbu imkoniyatdan hozircha tarmoqning Sietldagi do‘konlarida foydalanish mumkin, biroq u yaqin oylarda boshqa do‘konlarda ham paydo bo‘ladi.

To‘lov kaftni kassadagi skaner ustida silkitish bilan amalga oshiriladi. Buning uchun Amazon One servisida ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. U yerda foydalanuvchi o‘z telefon raqami, bank kartasi raqamini ma’lum qilishi va kaftini skanerlashi lozim. Kassadagi skaner kaftdagi biometrik ma’lumotlarni o‘qib, avtomatik ravishda plastik kartadan xarid uchun pulni yechib oladi.

Amazon 2018 yildan boshlab kassirlarsiz Whole Foods do‘konlarini sinovdan o‘tkaza boshlagandi. Biroq ushbu tashabbusdan mehnat bozoridagi murakkab vaziyat sababli voz kechishga to‘g‘ri kelgan.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Laziz

    Yaqinda wundo magazindan 4iqib keturaz, paketdagi narsalani avtomatik kartadan ye4ib oliwadi

  2. Тимур

    Сайт зур, маколаям норм

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social