Android Oreo (Go edition) – zaif smartfonlar uchun tezkor va qulay OS

Android Oreo (Go edition) – zaif smartfonlar uchun tezkor va qulay OS

Google operatsion tizimining maxsus versiyasi 512–1024 MB operativ xotiraga ega qurilmalar uchun mo’ljallangan.

May oyida Google Android-Go ni e’lon qildi. Endilikda mahsulot aniq tasavvurga ega va Android Oreo (Go edition) nomi bilan tanilgan.

Androidning yengil versiyasida Kaliforniyalik gigant uchta jihatni ishlab chiqdi: OS, uning ilovalari va Google Play do’koni. Operatsion tizimni optimallashtirish hisobiga dastur o’rtacha 15 foizga tezroq ishlaydi.

Android Oreo (Go edition) va standart ilovalar 50% kamroq joy egallaydi. OS oldindan o’rnatilgan to’qqiz dastur bilan birga keladi: Google Go, Google Assistant Go, YouTube Go, Google Maps Go, Gmail Go, Gboard, Google Play, Chrome va Files Go. Masalan, Google Go 5 MB dan kam tortadi. Boshqa narsalar bilan bir qatorda, operatsion tizimda, trafikni saqlash sistema bo’yicha yoqadi.

Google Play’da zaif smartfonlarga oid ilovalar mavjud bo’ladi. Ammo Android Oreo (Go edition) foydalanuvchilari do’kondan boshqa dasturlarni o’rnatishlari ham mumkin.

Yangi OS asosida ishlaydigan qurilmalar kelgusi oylarda bozorda paydo bo’ladi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social