Android uchun Telegram interfeysini o’zgartirish imkoni paydo bo’ldi

Android uchun Telegram interfeysini o’zgartirish imkoni paydo bo’ldi

Endilikda sevimli Telegram messengeringizni yanada chiroyli qilish imkoni mavjud.

Dasturda uch xil: och, ko’k va qora ranglar bor. Ulardan birini tanlash uchun sozlashda yangi Theme bo’limini topish kerak. Agar bu ham sizga kamlik qilsa, unda maxsus @AndroidThemes kanalida yuzlab boshqa foydalanuvchilarning temalarini topishingiz mumkin.

Bu erda sizga lenta bo’yicha bo’yicha yangi temalar ro’yxat bo’yicha chiqadi, siz lentadan istalgan temani lentadagi faylni bosib ko’rishingiz mumkin. Agarda tema sizga yoqqan bo’lsa uni ishlatish uchun Apply tugmasini bossangiz kifoya.

Lekin bu hammasi emas. Ilova foydalanuvchilari orasida o’zi tema yaratish istagida bo’lganlar uchun ilovada oddiy va qulay muharrir paydo bo’ldi. Uning yordamida deyarli har qanday Telegram dizayn elementini o’zgartirishingiz mumkin.

Ilovaning Android uchun yangi versiyasi allaqachon Google Playda bor. iOS foydalanuvchilari uchun esa keyingi bir necha hafta ichida chiqishi kutilmoqda.

Manba: lifehacker.ru
Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social