Qo`ng`iroqlar kontaktlarini bir necha messendjerlar va smartfon kontaktlar orasidan tanlash qiyin bo`lmoqdami? Bunda sizga “Drupe” ilovasi yordam berishi mumkin. Ushbu ilova telefonda suhbatlashishni va xabarlar yozishni hush ko`radigan insonlarning hayotini osonlashtiradi.
Drupe bir foydali va osongina g`oyani taklif etadi ya`ni bir ekranda kontaktlar kitobini va muloqot uchun ilovalarni birlashtiradi. Qo`ng`iroq qilish yoki yozishni boshlash uchun tanlangan kontaktni messendjer belgiga olib borilsa bas. Buning barchasiga ikki harakat ketadi xolos.
Siz ishlatayotgan ilovalarni yopishingiz shart emas, chunki Drupe doimo qo`l ostida bo`ladi.
Birinchi foydalanishni boshlaganingizda, Drupe kontaktlar ro`yxatini tuzadi va o`rnatilgan ilovalarni o`rganib chiqadi. Bundan keyin ular qarama-qarshi ekran taraflarga ajratiladi. Albatta Drupe ning tanlovini o`zgartirish mumkin.
Drupe hamma harakatlarni kuzatadi. Masalan, qo`ng`iroqlarni, jo`natilgan SMS, Viber da yozishuvni va qolgan boshqa ishlar haqida ma`lumot to`playdi. Agarda nimadirni unutsangiz, ushbu ma`lumotlar haqida sizga umumiy rasmni ko`rsatadi.
Drupe sozlashda kerak bo`lgan ranglarni tanlash, taraflarni o`zgartirish, hamda smartfon blokirovkaning ekranda joylashishini o`rnatish mumkin.
Drupe bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz!
зур-зур